7-bob.
PUL-KREDIT TIZIM I. BANKLAR VA ULARNING
BOZOR IQTISODIYOTIDAGI ROLI
7.1. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari.
Pulga boMgan talab va pul taklifi
Pul va u bilan bog'liq munosabatlarni tahlil qilish pul nazariyasi
fanining eng muhim sohasini tashkil qiladi. Pulning harakati bozor
iqtisodiyotining moliyaviy asoslaridan biri bo‘lib,
uning barqarorligi
pul tizimi, daromadlar va xarajatlar aylanishiga hayotiy tus bag‘ishlaydi,
butun iqtisodiyotning rivojlanishini ta ’minlab beradi, ishlab chiqarish
quwatlaridan to ‘liq foydalanishga imkon tug‘diradi va to'la bandlikka
erishishni ta’minlaydi. Aksincha, beqaror amal qiluvchi pul tizimi ishlab
chiqarish, bandlik va narx darajasining keskin tebranishiga asosiy sabab
b o iib , iqtisodiy rivojlanishga to ‘siq bo‘lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag‘lari to‘xtovsiz
harakatda
bo‘ladi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida resurslar uchun
to ‘lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni
toiashda pul qo'ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turadi. Pulning o ‘z
vazifa-
larini bajarish jarayonidagi bu to‘xtovsiz harakati
Dostları ilə paylaş: