Ijodiy o'yinlami bolalar o'zlari o’ylab topishadi. Unda oldindan belgi
langan qoidalar bo‘lmaydi. 0 ‘yin qoidasini bolalar o‘zlari o ‘yin jarayonida
belgilashadi. Ijodiy o‘yinlarga syujetli-rolli o'yinlar, sahnalashtirilgan
o‘yinlar, qurilish-yasashga doir o'yinlar kiradi.
Syujetli-rolli o'yin
o‘z xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir.
Tevarak-atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin
mazmuniga manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur turdagi o'yinlarningo'ziga
xosligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo‘lishidir.
Buning uchun albatta, bolalar biror narsa yoki voqea to‘g‘risida yetarlicha
tasavvurga ega boTishi lozim. Masalan, bolalar “parovoz” o‘yinini
o‘ynashmoqchi bo‘lishadi. Bunga o‘yinning qanday borishi to‘g‘risida
syujet (voqeaning borishi) kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog‘liq
bo‘ladi. Bolada aw al g‘oya tug‘iladi, keyin mazmuni rivojlanadi. Ba’zan
bolalar o‘yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan,
ular orasidan kim “parovoz” bo‘lishi, qolganlar uning orqasidan ergashishi,
qayerga borganda navbat almashishlarini oldindan kelishib olishadi.
Syujetli-rolli o‘yinlarda tarbiyachi yetakchi rol o‘ynaydi.
Tarbiyachi
bolalarning qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib, ularning ijobiy tomonlarini
rivojlantirish uchun sharoit yaratishi va bolalarni kerakli yo‘nalishda
tarbiyalab borishi lozim. Tarbiyachi syujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qi-
lishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishi lozim:
1) bolalar o‘yiniga rahbarlik qilish uchun ularning o‘yinini bilish va har
doim kuzatib borishi lozim;
2) tarbiyachi bolalarning o‘yin davomidagi muloqotlari,
xatti-harakat-
larini muntazam kuzatib, tinglab borishi lozim. Bu tarbiyachiga bolalarning
qiziqishlari, xohish-istaklarini bilib olib, ularni to‘g ‘ri yoTga solish, ijobiy
xususiyatlarini yanada rivojlantirish imkonini beradi;
3)
syujetli-rolli o‘yinlami o ‘ynash uchun
m a ’lum jo y
ajratish lozim;
4) o‘yin jarayonida kerak bo‘ladigan o ‘yinchoqlarni bolalar mustaqil
o‘zlari yasashlari uchun ularga kichkina yog‘och bo‘laklari, mix, loy,
qog'oz. karton, bo‘yoq va kerakli asboblar - bolg'acha, qo‘1 arra, qaychi,
pichoq kabilami berish kerak. Biroq o‘yinchoqlar
yasash ustida ishlash
faqat tarbiyachining rahbarligi ostida bajarilishi lozim;
5) o‘yin mavzusini tanlashga yordam berish bolalarni o‘ynashga
o‘rgatish usullaridan biridir. Tarbiyachi bolalarning rolli o‘yinlari mav
zusini boyitibgina qolmay, balki uning syujetini, mazmunini boyitish
sto‘g ‘risida ham o‘ylashi kerak;
224
6)
tarbiyachi hamma bolalarning o'yinga qatnashishlari ustida g‘am-
xo‘rlik qilishi kerak. 0 ‘yinda ko‘pincha ular rol talashib bir-birlari bilan
kelisha olmay qoladilar. Bolalami bunday kelishmovchiliklarni haqqoniy
echishga o'rgatish lozim.
Sahnalashtirilgan о ‘yinlar
bolalar biror
ertak yoki hikoya syujeti
asosida m a’lum bir rolni bajarishiga, o‘yin jarayonidagi personajlaming
aytadigan so‘zlarining yod olinishiga asoslangan bo"lib. bolalarda iro-
da, intizom, o ‘z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amal
ga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita sanaladi. Sah
nalashtirilgan o‘yinlami tashkil etish quyidagi bosqichlarni o ‘z ichiga
qamrab oladi:
I bosqich. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash.
Badiiy asami
tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 1) ertak yoki hikoyada
qatnashuvchilar soni ko‘p bo‘lishi kerak; 2) asaming nafaqat mazmuni,
balki unda harakatlarning ham turfa xil bo'lishiga e’tibor qaratish lozim;
3) asar ifodali o'qishga mos bo'lishi kerak; 4) asar mazmuni qiziqarli va
emotsional bo‘lishi zarur; 5) asar bolalarning yoshiga mos kelishi lozim.
II bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning
mazmunini o ‘qib berish.
III bosqich. Asaming bolalar tomonidan eslab qolinishiga erishish:
qayta o'qib berish, har bir bolaning aytadigan
gaplari ustida individual
ish olib borish, rasmlar namoyish etish.
IV bosqich. 0 ‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o'yinga
kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to’g'ri amalga
oshirish.
Sahnalashtirilgan o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga
olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo'naltirib borilishi maqsadga
muvofiq. Masalan, o'rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi
asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun
esa asar qahramonlarining
ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg'ulari aks
ettirilgan asarlar tanlanadi.
Bolalarning qurilish, buyum yasash o'yinlari rollarga bo'linib o ‘y-
naydigan o'yinning tarkibiy qismidir. Biror narsani qurish bolalarning
o 'z fikrlarini ro ‘yobga chiqarish usulidir.
Dostları ilə paylaş: