Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

qonuniylik;
Izoh:
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish 
qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim 
shartlaridan biri hisoblanadi[28; 54-b.]. Shu sababli, bugungi pragmatik islohotlar 
olib borayotgan jamiyatimizda jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega 
bo‘lgan subyektiv institutlarning jamiyat ijtimoiy hayotidagi ishtiroki, sezilarli 
darajada oshmoqda[104]. Masalan, Ommaviy axborot vositalari jamiyatda 
qonuniylikni qaror toptirishda har bir soha va tarmoq bo‘yicha jamoatchilik 
nazoratini amalga oshirishning eng muhim va ta’sirchan vositalaridan biri sifatida 
ijtimoiy faollikni ko‘rsatish borasida alohida e’tibor qozonmoqda – albatta xalq 
orasida.
 
− 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
Izoh:
har qanday davlat boshqaruvida olib borilayotgan islohotlardan bosh 
maqsad − adolatli jamiyat barpo etishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Demak, “Islohot 
islohot uchun emas, avvalo inson uchun, inson manfaatlarini ta’minlash uchun” 
shiori amalda bo‘lishi uchun ham yuqoridagi prinsipga bo‘lgan zarurat mavjud. 
Chunki, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish sharoitida inson huquq va 
erkinliklarini ta’minlash borasidagi konstitutsiyaviy kafolatlar tizimini hayotga 
tatbiq etishga qaratilgan islohotlar, jamiyatning shu maqsad yo‘lidagi vazifalariga 
to‘liq mos kelishi shart va zarur deb bilamiz. Buning asosiy sababi shuki, bugun 
mamlakatimizda inson huquqlarini kafolatlovchi milliy mexanizm yaratilmoqda. 
Inson huquq hamda erkinliklarini ta’minlovchi va kafolatlovchi davlat organlari 
tizimi[79] takomillashtirilayotganligini hisobga olganda, hozirgi paytda insonning 
huquqhamda erkinliklarini ta’minlash mexanizmini yanada rivojlantirishmaqsadida 
inson va fuqaro huquqi hamda erkinliklarining kafolatlari to‘g‘risidagi normativ 
hujjatlarni yanada insonparvarlashtirish ham dolzarb hisoblanadi.
 
− 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin