(O‘RQ-474-son)
*
qabul qilindi.
Ushbu qonunning qabul qilinishi tom ma’noda O‘zbekiston davlatchiligi
tarixidagi o‘lkan voqelik bo‘ldi. Shu sababli, bugungi globallashuv va axborot
almashinuvi kundan kun intensivlashib borayotgan zamonda, jamiyat hayotini
taraqqiy ettirishga qaratilgan islohotlarda jamoatchilik fikrini inobatga olmasdan,
davlat organlari faoliyatini nazoratini joriy etmasdan, huquqiy demokratik
tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurish haqida fikr yuritish ham
mumkin emas[104]. Mutaxassislarning keltirib o‘tishicha, fuqarolik jamiyatini
qurish prinsipini tanlagan har qanday hukumatda jamoatchilik nazoratini yuzaga
keltiruvchi omillarning paydo bo‘lishi tabiiy hol bo‘lib, ularni quyidagicha
tasniflash mumkin:
− jamoatchilik nazorati fuqarolarning o‘z huquqlari va burchlarini boshqalar
bilan birgalikda ado etadigan, jamiyat boshqaruvini shakllantiradigan, inson-
jamiyat-davlat o‘rtasidagi muvozanatni ushlab turishga xizmat qiladigan ijtimoiy
institutdir[66];
*
Ўзбекистон Республикасининг “Жамоатчилик назорати тўғрисида”ги Қонуни ҳақида батафсил маълумот
олиш учун, ушбу манбага: https://lex.uz/docs/3679092 қаранг.
28
− jamoatchilik nazorati davlat organlarining ochiqligi, xalqqa hisob berishi,
ularning fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro
munosabatlari, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining amalga oshirilishida “o‘zaro
tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etishning murakkab tizimida namoyon
bo‘ladi”gan davlatning to‘laqonli faoliyat qilishi uchun “dastak” hisoblanadi[67; 23-
s.];
− jamoatchilik nazoratining tabiati to‘g‘ridan-to‘g‘ri adolat, tenglik, fuqarolik
erkinliklarini ifoda etadi. Davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida murosaga kelish
natijasida yoki siyosiy imtiyozlar sifatida vujudga kelgan jamoatchilik nazorati
jamoatchilik tartibotini tizimlashtiradi va uning to‘g‘riligiga, maqbulligiga ishochni
oshiradigan shakl bo‘ladi[27; 116-s.];
− fuqarolik jamiyatining rivojlanganligi huquqiy davlat mavjudligining sharti,
hokimiyat ustidan jamiyatning nazorat qilish qobiliyati sifatida ifodalanadi, aynan
davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati zaruriy institut bo‘lib,
uning yordamida birinchi navbatda, inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinadi
va ta’minlanadi[23; 96-s.];
− jamoatchilik nazorati davlat organlari faoliyatining normativ-huquqiy
standartlarga muvofiqligini aniqlash va aniqlangan og‘ishlarni to‘g‘rilash bo‘yicha
fuqarolik jamiyati institutlari va alohida fuqarolarning vakolatli davlat organlari
yoxud jamoatchilik fikriga murojaatlari bo‘yicha tizimli faoliyatidir[26; 5-s.];
− Jamoatchilik nazorati turli ijtimoiy guruhlar manfaatlari muvozanatini
ta’minlashning muhim vositasi va mazkur manfaatlar o‘rtasida ziddiyatlarning
oldini olishni o‘zida ifoda etuvchi fenomen hisoblanadi;
− demokratik rivojlanish yo‘lini tanlagan davlatda jamoatchilik nazoratini
rag‘batlantiruvchi omillar bo‘lmasa, ularning muammolari uzoq vaqt davomida
keng jamoatchilik e’tiboridan chetda qolib ketib, oxir-oqibatda ijtimoiy portlashga
olib kelishi mumkin[33; 153-154-b.]. Demak, fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi
bo‘lgan jamoatchilik nazorati instituti, nafaqat xalq manfaatlari uchun, balki, davlat
organlarining adolatlilik prinsipida faoliyat yuritishi uchun ham birlamchi omil
vazifasini o‘taydi. Shuningdek, jamoatchilik nazorati tizimini to‘g‘ri
29
tashkillashtirish − jamiyat hayotida yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bo‘lgan
ko‘plab ijtimoiy muammolarga konstruktiv yechim bo‘ladi. Masalan, jamoatchilik
nazorati ta’minlangan jamiyatda xalq hokimiyati prinsiplari turli ijtimoiy
guruhlarning tub manfaatlarida ifodalanib, davlatda qabul qilinadigan har qanday
qarorni xalq manfaatlariga mosligini ta’minlanishiga xizmat etadi.
Bundan tashqari, jamoatchilik nazorati asosida davlat idoralari faoliyati
ustidan tizimli nazorat o‘rnatish zaruratini yuzaga keltiruvchi ijtimoiy omillar
sifatida quyidagilarni ko‘rstish mumkin:
1. Jamiyatda yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish,
qonun ustuvorligi, inson huquqlari va erkinligini ta’minlash, shaxsda yuksak
ma’naviy fazilatlarni qaror toptirish, unda huquqiy ong va madaniyatni
shakllantirishda jamoatchilik nazorati – axloqiy qadriyat darajasida xizmat
qiladi[104]. Chunki, shaxs o‘z hatti-harakati, qilmishi bilan qonunga qarshi
borishdan qo’rqmasligi mumkin, ammo jamiyat e’tiboridan chetda qolib,
obro‘sizlanib qolishidan qo‘rqishining o‘zi ham jamoatchilik nazorati kuchini
ko‘rsatadi.
2. Har bir shaxs o‘zining huquqiy madaniyatini shakllantirishdan bevosita
manfaatdor bo‘lishi va har doim ularning ijtimoiy xavfli harakati yoki harakatsizligi,
xulq-atvori jamoatchilik nazoratida bo‘lishini ta’minlash, o‘z navbatida,
qonunlarning ijrosini amalga oshirishning muhim garovi hisoblangan bu tizim,
shaxsni tabiiy va ijtimoiy qonunlarga amal qilib yashashga chorlaydi.
3. Jamoatchilik nazoratining odob-axloqqa ta’siri negizida qonuniylik, adolat,
haqiqat, erkinlik kabi tushunchalar mohiyati namoyon bo‘ladi. Shu sababli yangi
jamiyat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilishi hamda uning
normalariga rioya etishi ular xulq-atvorining yuksakligidan dalolat beradi[28; 58-
59-b.].
4. Shaxs xulq-atvoriga, psixologiyasiga ta’sir etishda jamoatchilik nazorati
o‘ziga xos ijtimoiy mexanizm bo‘lib, ayniqsa ta’lim va tarbiya yoshidagi o‘smirlar
ustidan nazorat shaklini o‘rnatishda konstruktiv asos hisoblanadi[107]. Shu sababli,
30
bugungi zamon fuqarosini to‘g‘ri yo‘lga solishda jamoatchilik nazorati institutidan
samarali foydalanish − jamiyat uchun ham, davlat uchun ham faqat foyda keltiradi.
5. Shuningdek, shaxsda jamiyat qabul qilgan me’yorlarga qarshi “bosh
ko‘tarish, isyon etish” holatlari sezilsa, jamoada ming yillardan buyon shakllanib,
davr sinovlaridan omon chiqqan “sanksiyalar” qo‘llanila boshlanadi. Bu ham o‘z
navbatida jamoatchilik nazoratining o‘ziga xos bir ijtimoiy elementi bo‘lib, insonni
to‘g‘ri yo‘lga solishda samarali hamda natijador metodologiya hisoblanadi. Bu
jarayon asosan quyidagi shakllarda kechadi:
− ijtimoiy ta’qib
(shaxs qilmishi uchun butun oila, urug‘ sha’n-shavkatiga
dog‘ tushish xavfini yuzaga keltirish)
;
−
ruhiy ta’sir
(shaxs qilmishi uchun shaxsiy javobgarlikdan tashqari, oilaviy
javobgarlikka tortish, masalan, oilaga kelin uchun qiz berish yoki kelin qilish uchun
qizga xaridorlik qilish, shuningdek, jamiyatdan ajratish, to‘y-marakalarga
qatnashish, mahalla ko‘y bilan ijtimoiy munosbatga kirishish huquqidan mahrum
etish).
6. Alohida shaxs yoki ijtimoiy guruh ijtimoiy me’yorlarga bo‘ysinishni
istamasa yoki ularni chetlab o‘tishga harakat qilsa, jamiyat majburlash choralarini
qo‘llash imkoniyatiga ham ega hisoblanadi. Hozirgi jamiyatlarda majburlash orqali
nazorat qilishning qat’iy ishlab chiqilgan qoida va tizimlari mavjud bo‘lib, mazkur
tizimlar me’yorlardan og‘ishning tiplari va darajasiga ko‘ra, mutanosib ravishda
qo‘llanadigan sanksiyalar yig‘indisi hisoblanadi[28; 111-b.].
7. Shaxs mas’uliyatini oshirishda, uni o‘zi yashab turgan hududning ijtimoiy
mavqeyi bilan hisoblashishga chorlovchi, bo‘ysinmaslik (mensimaslik) holatlari
yuzaga kelganda unga nisbatan qo‘llaniluvchi ijtimoiy qonun (yozilmagan qonun,
mahalla qonuni) orqali jazoga tortish. Bu jarayonda jamoatchilik nazorati bir
tomondan “hukm o‘quvchi sud” vazifasini o‘tasa, ikkinchi tomondan “hukm ijrosini
nazorat qiluvchi jamoatchilik organi” hisoblanadi. Har ikki holatda ham
jamoatchilik nazorati – shaxs faoliyatini tartibga soluvchi, uni boshqaruvchi
“lokomotiv” hisoblanadi.
31
Jamoatchilik nazoratiga bo‘lgan ehtiyoj jamiyat yoki davlat boshqaruvi
uchun birlamchi omil hisoblanib, undan ajralgan holda ijtimoiy hayotdagi
munosabatlarni tartibga solib bo‘lmaydi. Bu insoniyat tarixida juda ko‘p bor
isbotlangan haqiqat. Chunki, davlatda tinchlik, jamiyatda barqarorlikni saqlab
turish, davlat boshqaruv organlariga nisbatan xalq ishonchini saqlash, ular
faoliyatini nazorat qilish, zarurat tug‘ilganda pand-nasihat[104], ijtimoiy tanbeh
shaklidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish − xalq tomonidan olib boriladigan
ijtimoiy nazorat orqali amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvini demokratlashtirish, unda xalq ishtirokini ta’minlash,
qabul qilinadigan qonunlar ijrosi bo‘yicha mas’ul
(davlat organlari)
subyektlar
faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish obyektiv zarurat bo‘lib[104], turli
davlatchiliklar tarixida turlicha yondashuvlarda kechganligini ko‘rish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |