16
uning dimog‘iga hayot nafasini pufladi. Shu yo‘sinda odam tirik jon
bo‘ldi»
1
.
Qur’oni karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan: «…biz
insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. so‘ngra uni (inson
naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon) da maniy qildik.
so‘ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha
go‘sht qilib yaratdik, bas, parcha go‘shtni suyaklar qilib yaratib, (bu)
suyaklarga go‘sht qopladik, so‘ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan
butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik»
2
.
Buddaviy dinida ta’kidlanishicha, voqelik nomoddiy zarracha
hisoblangan dxarma harakatidan iborat. bunda har bir alohida
mavjudotga doim harakatda bo‘lgan kuchlarning o‘tkinchi yig‘indisi
sifatida qaraladi. Jumladan, hayot ham abadiy qonunlarga ko‘ra va
ularga bog‘liqlikda paydo bo‘lib, yana yo‘qolib turadi.
ko‘rinib turibdiki, diniy nuqtayi nazarlarda ham javoblar xilma-
xil. shuning uchun qadimdanoq kishilar muqobil javoblarni topishga
harakat qilishgan. albatta, bunda tayanch nuqta bo‘lib asta-sekin
to‘planib borgan ilmiy dalillar xizmat qilgan.
diniy ta’limotlarga muqobil ilgari
surilgan nazariyalar o‘tmishda, ayniqsa,
yangi zamonning boshlaridan yevropada
to‘plangan ma’lumotlar insonning paydo bo‘lishiga doir avvalgi diniy
nazariyalarga qarama-qarshi kelib qolgan edi. masalan, tasodifan yoki
maxsus izlanishlar tufayli topilgan turli xil
suyaklarning, garchi ular
boshqa biologik tur – hayvonlarga tegishli bo‘lsa-da, inson suyaklariga
ham o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi. bundan tashqari, hayvonlarning
ayrim yuqori turlaridagi ba’zi sifatlar maymunlarning
morfologik
tuzilishi va qushlarning
ikki oyoqda yurishi, ko‘pgina jonzotlarning
eng sodda qurollar yordamida
«uy-joy» qurish, o‘ziga xos tarzda
tildan, raqsdan foydalanishi,
jamoa bo‘lib yashashi va hokazolar
ham e’tibordan tashqarida qolmagan. O‘z navbatida, bular odamning
yaratilishi to‘g‘risidagi diniy qarashlarga bog‘liq bo‘lmagan holda
tushuntirilishi lozim edi. yoki topilgan
tosh qurollarning kimga
tegishliligi ko‘p bahslarga sabab bo‘ldi. bu qurollarni hayvonlar
yasamaganliklari uchun ularniki bo‘lolmasligi aniq edi.
1
injil. 2–3-betlar.
2
«qur’oni karim». «mo‘minun» surasi. 12–14-oyatlar. «Cho‘lpon»t., 2001,
342-bet.
Dostları ilə paylaş: