1 O’qituvchining o’quvchilarni bilish (anglash) faoliyatini boshqarishdagi mahorati.
2. O’qituvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil etishda o’qituvchining ahamiyati mahorati.
3. O’qituvchining dars jarayonidagi mehnati va uni tashkil etishning asosiy yo’nalishlari.
4. O’qituvchining ijodkorligi, darsda ijodiy muhitni yaratish haqida tushuncha.
Jamiyatning kundan kunga o’zgarib, rivojlanib borishi turli sohalarda faoliyat ko’rsatayotganlar singari har bir o’qituvchidan tashabbuskorlikni, faollikni, mustaqil fikrlash, yangi nostandart vaziyatlardan chiqib keta olish, hususiyatlariga ega bo’lish kabi masalalarni hal etishni talab etadi. Bu faqat o’qish – o’qitish dars jarayonida amalga oshiriladi.

Dars – pedagogik jarayonning ustahonasi.
Bu ustahonada ma’lumotlar bayon etiladi, idrok qilinadi, ahborotlar o’zlashtiriladi, bilim, ko’nikma, malakalar nazorat qilinib, baholanadi. Hullas, darsda o’rgatish, etkazib berish, bajarish, qo’lga kiritish, hayotga qo’llash ko’nikmalari shakllantiriladi. Bunda o’qituvchi muhim vazifani amalga oshiradi – o’quvchilarni bilim olishga yo’naltiriladi, jalb qiladi va ularni bilmaslikdan bilishgacha, voqelikdagi narsa va hodisalarning oddiysidan murakkabigacha bilish sari olg’a harakatlantiradi. Bu esa o’qituvchidan tayyorgarlikni, talab etib, uning nazariy, amaliy, metodik qurollanganlik bilan bog’liq.
Pedagogik – psihologik nazariya va maktab tajribasi o’qituvchining darsni tayyorlash va o’tkazish uchun uch bosqichli tayyorgarlik loyihasini ishlab chiqish lozimligi bilan tavsiflanadi.
- dastlabki tayyorgarlik;
- joriy tayyorgarlik;
- yakuniy tayyorgarlikdir.