1.2. SHAXS MA’NAVIY MADANIYATNING SHAKLLANISHIGA MA’NAVIY-MADANIY MEROSNING O‘RNI
Ma’naviyatsiz inson bo‘lmaydi. SHu nuqtai nazardan yondoshiladigan bo‘lsa ma’naviy etuk, ahloqan poq va mukammal insonlarsiz jamiyat va millat ham bo‘lmaydi. Bu xususda Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi. Ma’naviy barkamolik har bir insonning o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtiga, tili, dini, madaniy merosi, urf-odatlari va qadriyatlariga bo‘lgan mehru muhabbatida va shu yo‘lda fidoyiligida namoyon bo‘ladi”1.
Mustaqillik tufayli jamiyatimiz jadal tub o‘zgarishlar jarayonini boshdan kechirmoqda. O‘zbekistonning kelajagi to‘g‘risida I.A. Karimov o‘zining mulohazalarida birinchi darajali qilib milliy g‘oyani shakllantirishni qo‘yadi. Uning asosida xalqning haqiqiy tarixini qaytarish, milliy an’analarni tiklash, madaniy va ma’naviy merosni o‘rganish yotadi. Xuddi shu g‘oya – XXI asrda O‘zbekistonning ozod fuqorolarining ma’naviyati shakllanishida katta ahamiyat kasb etib, ularning o‘z Vatanini gullab- yashnashi uchun fidoiy bo‘lishi, o‘z xalqining buyuk o‘tmishidan faxrlanuvchi millat farzandlari bo‘lib shakllanishi uchun xizmat qiladi.
SHuningdek, davlatimiz rahbari I.Karimov “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida “Agarki mendan, hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalambor shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo‘lardim”2, – deya ma’naviyatni bilish, o‘rganish va uni asrab-avaylash borasida oldimizga katta vazifalarni qo‘ydi.
Endi “shaxs” tushunchasining ijtimoiy-falsafiy tahliliga e’tibor qaratsak. Aksariyat adabiyotlarda “shaxs”, “inson”, “odam” kabi bu tushunchalar bir-birining o‘rnini to‘ldiruvchi sinonim tushunchalar sifatida ishlatiladi. SHunday bo‘lsa-da, ijtimoiy, tabiiy xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Boshqacha aytganda, inson faoliyati, qobiliyati, xarakter xususiyatlari sababli qarqlanadi. SHu nuqtai nazardan qaraganda “inson garchi odam bo‘lib tug‘ulsa-da, shaxs sifatida jamiyatda, ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Demak, “shaxs” tushunchasida bir tomondan individuallik, ikkinchi tomondan ijtimoiylik uyg‘unligini ko‘rish mumkin. Boshqacha aytganda, inson shaxs sifatida ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. SHarq mutafakkirlari shaxs kamolotida qadriyatlarning o‘rniga ahamiyat beradilar. Baxt-saodat, yaxshi axloq, ilm, mehnat samaradorligiga erishish, shaxs sifatidagi qadr-qimmati uning aqliy qobiliyatlarini qay darajada ishga solishiga bog‘liq1 degan qarashlarni ilgari surganlar.
SHuningdek, shaxs ma’naviyati shakllanishida diniy ta’lim va tarbiyaning, diniy qadriyatlarning ahamiyati katta bo‘lgan. Diniy ta’limot asosida shakllangan va vujudga kelgan islom falsafasi, xususan, tasavvuf falsafasining komil inson tarbiyasi xususidagi axloqiy qoidalari shaxs ma’naviyatining shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’naviy madaniyatni shakllantirish uchun eng avvalo, xalqimiz madaniy merosidagi ilmiy bilimlar, diniy ta’limotlar va tarixan tarkib topgan qadriyatlarni o‘rganish hamda ularning mazmunini boyitib borish muhim ahamiyatga ega. Xalqimizning boy tarixiy, diniy va milliy merosi shaxs ma’naviy madaniyatining o‘ziga xos shakllanishida ham diniy ham milliy xususiyatlarning uyg‘unligini ta’msinlashda asosiy omil hisoblanadi. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida SHarq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan”2. SHu nuqtai nazardan qaraganda xalqimizning boy ma’naviy madaniy merosi tariximizning har bir bosqichida o‘ziga xos shaklangan. O‘zbek xalqining madaniy merosi ming yillar davomida yaratilgan. Markaziy osiyoda qadimgi davrda zardo‘shtiylik, buddaviylik ta’limotlarining xalqimiz dunyoqarashidan keng o‘rin olishi ma’naviy madaniyat shakllanishdagi dastlabki bosqich hisoblanadi. Prezidentimiz o‘zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli kitobida, jahon maydonida kuni kecha paydo bo‘lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz, xalqimiz ko‘hna Xorazm zaminida “Avesto” paydo bo‘lgan zamonlardan buyon o‘z hayoti, o‘z madaniyati, o‘z tarixi bilan yashab keladi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, o‘zlikni anglash mumkin emas1 - deb bejizga ta’kidlamagan edi.
O‘rta asrlarda A.N.Forobiy, A.R.Beruniy, Ibn Sinolarning ijtimoiy falsafiy qarashlari, Imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Motrudiylarning islomiy ta’limotlari, Tasavvuf ta’limotlari namoyondalarining komil inson to‘g‘risidagi qarashlari, Temur va temuriylarda Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchining ilmiy, A.Navoiy va Z.M.Boburning adabiy merosida, XVII-XIX asrlarda Komil Xorazmiy, Munis Xorazmiy, Ogohiy, Ahmad Donish, Muqumiy kabi bir qator adib va olimlarning ijodida xalqimiz ma’naviy madaniyatining eng ilg‘or namunalari o‘z ifodasini topganligini ko‘rishimiz mumkin.
Ularning ma’naviy merosi asosida ma’naviyatni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishga harakat qilingan. XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asrning boshlarida Turkiston jadid namyondalari Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, CHo‘lpon kabi ma’rifatparvarlar ma’naviy barkamollik rivojiga katta hissa qo‘shganlar.
Milliy ma’naviy meros muammosi mamlakatimizda jamiyat uchun o‘ta muhimlilik kasb etmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oya ulkan bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: |