Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti boshlang`ich ta`lim,sport va tarbiyaviy ishi yo`nalishi “tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan abduvohidova mahliyoning tayyorlagan



Yüklə 88,32 Kb.
tarix18.03.2022
ölçüsü88,32 Kb.
#114902
mmm

SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI   MAKTABGACHA VA BOSHLANG`ICH TA`LIM FAKULTETI   BOSHLANG`ICH TA`LIM,SPORT VA TARBIYAVIY ISHI YO`NALISHI   “TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI” FANIDAN ABDUVOHIDOVA MAHLIYONING TAYYORLAGAN TAQDIMOTI  

SINF RAHBARINING SHAXS VA JAMOANI O’RGANISHI VA TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKILLASHTIRISH USULLARI

  • MUNDARIJA
  •  
  • Kirish
  • I BOB. Sinf rahbarining o`quvchilar shaxsi va jamoasini shakllantirishning mazmuni
  • 1.1 Sinf rahbarining sinf jamoasi bilan tarbiyaviy ishlar mazmuni
  • 1.2 Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati
  • II BOB. Tarbiyaviy ishlarni takomillashishining shakl va metodlari
  • 2.1  Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakllantirishning shakl va metodlar
  • 2.2 Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari
  • DARS ISHLANMA
  • XULOSA
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
  •  
  •  
  •  

Sinf rahbarining sinf jamoasi bilan tarbiyaviy ishlar mazmuni Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.Chunki tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jondildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir o’quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lga g’oyaviy-axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak.

Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko’rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ (kattalar bilan ham, kichiklar bilan ham tez aloqa o’rnata olish) qobiliyatga ega bo’lishi, ro’y berayotgan fakt va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog’lab baholashgina emas, balki ro’y berish sababiga qarab hukm ham chiqarishi pedagogik optimizmga, ijod qilish qobiliyatiga ega bo’lish kerak.

Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati Pedagogik mahorat ham – farosat va bilimlarning, chinakam ilmiy, tarbiyadagi qiyinchiliklarni yongishga qodir bo’lgan nufuzli rahbarlikning, shaxslar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan shaxs shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondoshishi, donolik va ijodiy dallilik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan qobiliyat majmuasidir.

Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o’rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlari o’rtasida g’oyat murakkab bog’liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, yoshlarning maqsadlari (hatto strategik maqsadlari) bor. O’quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish bo’lmaydi.

Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakllantirishning shakl va metodlar So’nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishda o’quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o’quv yurtining sinf rahbariga xozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta’limning yagona tizimini yaratish borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy qilish va metodik yordam ko’rsatishdan iboratdir.

Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu o’quvchining o’qishga bo’lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-xunarga bo’lgan layoqatini, yosh va ruxiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o’quvchining bo’lg’usi xayoti rejalarini amalga oshirish, o’quvchilarning salomatligini muxofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro’sini ko’tarish, o’z vaqtida ularga tegishli yordam ko’rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir.

Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda, biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sinf rahbarining shaxs va jamoani o’rganishi va tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish usullarida tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etish  va  o’tkazishda  o’quv  yurti  jamoat tashkilotlarining  roli  tobora  oshirildi.  Pedagoglarda biz albatta oliyjanoblik hissini tarbiyalashimiz shart. Oliyjanoblik qalbning o’ziga xos holatidir. Bu holat insonda sokinlik, hurmat, mehr, g’urur hislarining qo’shilishidan hosil bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.R.Mavlonova, B.Normurodova, N.Rahmonqulova, K.O.Matanazarova, M.K.Shirinov, S,Hafizov Umumiy pedagogika “Fan va texnalogiyalari” T-2018 2. K.O.Matanazarova ,,Tarbiyaviy ishlar metodikasi’’ darslik Toshkent 2014 3. Mahkamov M. «Bo’lajak tarbiyachilarning pedagogik muloqat madaniyatini shakllantirish” nomzodlik dissertatsiyasi. T., 2005. 4. Mavlonova R., B. Normurodova, N. Rahmonqulova, Tarbiyaviy ishlar metodikasi.-T.:"Tib-kitob", 2010. 5.Ishanova.M OILA PEDAGOGIKASI Andijon-2019 6.Elektron ta’lim resurslari: www. pedagog. uz. www. ziyonet. uz      


Yüklə 88,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin