106
axloqi pok inson bo‘lib etishish borasidagi asosiy mezon hisoblanadi.
Birinchi prezident Islom Karimovning “Men Abdulla Avloniyning
“Tarbiya biz uchun “Yo hayot yo mamot, yo najot - yo halokat, saodat
- yo falokat masalasidir” - degan fikrini ko‘p mushohoda qilaman.
Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun
qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa,
hozirgi kunda biz uchun
ham shunchalik, balki undan xam ko‘ra muhim va dolzarbdir. Chunki
ta’lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaktda ong darajasi va uning
rivojini xam belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini
o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni,
tafakkurni
o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad - ozod va obod
jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.
Ko‘rib turganimizdek bularning barchasi bir-biri bilan zanjir kabi
chambarchas bog‘lik masalalardir”
1
, -
deya ilgari surgan fikr va
muloxazalari Abdulla Avloniy ijodiga berilgan katta bahodir. Tarbiya
xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir.
Har bir xalqning taraqqiy
qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p
jihatdan bog‘liq, shu bois A.Avloniy bola tarbiyasiga katta e’tibor bilan
qarab, o‘zbek ziyolilar orasida birinchi bo‘lib, ta’lim-tarbiya haqidagi
ta’limotni, tarbiya yo‘nalishlarini ishlab chiqib, hayotga tatbiq etdi.
Dostları ilə paylaş: