Shart
Kunlik hayotda shartlar Ha yoki Y’oq deb javob berish mumkin bo’lgan savol ko’rinishidagi shaklda bo’ladi. Masalan:
Qarshilik nolga tengmi?
Javob to’g’rimi?
Harid qiymati 300 so’mdan ko’pmi?
Dasturda shartlar mantiqiy tipdagi (Boolean) ifoda bo’lib, True (Rost) yoki False (Yo’lg’on) qiymatlaridan birini qabul qiladi.
Oddiy shart ikkita operand va solishtirish operatoridan iborat. Shartning umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Оn1 Operator On2
Bu yerda:
On1 va Оn2 — o’zgaruvchi, konstanta, funksiya yoki ifoda bo’lishi mumkin bo’lgan shart operandlari;
Operator — solishtirish operatori.
Delphi tilida olti xil turdagi solishtirish operatorlari mavjud. Ular 2.1-jadval keltirilgan.
2.1-jadval
Operator
|
Izox
|
Solishtirish natijasi
|
>
|
Katta
|
Agar birinchi operand ikkinchisidan katta bo’lsa True, aks holda False
|
<
|
Kichik
|
Agar birinchi operand ikkinchisidan kichik bo’lsa True, aks holda False
|
=
|
Teng
|
Agar birinchi operand ikkinchisiga teng bo’lsa True, aks holda False
|
<>
|
Teng emas
|
Agar birinchi operand ikkinchisiga teng bo’lmasa bo’lsa True, aks holda False
|
>=
|
Katta yoki teng
|
Agar birinchi operand ikkinchisidan katta yoki teng bo’lsa True, aks holda False
|
<=
|
Kichik yoki teng
|
Agar birinchi operand ikkinchisidan kichik yoki teng bo’lsa True, aks holda False
|
Quyida shartga misol keltirilgan:
Summa < 1000
Score >= HBound
Sim = Chr(13)
Shart yozayotganda shartning operandlari bir xil tipda bo’lishiga asosiy e’tiborni berish kerak. Agar har xil tipli bo’lsa ularni bir xil tipga keltirish kerak. Masalan, agar Key o’zgaruvchisi integer sifatida e’lon qilingan bo’lsa, u holda quyidagi shart xato bo’ladi:
Key = Chr(13)
Chunki Chr funksiyasi char (belgili) tipidagi qiymatni qaytaradi.
Kompilyator noto’g’ri shartni topganida incompatible types xatoligini chiqaradi.
Oddiy shartlardan and (mantiqiy VA), or (nantiqiy YOKI) va not (inkor) mantiqiy operatorlaridan foydalanib murakkab shartlarni qurish mumkin.
Murakkab shartlarning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
shart1 operator shart2
bu yerda:
shart1 va shart2 — oddiy shartlar (mantiqiy tipdagi ifodalar);
operator — and yoki or operatori.
Masalan:
(ch >= '0') and (ch <= '9')
(day = 7) or (day = 6)
(Forml.Editl.Text <> ' ' ) or (Forml.Edit2.Text <> '' )
Forml.CheckBoxl.Checked and (Forml.Editl.Text <> '' )
2.2.-jadvalda and, or va not mantiqiy operatorlarining bajarilish natijasi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |