Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

limning 
Ko 
rgazmali 

i- 
1
 
« 
, , 
, .
uslublari 
faoliyat narsa-hodisalarga muvofiq keluvchi
ko‘rgazmalilik asosida tashkil etilishi mumkin. 
Ta’limning ko‘rgazmali uslublariga kuzatish, ko‘rgazmali qo‘llanmalami 
(narsa-buyumlar, rasmlar, diafilmlar, slaydlar, videoyozuvlar, kompyuter 
dasturlarini) namoyish etish kiradi.
Kuzatish - atrofolamdagi hodisalarni diqqat bilan ko'rish, ulardan 
muhim, asosiysini ajrata olish, yuzaga keladigan o'zgarishlarni belgilash, 
ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, xulosalar qilish. Bolani ilk 
yoshdan boshlab kuzatishga o‘rgatish, unda kuzatuvchanlik, kuzatilayo- 
tgan hodisaga diqqatni yo ‘naltira olish, ko‘rganlari asosida fikr yuritish, 
fikrini so‘z bilan ifodalay olishni rivojlantirish zarur.
Bolalarning o'rganilayotgan obyektni bevosita kuzata olishlari toTiq 
tasavvurlarni shakllantirish va bilish jarayonlari - idrok etish, xotira, fikr­
lash, xayolotni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Kuzatish ja­
rayonida bolada xilma-xil fikriy faoliyat amalga oshadi: qo‘yilgan savol- 
larga javob izlash, qiyoslash, taqqoslash.
Maktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalarni o ‘qitishda kuzatishning xil- 
ma-xil turlari dan foydalaniladi: qisqa muddatli va uzoq muddatli, tak- 
roriy va qiyosiy.
216


Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o'qitishda kuzatish 
ikki
yo'nalishdai
rivojlanadi. Eng avvalo, 
kuzatilayotgan obyektlar doirasi
izchil tarzda kengaytirib boriladi
: guruh xonasini, keyin maktabgacha 
ta ’lim muassasasidagi boshqa binolarni (oshxona, tibbiyot xonasi va 
hokazolar), yer maydonchasini, nihoyat maktabgacha ta’lim muassasasi 
atrofidagi obyektlami (bog', daryo, anhor, maktab stadioni va boshqalar) 
kuzatish. Ikkinchi yo‘nalishda 
konsentrlangan kuzatishga.
amal qilinadi. 
Dastlab bolalar biror obyektning o‘ziga xos belgilarini aniqlashsa, tak- 
ror kuzatishda esa o‘sha obyektni boshqalari bilan qiyosiy o ‘rganadilar. 
Masalan, shahar transporti bekatida bolalar avtobus va marshrutkani 
kuzatishadi, ularni to ‘g‘ri aytishni o‘rganishadi; takror kuzatishda ular­
ning diqqati avtobus va marshrutkaning o ‘ziga xos belgilariga qaratiladi; 
keyingi safar esa, bolalar avtobus va marshrutkani taqqoslashadi, ular­
da umumiy tasaw urlar tarkib topadi va “shahar transporti” tushunchasi 
shakllanadi.
Kuzatish uslubidan foydalanishda m a’lum 
didaktik talablarga
rioya 
qilish lozim. Jumladan:
1) kuzatish obyekti bolalar uchun qiziqarli bo‘lishi zarur;
2) kuzatiladigan obyekt uning o ‘ziga xosliklarini aniqlay olishga im- 
kon beradigan sharoitga ega bo‘lishi kerak;
3) pedagog kuzatishning maqsadini oldindan belgilashi, yangi egal- 
lanadigan bilimlar doirasini aniqlashi, o‘rganilishi rejalashtirilayotgan 
bilim va ko‘nikmalarning bolalardagi mavjud tajribalar bilan aloqadorligi 
ta'minlashi lozim;
4) yaxlit idrok etishni ta’minlash uchun bolalarga kuzatish haqida 
to ‘liq ko‘rsatma berilishi zarur;
5) qo‘yilgan maqsad va vazifalar, obyektning o ‘ziga xosliklari, bo- 
lalarning yosh xususiyatlari bilan bog‘liqlikda kuzatishning izchil, tizim- 
li, rejali tarzda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Rasm, diafilm, slayd, videorolik va boshqa ко ‘rgazmali vositalarni
namoyish etish
- qator didaktik vazifalarni hal etishga imkon beruv­
chi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o‘qitishning muhim uslubi. 
Ko‘rgazmali vosita tanish va notanish narsa-buyumlarni obrazli ko‘rish 
imkonini beradi. Rasm, chizma, jadval yordamida bolalarda harakatsiz 
ko‘rgazmali timsollar shakllantiriladi, ta’limning texnik vositalaridan 
jo ‘shqin ко‘rgazmali timsollarni yaratishda foydalaniladi.
217


Maktabgacha ta’lim muassasalarida rasmning xilma-xil turlaridan 
foydalaniladi: didaktik rasmlar, rassomlarning san’at asarlari, kitob grafi- 
kasi, narsa-buyumlarni ifodalovchi rasmlar. Didaktik rasmlar maxsus 
yaratilib, yil fasllari, hayvonot va o ‘simliklar dunyosi kabi seriyali taq- 
dim etiladi. Bolalami madaniyat, san’at bilan tanishtirishda mashhur 
rassomlarning san’at asarlaridan foydalaniladi. Badiiy asar qahramonlari, 
voealar sodir bo'lgan mamlakat va shaharlar haqida m a’lumot beruvchi 
kitob grafikasi (kitobdagi rasmlar)dan ta’limning ko‘rgazmali vositasi 
sifatida foydalaniladi. Shuningdek, tarbiyachi tomonidan narsa-buyum- 
lami ifodalovchi rasmlar ham tanlanadi va mavzu doirasi bilan bog‘ liqlikda 
(“0 ‘yinchoqlar”, “Transport”, “Hayvonlar” va boshqalar) ularni tasniflaydi.
Shuningdek, bolalami o‘qitishda harakatlar namoyishi, namuna 
ko'rsatish kabi 
ta'limning ko'rgazmali usullari&m
ham foydalaniladi. 
Harakatlar namoyishi
ish usullari, ularni bajarish ketma-ketligini o’zida 
ifoda etib, jismoniy tarbiya, musiqa, tasviriy san’at, mehnat mashg‘- 
ulotlarida qoTlaniladi. 
Namuna ko'rsatish
usulidan tasviriy faoliyat, 
mehnat, shu jumladan, qoT mehnatiga o ‘rgatishda keng foydalaniladi. 
Tarbiyachi bolalami namunani tahlil etishga jalb etadi, ishni bajarish 
bosqichlarini aniqlaydi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin