2. Davomat daftari. Davomat daftari tikilgan, sahifalangan, muhr-
langan, rahbar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Kundalik davomat
tarbiyachi tomonidan bolalarning soni yozilganidan so‘ng tasdiqlanadi,
imzolanadi. Davomat har oyda yopiladi.
3. Filtr daftari.
Filtr daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, imzo
langan bo’lishi kerak. U quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:
bolaning ismi va familiyasi; harorati, terisi; og‘iz bo"shlig‘i; pedikulyoz,
ota-onalar bilan suhbat hamda ilova.
4. Patronaj daftari. Patronaj daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan,
imzolangan bo'lishi kerak. Unda bolaning oxirgi marta maktabgacha
ta’lim muassasasiga kelgan kuni, o ‘tkazilgan patronaj, bolaga qo‘yilgan
tashxis kabilar o ‘z aksini topishi lozim.
5. Ota- onalar haqida m a’lumot daftari.
6. 0 ‘z ustida ishlash daftari.
7. Uslubik uyushmaga qatnashish daftari.
8. Bolalar bilan yakka ishlash daftari.
9. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yila-digan davlat
talablari” asosida bolalarning rivojlanish ko‘rsatkichlarini
tahlil qilish
(har olti oyda);
10. Tahlil daftari (o‘zaro mashg'ulotlarni kuzatish);
11. Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan majlisi qarori daftari.
Har qanday tajribali tarbiyachi ham ilk bor maktabgacha ta’lim
muassasasiga yosh tarbiyachi sifatida ishga kelgan va sekin-asta kasbiy
malakalarni egallab yuqori darajaga ko‘tariladi. Maktabgacha ta’lim
muassasasi yosh tarbiyachining dastlabki ish kunlari eng og‘ir kunlar
hisoblanadi. Bolalarda ularning yangi tarbiyachilari qanday ilk taassurot
uyg‘otishi ham katta ahamiyatga egadir. Agarda u ikkilansa, qat’iyatsizlik
ko’rsatsa, kichkintoylar oldida muvaffaqiyatsizlikka duch kelishidan
cho‘chisa, bolalar buni tezda anglab oladilar va ularni boshqarish oson
bo‘lmaydi. «Guruhni eplolmaydi»
deyishadi, bunday tarbiyachi haqida.
Yosh mutaxassis о ‘z muvaffaqiyatsizliklaridan chuqur tashvishga tushadi,
hatto o'zining kasbga yaroqliligiga gumonsiraydi.
Yosh tarbiyachilarga yordamni qanday uyushtirish kerak? Eng
aw alo uni tajribali, bilimdon, bolalarni va o ‘z ishini sevadigan
pedagog
ishlaydigan guruhga yo ‘Hash kerak. Eng у axshi yordam pedagogga bolalar
bilan qanday ishlash kerakligini ko‘rsatishdir. Hech qanday maslahat,
gapirib berish, tushuntirishlar ko‘rsatishdek yordam berolmaydi.
254
Mana yosh tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini uyushtisa
bilmayapti. Bolalar nima bilan shug‘ullanishini bilmaydilar, pedagog
esa guruhda intizomni, tartibni o‘rnatolmaydi. Uslubchi yoki bolalar
bog‘chasining mudiri bolalarning bunday xatti-harakatlari sababini
aniqlaydi: agarda bolalar bekorchilikdan to ‘polon qilayotgan bo'lsalar,
unda darhol ularga m a’qul keladigan mashg‘ulotlarni topish kerak
b o iad i. Bunday vaziyatlarda katta tarbiyachi tarbiyachiga bolalarning
xilma-xil faoliyatlariga mos keluvchi sharoitlarni qanday tashkil qilishni,
ulami o ‘yinlar, mashg'ulotlarga jalb qilishni ko‘rsatadi.
Ustalik bilan,
ularniig fikrlarini buzmay, bolalarga individual yondashuvni amalga
oshirishga yordam beradi, qiynalayotgan va ishni yarim yo‘lda tashlab
ketmoqchi bo‘lganlarga maslahatlar beradi, tushuntiradi, ko‘maklashadi,
bolalarga o‘z faoliyatlarini hamma narsani oldindan tayyorlab qo‘yib
uyushtirishni o'rgatadi: o‘yin uchun sherik topishda yordamdashadi.
Bunday ko‘rgazmali misol tarbiyachiga bolalarning faoliyatlarini to'g'ri
uyushtirishda yordam beradi.
Har bir yosh mutaxassis - ishni endi boshlayotgan yosh tarbiyachi
maslahatlar olib turishi uchun unga murabbiy-tajribaliroq va obro‘liroq
tarbiyachini biriktirish lozim.
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini
egallab olishi osonlik bilan
bo‘lmavdi. Mana shuning uchun ham yosh pedagogni ishning ilg‘or
uslublari va usullarini egallashga, o ‘z bilimlarini doimo to ‘ldirib bori-
shga, erishilganlar bilan cheklanmay, tarbiya sirlarini egallash ishtiyoqini
singdirishga yo'llash
katta tarbiyachining
vazifasi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: