partiyaviylik prinsiplari ustuvorligi asosida olib borildi. Maktablarda
o‘rganiladigan fanlar, ayniqsa, gumanitar fanlar o‘ta siyosatlashtirilgan,
mafkuralashtirilgan edi. Bu hol yoshlarning dunyoqarashini cheklab
qo‘ydi. Yoshlarni tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy
madaniy-ma’naviy qadriyatlarga ahamiyat berilmadi. O‘zbekiston
tarixi mustaqil fan sifatida maktablarda o‘qitilmadi. Iqtidorli yoshlarni
tarbiyalashga e’tibor berilmadi, iste’dodli yoshlar moddiy va ma’naviy
qo‘llab-quvvatlanmadi. Ularni chet ellarda o‘qitish, jahon taraqqiyogi
yo‘llarini, tajribalarini o‘rganish tashkil qilinmadi. Bularning barchasi
Respublika maorifining rivojlanishiga to‘g‘anoq bo‘ldi.
8.4. XX asrning 70-80-yillarida O‘zbekistonda halq ta’limi
70-80-yillarida O‘zbekiston maktablarida ahvol sifat jihatidan
o‘zgarmay qolaverdi. Maktablar jahon tajribalaridan, zamonaviy texnika
va o‘kitish vositalaridan foydalanilmadi. Ularning moddiy-texnika
bazasi yaxshilanmadi. To‘g‘ri, bu-yillarda maktablar, o‘kuvchilar,
o‘qituvchilar soni-yildan-yilga ortib bordi, son ko‘rsatkichlari kishini
hayratga solar darajasida ortdi. Masalan, O‘zbekistonda 1945-46 o‘quv-
yilida jami 4525 maktab bo‘lib, ularda qariyb 998 ming o‘quvchi o‘qigan
127
bo‘lsa, 1970-71 o‘quv-yilida respublikaning umumiy ta’lim maktablari
soni 7072 taga, ularning o‘quvchilari esa 3 mln. 164 ming kishiga etdi.
Biroq, ularning sifat darajasi (ayniqsa, qishloq maktablari) ancha past
edi. Chunki, ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan “rivojlangan sotsializm”
bosqichi ham 20-30-yillarda shakllangan “qoldiq prinsipi”ning ijtimoiy
oqibatlarini yo‘qota olmagan edi. 1970-1980-yillarda xalq ta’limi
uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ 11 %dan 8%ga kamayib
ketdi. Respublikaning barcha viloyatlaridagi maktablarning 20-60%i
zarur o‘quv jihozlari, asbob-anjomlar bilan jihozlanmay qolaverdi,
50%dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi. Kuni
uzaytirilgan guruhlar ishi ayniqsa o‘lda-jo‘lda qoldi. 70-8 -yillarda 1-8-
sinf o‘quvchilarining atigi 8-9%ini bunday guruhlarga jalb etilgan edi,
xolos.
Umumta’lim maktablarining faoliyati asosan “rivojlangan sot-
sializm” g‘oyasini o‘quvchilarga singdirish, ularni “kommunistik
ruhda” tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. “Kommunistik tarbiya” dan ko‘z-
langan maqsad esa yoshlarni “proletar internatsionalizmi”ga, “katta
og‘aga” sodiqlik, sinfiylik, partiyaviylik ruhida tarbiyalashdan iborat
edi. Milliylik esa o‘zbek maktablari mazmunidan chiqarila boshlandi.
Maktablardagi tarbiya Yevropa tarixi misolida olib borildi. Yevropa
madaniyati, tarixi amalda baynalmilallik namunasi sifatida talqin etildi.
Maktablarda iqtidorli bolalarni o‘qitishga e’tibor berilmas edi.
Maktab bolalari qalbida ona-Vatan tuyg‘usi, ulug‘ allomalarimiz
va ular qoldirgan ma’naviy meros, o‘z ona tili, urf-odatlari bilan
faxrlanish hissi shakllantirilmasdi. Maktablarda ayniqsa ijtimoiy
fanlarni o‘qitish o‘ta siyosatlashtirildi. Ko‘zdan kechilayotgan davrda
maorif sohasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yoshlarni milliy
an’analar va ma’naviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish an’anasi
ko‘zga tashlanib bordi. Ta’lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va
sinfiylik prinsiplari asosida yondashish yoshlarning milliy urf-odatlarni
o‘rganishiga to‘sqinlik qildi. Natijada, o‘zbek o‘quvchilarida milliy
o‘zlikni anglash, urf-odat, milliy an’analarga sodiqlik kayfiyatidan
ajralish hollari ro‘y bera boshladi. Maktab o‘quvchilarining o‘quv
rejasidagi soatlarini o‘zlashtira olmasligi odatiy hol bo‘lib qoldi. Bu
ularni paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlariga ko‘proq jalb qilinishi
bilan izohlanadi. O‘quv-yilining 3-4 oyi ana shunday majburiy tadbirlar
bilan band bo‘lishiga ketar edi. Bu esa o‘zbek o‘quvchisini jahon
128
standartlaridan ortda qoldirib, zamonaviy fan sohalarini o‘zlashtirishga
imkon bermasdi.
XX asrning 80-yillarida, jamiyatimizning barcha bo‘g‘inlarida qayta
qurish keng quloch yozdi. Uning mazmunida hayotni demokratlashtirish,
tezkor iqtisodiy islohot, ma’naviy poklanish milliy qadriyatlar va
axloqiy g‘oyalarning tiklanish muammolarini xal etish zaruriyati
yuzaga keldi. Qayta qurishning xal qiluvchi bosqichida jamiyat uchun
chetdan tomoshabin emas, balki mamlakat iqtisodiy, siyosiy, madaniy
hayoti rivojiga javobgar, ma’suliyatli, sog‘lom fikrli goyaviy-siyosiy
dunyoqarashi shakllangan shaxs zarur edi. Maktab o‘z tabiatiga
ko‘ra iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi, uni saqlovchi,
insoniyat tomonidan to‘plangan umuminsoniy ma’naviy boyliklarni
avloddan-avlodga etkazib va boyituvchi muhim tarmoq hisoblanadi.
Xalq maorifini quyi va yuqori bosqichlarini isloh qilish, qayta qurish
talablariga jamiyatning har bir a’zosi qonuniy javobdir.
Jamiyatmizda hukm surayotgan maorif tizimining barcha bo‘g‘in-
larida xuddi mana shu jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yosh avlod-
ning kamolotga etishi, bir butun shaxs sifatida shakllanishiga nihoyatda
kam e’tibor berildi. Natijada umumiy ta’lim maktablarida ta’lim-
tarbiya tizimi, mazmuni, shakl va metodlari davr talabiga, yosh avlodni
har tomonlama shakllangan yaxlit shaxs sifatida shakllantirishga mos
kelmay qoldi. Bu esa umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh qilishni
taqozo etdi. “Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning
asosiy yo‘nalishlari” 1984-yilda sobiq KPSS Markaziy Komiteti
tomonidan 10 aprelda va SSSR Oliy Soveti tomonidan 12 aprelda
ma’qullandi. Islohotdan maqsad maktabdagi barcha ta’limiy, tarbiyaviy,
tashkiliy ishlarni jamiyat talablariga, shart-sharoitlari va ehtiyojlari
mos keladigan sifat darajasiga ko‘tarishdan, shuningdek, ma’lumotli,
e’tiqodli, jamiyatga, xalqqa sadoqatli, faol ijodkor, tashabbuskor,
tadbirkor, oshkoralik sharoitida ishlay oladigan va yashay biladigan;
o‘z mamlakati, o‘z milliy mustaqilligi, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti
yo‘lida kurasha oladigan kishilar etib tarbiyalashdan iborat edi. Aynan
shu maqsadni xal etish islohot zimmasiga yuklatildi.
“Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘na-
lishlari”da maktabning o‘ziga xos xususiyatlari, umumiy o‘rta va
hunar ta’limning qurilishi, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshi-
rishi, mehnat tarbiyasi, ta’limi, kasb tanlashga o‘rgatish, bolalar va
129
o‘smirlarni jamoat yo‘li bilan va oilada tarbiyalash; o‘qituvchi shaxsi;
maorifning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash; xalq-maorifini
boshqarishni takomillashtirish kabi masalalar nazarda tutilgan edi.
Asosiy yo‘nalishlar asosida hozirgi zamon maktablarida ta’lim-tarbiya
borasidagi kamchiliklar ko‘rsatilgan bo‘lib, buni bartaraf etish uchun
esa maorif tuzilishini takomillashtirish, umumiy ta’lim, mehnat va
kasb egallashga tayyorgarlik sifatini oshirish, ta’limning samarali
shakllari, uslublaridan foydalanish, o‘qitishning texnika vositalaridan
kengroq foydalanish, ta’lim-tarbiya birligini ta’minlash, maktab, oila
va jaoatchilik birligini ta’minlash, o‘quvchilar bilimini baholashda
rasmiyatchilikka barham berish, son ketidan quvish hollariga chek
qo‘yish tadbirlarini amalga oshirish lozim edi.
Islohotda qayd etilgan umumiy o‘rta va hunar ta’limi kurilishining
asosiy mohiyati shunday iboratki, unda umumiy o‘rta ta’lim o‘n bir-
yillikdir. 1-9 sinflar esa to‘liqsiz o‘rta va X-X1 sinflar - barchasi
umumta’lim maktabini tashkil kiladi. Shuningdek, o‘rta hunar-texnika
bilim yurtlari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kabi nomlangan. Mazkur
qurilishga binoan o‘rta umumiy ta’lim maktablarida bolalarni olti
yoshdan boshlab o‘qitish nazarda tutiladi. Islohotda o‘quvchilarni
mehnat ta’limi va tarbiyasi, kasbga yo‘llash, politexnik ta’limning
mazmun, shakl va metodlarini yanada kuchaytirish masalasi isloh
qilingan maktablar oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligi
alohida uqtirilgan. Bu borada barcha mashg‘ulotlarni 3 bosqichga
bo‘lish, ya’ni boshlang‘ich maktab (1-1U sinflar), to‘liqsiz o‘rta maktab
(U-1X sinflar), o‘rta umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning yosh
xususiyatlarini hisobga olish, mehnat ta’limi va kasbga o‘rgatish
yuzasidan dasturlar ishlab chiqish, ijtimoiy-foydali, unumli mehnatni
rivojlantirish, politexnik bilim, mahoratni shakllantirish tadbirlarini
belgilash, mehnat tarbiyasini iqtisodiy tarbiya bilan birga qo‘shib olib
borish masalalariga ijodiy yondashish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchiga
ta’lim-tarbiya berishning muhim bo‘g‘ini oila va jamoatchilikdir. Bola
oila, jamoatchilik, muhit ta’sirida tarbiyaning muhim ajralmas qismlari
hisoblanadigan g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, iqtisodiy, ekologik,
jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalanib boradi. Shuningdek, bola shaxsini
bir butun yaxlit shakllantirishda maktabdan tashqari muassasalarning
ahamiyati juda katta. Islohot ta’lim-tarbiya berishning bu bo‘g‘inining
ish mazmunini tubdan o‘zgartirishni ham nazarda tutadi. Isloh
130
talablarini amaliyotga tatbiq etish uchun ta’lim-tarbiya maktabgacha
tarbiya muassasalarida ta’lim va tarbiya birligining namunaviy
dasturini ishlab chiqish; darsdan tashqarida o‘tkaziladigan tarbiyaviy
ishlarning mazmuni va shaklini jiddiy qayta qurish; kuni uzaytirilgan
guruhlar tuzishni ommalashtirish; maktabdan tashqari muassasalar -
bolalar saroylari, uylari, yosh texniklar va tabiatshunoslar, sayyohlar
stansiyalari, sport, musiqa, badiiy va xoreografiya maktablari, bolalar
kutubxonalar, oromgohlar va shu kabilarni vujudga keltirish; istiqomat
joylarida olib boriladigan xilma-xil ishlarga barcha o‘quvchilarni jalb
etishga erishish; bolalar tarbiyasida oilaning ma’suliyatini oshirish va
g‘oyat qisqa vaqt ichida shu muassasalarning moddiy-maishiy sharoitini
yaxshilash zarurligi uqtirildi.
Ta’limning mazmuniga aniqliklar kiritildi. O‘quv dasturlari qayta-
dan tuzildi. O‘quvchilarni ortiqcha ma’lumotlar bilan band etish dan,
zeriktirishdan xalos etildi. Ta’limning shakllari va metodlari takomil-
lashtirildi, ba’zi fanlardan o‘quv darsliklari, metodik qo‘llanmalar
yaratildi, o‘kuv rejasiga “Atrof-muhit bilan tanishish” (1-2 sinflarda),
“Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” (X-X1 sinflarda), “Oila
etikasi va psixologiyasi” (X-X1 sinflarda), “Ishlab chiqarish asoslari.
Kasb tanlash” (8-10 sinflarda) kabi fan asoslari kiritildi va o‘qitildi,
o‘qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib halq to‘lash joriy etildi.
O‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalasida ijobiy
siljishlar ro‘y berdi, o‘quvchilarni mehnat ta’limi va tarbiyasining
mazmuni takomillashtirildi; hunar-texnika ta’limi tizimida ishchi
xodimlar tayyorlash kengaytirildi; maorifning moddiy-texnika baza-
sini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlarining
munosabatlari birmuncha o‘zgargandek tuyuldi. Biroq, bu o‘zgarishlar
ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun etarli
emas edi, albatta. Xullas kutilgan natijalarga erishilmadi. Shuni qayd
etish zarurki, o‘zbek maktablari to‘ntarishdan so‘ng milliy zamindan
batamom uzilib qoldi. Qarsakbozchilik bilan o‘qish-o‘qitishda Yevropa,
xususan rus tizimini qabul qildik. Ammo bizning avlodlarimiz ongiga,
qoniga bu zo‘rma-zo‘rakilik singmadi. Buni bugungi hayot, turmush
tarzi ko‘rsatib turibdi. Eng achinarli hol shu ediki, ayniksa, o‘ttan etmish-
yil ichida mustabid tuzimning “Yangi” davr “bilimdon” va “zukko”
tashkilotchilari ming-yillik yozuvimizni ham qayta-qayta almashtirib,
kimlargadir yaxshi ko‘rinmoqchi yoxud o‘zini dono hisoblab shuhrat
131
qozonmoqchi bo‘ldilarki, natijada maktablarimiz o‘kuv-tarbiyaviy
ishlarda ham hayotiy asoslar va xalq ruhiyatidan deyarli ajralib qoldi
avlod-ajdodlarimizning dunyoviy-hayotiy, axloqiy, ma’naviy, ruhiy
xazinasi bo‘lgan kitoblar esa umuman o‘qitilmay, o‘rgatilmay tashlab
qo‘yildi.
Dostları ilə paylaş: |