Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi;
Izoh:
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda majburlash prinsipidan emas, 
aksincha, jamoaviy ustunlik tamoyiliga amal qilish – demokratik institutlar 
faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi. Xususan, ixtiyoriylik, onglilik asosida 


22 
hokimiyat munosabatlari faoliyati ustidan o‘rnatilgan “ijtimoiy nazorat” har doim 
samara bergan. Boshqacha aytganda, hokimiyat shaxslararo munosabatlarning 
o‘ziga xos tipi bo‘lib, bunda bir taraf ma’lum vositalar 
(avtoritet, shartnoma, norma, 
majburlash)
yordamida ikkinchi tarafning xulqiga va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Bunday vaziyatda “zo‘ravonlik hokimiyati”, “kuch hokimiyatining” eng oxirgi 
namoyon bo‘lishi[68; 3-18-s.]ni ko‘rsatadi. Shunday ekan, davlat hokimiyatining 
barqarorligi birinchidan, xalq ishonchi bilan belgilansa, ikkinchidan, boshqaruvda 
jamoatchilik ishtirokining qay darajada ta’minlanganligida ko‘rinadi. Ammo har 
ikki holatda ham hukumat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati 
o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Aks holda, demokratiya, shaffoflik, plyuralizm, pragmatik 
siyosat haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, jamoatchilik nazoratini 
olib boruvchi institutsional tizimda adolatlilik, ya’ni ixtiyoriylik prinsipining 
mavjudligi – tekshiruvdagi 
(jamoatchilik nazorati)
xolislik va haqchillikni 
ko‘rsatadi. 
− 
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ommaviyligi va ochiqligi;
Izoh:
jamoatchilik nazoratini to‘g‘ri va oshkoralik tamoyiliga asoslanib 
tashkillashtirilsa, jamiyat ishlarini boshqarish borasida davlat faoliyatida yuzaga 
kelayotgan yoki kelishi mumkin bo‘lgan nomaqbul ishlarni oldini olish imkoniyati 
tug‘iladi. Shu sababdan, fuqarolik jamiyati institutlari o‘z ko‘lami, ommaviyligi va 
ochiqligi tufayli ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan muammolarni aniqlashi hamda 
davlat idoralarining imkoniyatlari cheklangan o‘rinlarda o‘z tashabbuskorligini 
ko‘rsatishiga imkon beradi[77]. Bu dunyo tajribasida isbotlangan haqiqat. Albatta, 
mamlakatimizda keyingi vaqtlarda bu borada ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. 
Masalan, “Mening fikrim” veb-portali mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va 
davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat 
hokimiyati vakillik organlari faoliyatining ochiqligi, qabul qilinayotgan 
qonunlarning hayotiy va samarali bo‘lishini ta’minlanishiga xizmat qilmoqda[104]. 
Zero jamoatchilik nazoratisiz qonun ustuvorligini ta’minlash qiyin kechishi 
barchaga ma’lum haqiqat bo‘lib bormoqda. 
− 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin