Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

(jamoatchilik nazoratini)
tashkillashtirish, xalqaro tamoyillarga mos 
demokratik boshqaruv mexanizmini o‘rnatilishiga olib keladi[39; 101-b.]. Ya’ni, 
xalq manfaatlari ustuvor bo‘lgan jamiyatini barpo etishda jamoatchilik nazoratini tizimli 
yo‘lga qo‘yish eng maqbul yo‘ldir. 
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmi namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra 
bir qator elementlarga tayanadi. Bu borada ilmiy tadqiqotlarda quyidagilar ilgari surilmoqda: 
− jamoatchilik nazorati bu fuqarolar faolligining murakkab shakli bo‘lib, u 
ayni paytda yuqori malakali ekspertlar va tashkilotchilarga ega bo‘lishni taqozo 
etadi; 
− fuqarolarning siyosiy huquqlarini realligi va kafolatlanganlik darajasi; 
− nazorat obyekti bo‘lgan organ faoliyatining ommaviylik darajasi; 
− davlat organi yoki muassasani keng jamoatchilikka ma’lumotlar bera olish 
darajasi; 
− nazorat obyekti faoliyati borasida keng jamoatchilik fikrini shakllanganlik 
holati; 
− nazorat obyekti faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borishning 
huquqiy asoslari; 
− nazorat qilishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi huquqiy normalarni 
tadbiq etishning realligi[20; 43-b.] kabi elementlar, jamoatchilik nazoratini olib 
borish uchun vakillik organlariga ijtimoiy-huquqiy kafolat beradi. Ammo ular, o‘z 
vakolat doirasida jamoatchilik nazoratini olib borish jarayonida O‘zbekiston 
Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan 
tartib qoidalarga qat’iy rioya etgan holda nazorat shaklini amalga oshiradi. 
Jumladan, ular quyidagi shakllardan chiqmagan holda o‘z faoliyatini 
muvofiqlashtirish huquqiga ega hisoblanadi: 
Davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar yuborish – jamoatchilik nazorati 
subyektlari davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat 
qilishga, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ularga so‘rovlar yuborishga 
haqli[82] hisoblanadi. 


18 
Davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish − jamoatchilik 
nazorati subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlarining ochiq 
hay’at majlislarida ishtirok etish huquqiga ega. Davlat organlari o‘zining ochiq 
hay’at majlislarida jamoatchilik nazorati subyektlari ishtirok etishi uchun 
sharoitlar[82] yaratib berish majburiyatini oladi. 
Jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish
− ijtimoiy ahamiyatga molik 
masalalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar, davlat organlarining boshqa 
qarorlari loyihalarini ommaviy muhokama qilish, shuningdek, jamoatchilik 
muhokamasining ishtirokchilari jamoatchilik muhokamasiga kiritilgan masalalar 
yuzasidan o‘z fikrini erkin bildirishga va takliflar kiritishga haqli bo‘lib, 
jamoatchilik muhokamasi ommaviy axborot vositalari orqali va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda[82] o‘tkazilishiga qaratiladi. 
Jamoatchilik eshituvini tashkillashtirish
− Davlat organlari, mansabdor 
shaxslarining faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yoxud 
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat 
manfaatlariga daxldor masalalarni muhokama qilish uchun tashkil etiladigan 
yig‘ilish jamoatchilik eshituvi deyiladi[82]. Bu jarayonni nodavlat notijorat 
tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot 
vositalari tashkillashtiradi. Jamoatchilik eshituvi turli ijtimoiy guruhlarning 
vakillari, shu jumladan muhokama etilayotgan masala o‘z huquqlari va qonuniy 
manfaatlariga daxldor bo‘lgan yoki daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar 
ishtirokida o‘tkazilishi mumkin[77]. 
Jamoatchilik monitoringini o‘tkazish − Davlat organlari va mansabdor 
shaxslarining faoliyatini jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotini yig‘ish, 
umumlashtirish va tahlil etish orqali kuzatish jamoatchilik monitoringini olib borish 
maqsadi bo‘lib, jamoatchilik monitoringini nodavlat notijorat tashkilotlari, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoatchilik nazoratining boshqa 
subyektlari 
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda o‘tkazishga haqli 
hisoblanadi[82]. 


19 
Jamoatchilik ekspertizasi – normativ-huquqiy hujjatlar va davlat 
organlarining boshqa qarorlari loyihalari fuqarolarning, yuridik shaxslarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash 
maqsadida
nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda 
o‘tkazish huquqiga egadir[82]. 
Jamoatchilik fikrini o‘rganish
− turli ijtimoiy guruhlarning normativ-huquqiy 
hujjatlar, loyihalar to‘g‘risidagi, davlat organlari, mansabdor shaxslarining 
qonunchilik talablariga qay darajada rioya etayotganligini, shuningdek, ular 
tomonidan fuqarolar, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, 
jamiyat manfaatlarini ta’minlashga doir faoliyati to‘g‘risidagi fikrini baholash 
maqsadida axborotni yig‘ish, umumlashtirish hamda tahlil etishdan iboratdir[82]. 
O‘zini o‘zi boshqarish (Fuqarolik institutlari) organlari tomonidan davlat 
organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish ham 
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi subyektiv organlar vakolatiga kirib, bunda 
ular tomonidan quyidagi eshituvlar amalga oshiriladi: 
− Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va 
shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari 
faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlari; 
− ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari, joylardagi ta’lim 
muassasalari rahbarlarining hisobotlari; 
− tegishincha oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari 
rahbarlarining axboroti; 
− tegishli hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining atrof-muhitni 
muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish va 
ko‘kalamzorlashtirish masalalariga doir hisobotlarini[77] eshitish vakolatiga ega 
hisoblanadi. 
Shuningdek, jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizim 
subyektlari davlat organlari faoliyati ustidan samarali “nazorat tizimini” o‘rnatishda 


20 
bir qator funksiyalardan foydalanish huquqiga ham ega bo‘lib, bularga quyidagilarni 
kiritib o‘tish mumkin: 
− Davlat organlari va jamiyatning o‘zaro tiyib turish va manfaatlar 
muvozanati tizimini ta’minlash; 
− Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarga, 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va 
ularning ta’minlanishi ahvoli to‘g‘risida fuqarolarni xabardor kilish; 
− Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya 
qilmaslik holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish; 
− Hokimiyat organlariga qarorlar qabul qilish jarayoniga ijobiy ta’sir etish va 
aniq, amaliy mexanizmlarni, bir tomondan, jamiyatning intellektual resurslaridan
ikkinchi tomondan, axborot texnologiyalarining oxirgi yutuqlaridan foydalangan 
holda ta’sir etish; 
− Jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida 
fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligini ta’minlash; 
− Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni 
qonunchilikka muvofiq davlat organlaridan so‘rab olish. 
− Fuqarolarning, yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat 
manfaatlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarga yuborish; 
− Davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarini 
xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga 
yoki mansabdor shaxsga yoxud qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat 
qilish[32; 163-164-b.] va boshqa huquqlarga egadirlar. 
Jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega bo‘lgan institutlar hamda 
subyektlar faoliyatini tartibga solish, ularning huquq va majburiyatlarini belgilab 
berishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati 
to‘g‘risida”gi qonunida 
(2018 yil 12 aprel, O‘RQ-474-son)
, quyidagi prinsiplar 
kiritilgan: 


21 
− 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin