Trast — bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo'yicha operatsiya-
larni bildiradi.
Kredit berish bir qator
tamoyillarga asoslanadi.
Bular quyidagilar: ssuda berishning maqsadli tavsifi, kreditning
rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilishi, ssudaning moddiy ta’minlan-
ganligi va to‘lovliligi.
Qarzga berilgan ssudaning albatta qaytarilib berilishi, undan foyda-
lanilganlik uchun olingan foydadan ssuda foizini to‘lash zarurati korxo-
nalarni xo‘jalik yuritishning eng samarali usullarini izlab topishga
undaydi.
Qarz (ssuda)ga berilgan pul hisobiga olinadigan daromad foiz yoki
foizli daromad deyiladi. Shu daromad (foiz)ning qarzga berilgan pul
summasiga nisbatining foizda ifodalanish
foiz stavkasi yoki
foiz normasini tashkil qiladi:
“
ssuda bunda:
r’ — foiz normasi;
r — foiz summasi;
К ssuda qarzga berilgan pul (kapital) summasi.
Agar 100 ming so'm yiliga 20 ming ssuda foizi to'lash sharti bilan
qarzga berilgan bo‘lsa, ssuda foizi normasi 20% ni tashkil qiladi.
7.3. Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar, ularning vazifalari va bank islohotlari Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar
muhim rol o'ynaydi.
Banklar pul mablag'larini to'plash, joylashtirish
va ularning harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy
muassasadir.
Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga
xizmat qilish bo‘lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.
Banklar tizimi, odatda, ikki, bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga
markaziy / 106