Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Globallashuvning 
boshlanishi
 To‘rtinchi bo‘lim. hozirgi dunyo
www.ziyouz.com kutubxonasi


185
tinch kechib, tuzum tabiatini o‘zgartirgan voqealar va boshqalar 
globallashuv ko‘lamini yaqqol ko‘rsatdi.
ko‘rinadiki, globallashuv – yer yuzining katta qismini yagona 
iqtiso diy-moliyaviy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tuzilmalarga bir-
lashtirib, tarixan kun tartibiga qo‘yilgan obyektiv jarayondir. 
modomiki, bu jarayon kishilik dunyosida kechar ekan, uning 
ishtirokchilari o‘z manfaatlaridan kelib chiqib tegishli harakatlarni 
ham sodir etadilar.
bu anglatadiki, globallashuv ziddiyatli jarayondir. uni har qanday 
sharoitda ham tegishli tarzda bajarish lozim bo‘ladi.
globallashuv jarayoni sotsium asosiy 
tarkibiy qismlarini qamraydi. siyosiy 
sohada bu jarayon davlatning ishtirokisiz 
kechmasligi tushunarli. O‘tmish an’a-
naviy-agrar jamiyatlardagi o‘z-o‘zicha chegaralangan, bir-biridan 
ajratilgan ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar, masalan, qabilalar, ularning 
davlat birlashmalari, shuningdek, keyinroq paydo bo‘lgan milliy 
maqomdagi davlatning o‘zaro aloqalari bulardagi o‘z-o‘zicha 
yetarlilikdan farqli o‘laroq industrial jamiyatlarda mintaqadagi kuchli 
mamlakat tevarak-atrofga belgilovchi ta’sir ko‘rsatib muayyan davlat 
birlashmalarini vujudga keltiradi. shu yo‘l bilan savdo, keltiriladigan 
xomashyo ustidan nazorat o‘rnatadi. hamda tegishli tarzda foyda 
qiladi.
globalizatsiya bu sohada muayyan iqtisodiy manfaatlar tash-
vishlarining doirasini ifodalaydi. ayni vaqtda, mamlakat xizmati va 
xalqaro tashkilotlar ham bularning talablariga binoan ish ko‘rishi 
lozim. milliy hukumatning vazifalari hududiy-davlat chegaralaridan 
tashqariga chiqadi. xalqaro tashkilotlar, o‘z navbatida, masalalarni hal 
qilishda ba’zi o‘rinlarda hukumat darajalarida ish ko‘radilar.
siyosiy globallashuv hozirgi maqomini xx asrning o‘rtalaridan 
oladi. bu vaqtda bir tomondan texnologik inqilob yuz berib moddiy 
ishlab chiqarish, transport, informatika va telekommunikatsiya 
vositalari rivojlanishiga turtki bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan 
iqtisodiyotning o‘zini milliy chegaradan tashqariga chiqishi so-
dir bo‘lgan. shundan e’tiboran davlatning avvalgi monopol 
holati kuchsizlanib bormoqda, deyish mumkin. endi xalqaro 
munosabatlarning to‘la qonli subyektlari bo‘lib transmilliy 
kompaniyalar bilan bir qator nohukumat tashkilotlari, alohida hududlar 
va, hatto, alohida fuqarolar ham hisoblanadi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin