114
nasroniy sivilizatsiya
ilk bosqichda polis tuzilmalari (shahar-davlatlari) tashkil topgan
va yunon etnosining o‘z-o‘zini anglash jarayoni yuz bergan.
yaratilgan antik sivilizatsiyaning
mazmunini qullar mehnatidan
foydalanib ustun darajada bozorga yo‘naltirilgan, xususiy tovar
ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik yurgizish tashkil etgan.
bunda jamoalar, shahar-davlatlarning o‘z-o‘zini boshqarishi amalda
bo‘lishida markazlashgan hokimiyatning
nisbatan kuchsizligi
sharoitida erishilgan.
Afina hokimi
Solon tashabbusi bilan qabul qilingan qonunlar
kuchga kirishi bilan yunonistonda xususiy mulkchilikka asoslangan
shunday tuzilma maydonga keldiki, bunday institut dunyoning biron
boshqa joyida bo‘lmagan edi. gap bu yerda xususiy mulkchilikning
ehtiyojlariga javob beradigan siyosiy-huquqiy tizim –
demokratik
o‘z-o‘zini boshqarish to‘g‘risida boradi.
bu o‘rinda polis a’zolari
teng huquqli fuqarolar sifatida
o‘zlarining zarur majburiyatlariga
muvofiq jamoat ishlarida va
polisni boshqarishda ishtirok etishi mumkin edi. bular oxir-oqibatda
antik dunyoda, hozirgi zamon tili bilan aytganda,
fuqarolik jamiyati
muayyan asoslari qo‘yilganligini bildirar edi.
keyinroq polislik tamoyillar (fuqarolik, avtarkiya, avtonomiya)
tovar-pul munosabatlari rivojlanishiga xalaqit bera boshlagan edi.
Yunon sotsiumi, Aflotun aytganidek,
«bir-biriga dushman bo‘lgan
ikki – kambag‘allar va boylar davlatiga bo‘linib ketadi». polis
axloqini shaxsiyatparastlik, yangi qudratlar – «kumush va oltin»
egallab, ichki urushlar oqibatida yunoniston
siyosiy mustaqilligini
yo‘qotib, sivilizatsiya sifatida ham ahamiyatini yo‘qotishga olib
keldi. albatta, bu sivilizatsiya mutlaqo o‘chib ketmadi, balki o‘zidan
keyingi ellin davri uchun hal qiluvchi zamin tayyorladi.
Rim sivilizatsiyasining asosiy qadriyatlari vatanparvarlik, tez-tez
urushlar olib borish, fuqarolarning vatan oldidagi burchlarini ifodalash
uchun mardlik, chidamlilik, to‘g‘rilik, vafodorlik ko‘rsatishlari,
intizom va qonunga bo‘ysunuvchilik,
xudoga itoat etuvchilik
bo‘lgan.
Rim saltanati o‘rnida avvalgi ko‘rinishida
quldorchilik barham topib,
asosan aholi
dehqonlardan iborat bo‘lib qoldi. ijtimoiy-
madaniy jarayonning yangi shakli qaror topdi.
Dostları ilə paylaş: