SHaxs ma’naviy madaniyatini shakllantirishda milliy va diniy qadriyatlarning uyg‘unligi.
2.2.
Komil inson tarbiyasida shaxs ma’naviy madaniyatining axloqiy va huquqiy jihatlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH Muammoning dolzarbligi. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida mamlakatimizda huquqiy demokratik, fuqarolik jamiyati barpo etishni uzoq muddatli strategik vazifa qilib olgan ekanmiz, yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, bu maqsadlar: «...zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash»1dan iboratdir. Bu ulkan vazifalarni amalga oshirishda shaxsni kamol toptirish alohida ahamiyat kasb etadi. Istiqlol sharofati bilan xalqimizning milliy va ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga yo‘l ochilib, unutilgan, kamsitilgan urf-odat, an’analarimizni, diniy qadriyatlarimizni qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldik. Istibdod davrida kamsitilgan, hattoki, cheklangan sharqona, o‘zbekona munosabatlar mazmunini boyitib kelgan milliy an’analar, islom qadriyatlari xalqimiz turmush tarzi, ma’naviy madaniyatidan munosib o‘rin olib, ulardan har bir kishi emin-erkin foydalanish huquqiga ega bo‘ldi.