122
musulmonchilikning bir avlodi ko‘zi o‘ngida mag‘rib-u mashriq va
Janub-u shimolga yoyildi?
muhammadning payg‘ambarlik sifatlari,
dastavval, shunda
ko‘rinadiki, u arablar nazarida
sayyid – qavmlar dohiysi, yo‘lboshchisi,
hakam – mojarolarni odil hal etuvchi,
notiq – o‘zi targ‘ib qilgan din
qoidalarini bayon etuvchi,
shoir – yangi
dinni zarur poetik tarzda
bayon etuvchi,
kohin – alloh bilan aloqada bo‘luvchi mukammal
va betimsol inson bo‘lgan. payg‘ambarlik bilan shoirlik va kohinlik
yaqinligi shunday deyishga undaydi.
ta’kidlash joizki, islom dini tug‘ilayotganda yangi e’tiqod
tashuvchilari, dastavval, muhammad va uning yaqin safdoshlari
Abu
Bakr, Umar, Usmon va
Ali ham o‘z harakatlaridan shaxsiy manfaat
kutishmagan. bu ehtiroslar musulmonlarda shunday kuch namoyon
qildiki, ular 636-yilda sosoniylar bilan urushda xurosonni zabt
etishgan bo‘lsa, vizantiyaning sharqiy
qismi ixtiyoran musulmon
bo‘ldi, ya’ni, fath etildi. nisbatan qisqa vaqt ichida shimoliy afrika
va yevropaning janubiy hududi – pirineya egallanib islomlashtirildi.
shu vaqtdan boshlab katta hududda islomiy qarashlar asosidagi
umumiylik qaror topdi.
bu umumiylikning ma’naviy, siyosiy va
iqtisodiy tarkibi o‘zaro mutanosiblikda
tugal qaror topishini yevropaning ko‘p-
gina sharqshunoslari iv–xiii
asrlar bi-
lan belgilaydi. Jumladan, avstriyalik olim
Adam Mets «musulmon
Renessansi» asarida islom dunyosi ko‘tarilishini
shu davr bilan
bog‘laydi.
musulmonlar o‘zlari yaratgan qadriyatlarni boshqalarga
berish barobarida o‘zgaradigan falsafiy g‘oyalar, ilmiy bilimlar va
texnik vositalarni o‘zlashtirdilar. alohida ta’kidlash joizki,
islom
dini madaniyatni turli bo‘hronlardan himoyalaydigan o‘ziga xos
«qalqon» vazifasini bajardi. afrikadan Osiyoning markazigacha,
hindistondan gibraltargacha bo‘lgan ulkan makonda xalqlar din va
til birligi asosida birlashdilarki, bu o‘zaro madaniy ta’sirni
ancha
kuchaytirdi.
islom dunyosidagi madaniy aloqalar rivoji ikki muhim jihat bilan
izohlanadi:
birinchidan, musulmon mamlakatlarining geografik
Dostları ilə paylaş: