Shaxs va jamiyat


Politogenez Sivilizatsiya kelib



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Politogenez
Sivilizatsiya kelib 
chiqishining ma’naviy 
shart-sharoitlari
Xususiy mulk
vi bob. Jamiyat va sivilizatsiya
www.ziyouz.com kutubxonasi


106
va qullar to‘plandi. ikkinchisi esa mayda shaklda – sivilizatsiya kelib 
chiqishining ma’naviy shart-sharoitlari xususiy mulk – kichik yer 
egalari, chorvadorlar, hunarmandlarning mulki ko‘rinishida amalda 
bo‘ldi. bu davrda qullarning o‘rni alohida bo‘lganligini nazarda tutish 
lozim. 
sivilizatsiyaning bu bosqichida mahsulotlarni muntazam ayir-
boshlashning zarur sharti sifatida pul muomalasi vujudga keldi. 
muomala uchun dastlab oltin, so‘ngra kumush tangalar ishlatila 
boshlandi.
Sivilizatsiya va madaniyat. sivilizatsiyalarning insoniyat 
ilgarilama harakati bosqichlari ekanligi doirasida madaniyat hodisasi 
alohida o‘rin tutadi. Fransuz mutafakkiri J.J.Russo (xviii asr) 
insonning tanasi va ruhiy ehtiyojlari to‘g‘risida fikr yuritib, birinchisi 
qonunchilik, davlat tuzilishi, xavfsizlik tizimiga ehtiyoj sezganidek, 
ikkinchisi ham o‘zini takomillashtirish uchun madaniyatga, dastavval, 
san’at va fanga bo‘lgan ehtiyojni qondirishi kerak, deb ko‘rsatgan edi. 
nemis mutafakkiri O.Shpengler (XX asr) fikricha ham sivilizatsiya 
texnik-texnologik omillarning yuksak darajasini ifodalasa, madaniyat 
hayotiy ijodiylikni bildiradi. darvoqe, bu mutafakkir g‘arb tafakkuri 
tarixida birinchi bo‘lib har bir sivilizatsiyaning noyobligini, 
betakrorligini isbotlagan.
M.Veber (xx asr, germaniya) ta’kidlashicha, sivilizatsiya 
sotsium harakatining muayyan bosqichini anglatsa, madaniyat esa 
sivilizatsiyaning sifat darajasini ifodalaydi.
madaniyat hodisasiga tizimiy yohdashish lozim. tizimning har bir 
unsuri boshqasi bilan shunday tarkibiy bog‘liqki, ularning o‘zi alohida-
alohida kichik tizimni tashkil etadi. masalan, siyosiy madaniyat 
tarkibiga siyosiy tanlov, siyosiy harakatlar, siyosiy me’yorlarning 
madaniy mohiyati kiradi. ko‘rinadiki, murakkab tuzilma bo‘lgan 
madaniyat – bu inson yaratuvchilik mohiyatining ifodasidir.
sivilizatsiya va uning madaniy tashkil etuvchisi yalpi olinganida 
ham yoki alohida tarkibiy qismlari ham insoniyat muayyan ehtiyojiga 
javob berishi bilan ahamiyatlidir. ehtiyoj kishilarni maqsad sari 
yetaklaydi. unga erishish esa muayyan idealga, me’yorga va bular 
orqali oxir-oqibatda qadriyatga tayanadi. 
«qadriyat» so‘zi barcha xalqlar tillarida asosan insonning 
voqelikka bo‘lgan alohida munosabatlarini, narsa va hodisalarning 
insonga nisbatan olingan ahamiyatliligini bildiradi. masalaning 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin