yotda ular ana shu bilganlarini qanday amalga oshirish muammosiga duch
kelishlari mumkin. Tarbiyachi va ota-onalaming о ‘zaro munosabatlarining
yagonato‘g‘ri shakli - b u o‘zaro hurmat. Qachonki, nazorat shaklida tajriba
almashish, maslahat va birgalikda muhokama, yagona qaror shakllantirilsa,
ikkala tomon uchun ham qoniqish hosil qiladi.
Bunday munosabatlarning
qimmati shundaki, tarbiyachilarda ham,
ota-onalarda ham shaxsiy
javobgarlik hissini, talabchanlik, fuqarolik burchini rivojlantiradi.
Ota-onalaming ish joylariga "Rivojlanish xaritasi”, “Ochiq jurnal”
kabilarni olib borish kutilgan natijalarni bermaydi. Ota-onaiar bilan
suhbatda “qora ro‘yxat”dagi m a’lumotlardan foydalanish ham yaxshi foy-
da bermaydi, chunki birinchidan, ota-onalarda bolalaridan norozilik paydo
bo‘ladi, ikkinchidan ta’ lim muassasasiga nisbatan ularda salbiy munosabat
shakllanadi. Keyin ota-onalar ta’lim muassasasiga borgisi kelmasligi,
ular bolalari haqida yomon fikr aytganliklari uchun ko ‘ngli tortmasligini
aytib arz qiladi. B a’zan bunday holat oilada
ota-ona munosabatlari
yomonlashuviga ham olib keladi. Oxir-oqibat bolada ta’lim muassasasiga
nisbatan ham, tarbiyachilarga nisbatan ham salbiy munosabat hosil bo'ladi.
Tarbiyachi tarbiyaviy ish shakl va uslublarini tanlashda qabul qilingan
qaror va talab bolalar ko‘z oldida ota-onaning obro‘sini mustahkamlash
va oshirishga imkon berishini hisobga olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: