179
qolmaydi, balki o‘rta sinf sonini ham ko‘paytiradi. qayerdaki o‘rta
sinf bo‘lsa, u yerda tovarlar va xizmatlarning keng iste’molchilar
qatlami bo‘ladi. ishlab chiqarishning o‘sishi ehtiyojini oshiradi. bu esa
iqtisodiyotning yangidan yangi tarmoqlarini maydonga keltirmasligi
mumkin emas.
boy qatlam haqida esa aytish lozimki,
ularning soni barcha
zamonlarda ham aholining 5–6 %idan oshmagan.
O‘zbekistonda yaratilayotgan iqtisodiyot
sivilizatsiyaviy maqomiga ko‘ra erkin
raqobatga asoslanishi bilan birga, davlat-
ning faol islohotchiligi talab etiladigan iqtisodiyotdir. davlatning roli
makroiqtisodiy rejalashtirishdan tashqari
kuchli ijtimoiy himoyani
amalga oshirishda ham ko‘rinadi.
bunday iqtisodiyot rivojlangan mamlakatlarda xx asrning
o‘rtalaridan boshlab bo‘y ko‘rsatgan edi. bunda mezon o‘rnida odatda
yevropa shimolidagi mamlakatlar iqtisodiyotini keltiradilar. bu yerda
davlat milliy daromadni qayta taqsimlagani
tufayli yalpi turmush
yetarli darajada yuqoridir.
ijtimoiy rivojlanishning o‘zbek modeli deb tan olingan nazariy
konsepsiyaga va mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan tajribaga ko‘ra
aralash iqtisodiyotda xususiy tashabbus
va ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasidagi raqobat davlatning muayyan aralashuvida kechadi. bozor
va rejalashtirishdan tashkil topgan tizimning birinchisida mayda
firmalar va alohida korxonalar o‘rtasidagi
raqobat orqali mahsulot
bahosi boshqariladi. mayda korxonalar va mahsulot bahosi harakatini
nazorat qiladigan yirik korporatsiyalar rejalashtirish bilan ish
ko‘radilar.
sovet davlati iqtisodiyotida bo‘lgan totalitar rejalashtirishdan
farqli o‘laroq, O‘zbekistondagi aralash
iqtisodiyotda quyidagilar
farqlanadi:
– qisqa muddatli va uzoq muddatli davlat boshqaruvi;
– tavsiya tarzidagi
tarmoq rejalashtirilishi;
– qonunchilik va ma’muriy aktlarda ifodalangan bevosita
hamda soliqlar, davlat budjeti xarajatlaridan tashkil topgan bavosita
boshqaruv.
hozirgi vaqtda iqtisodiyotni qator jihatlariga ko‘ra, davlatlararo
boshqarish kun tartibiga qo‘yilmoqda. bu yo‘nalishda
faoliyat
ko‘rsatayotgan qator xalqaro tashkilotlar (ubm , xalqaro banklar)
Dostları ilə paylaş: