Sidqiy xondayliqiy nasriy asarlari badiiyati


“Holoti Sidqiy” - biografik asar namunasi



Yüklə 258 Kb.
səhifə12/17
tarix02.02.2022
ölçüsü258 Kb.
#114085
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
2.3. “Holoti Sidqiy” - biografik asar namunasi

“Holoti Sidqiy”. Bu asar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Institutining qo`lyozmalar fondida saqlanadi. Mumtoz adabiyotimizda tarjimayi hol xarakteridagi asarlar yozish an’anasi qadimdan ma’lum. Bunday asarlar manoqib, holot, ahvolot deb atalib kelingan. Alisher Navoiyning “Xamsatul- mutta xayirin”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Holoti Said Hasan Ardasher”, Boburning “Boburnoma”, Furqatning “Xo`qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti” shu xildagi asarlardan bo`lib, bu risolalar odatda nasrda bitilgan.

Sidqiy ham shu janrda qalam tebratib1924- yili “Holoti Sidqiy”ni yozdi va uni “Iqtibos” asariga yetti bet hajmda ilova qildi. Biroq oxirgi sahifa ostida poygirning mavjudligi qolgan varaqlarning tushib qolganini bildiradi. Bu qusur asarning to`la hajmi haqida qat’iy bir fikr aytishga imkon bermaydi.

“Holot” shoirning o`sha paytgacha bo`lgan tarjimayi holini, adabiy faoliyatini o`z qalami bilan yoritgani uchun ishonchli manba sifatida ilmiy, tarixiy, ma’rifiy

jihatdan benihoya muhimdir. Sidqiy ijodiga u yoki bu munosabat bilan murojaat qilgan ko`pgina tadqiqotchilarimiz asosiy ma’lumotlarni shu manbadan olganlar. “Holot” bo`lajak shoirning yosh paytida Toshkentga kelgani-yu, bilimi va dunyoqarashining, ijodi va faoliyatining qirralarini ochishda, Sidqiyning shaxs va shoir sifatida o`sishini kuzatishda muhim manba hisoblanadi. Sidqiy o`z hayotini yozar ekan, turmush sharoitini hech bir yashirmaydi. Hamma narsani boricha ifoda etishga intilgan.

Bu asar orqali biz shoir muloqotda bo`lgan, suhbat qurgan ziyolilar, zamonasining mashhur xattotlari va taniqli mudarrislari haqida ma’lumot olamiz. Davr madaniy hayoti haqidagi tasavvurimizni to`ldiramiz.

Shoir qishlog`iga qaytib ketganidan keyingi hayotini yorituvchi ma’lumotlarni faqat shu asar orqali bilib olamiz. “Holot” dagi badiiy ifoda, sifatlashlar, kesatiq, kinoya kabi iboralardan o`rinli foydalanish adibning yuqori iste’dodidan dalolat beradi. Asardagi barcha ma’lumotlar uchinchi shaxs tilidan beriladi.

“Holoti Sidqiy” asari orqali biz ijodkor haqida quyidagi ma’lumotlarga ega bo`lamiz:

Sidqiy hijriy 1302- yilda Toshkentdan sal naridagi Xandaqliq qishlog`ida dunyoga kelgan. 6-7 yoshlarida savod chiqargan. 19 yoshida ilm olish maqsadida Toshkentga borib, Kesakqo`rg`on mahallasida Rahmatulloh madrasasida mavlono Shoh Muhiddindan sarf va nahvni o`rgangan. Keyinchalik husnixatga qiziqishi ortib, toshkentlik Muhammad Shohmurodga shogird tushadi. 6 oy ichida ajoyib xattot bo`lib yetishadi. Sidqiy lirik merosi va nasriy asarlari bilan Turkiston va Qoshg`arda ham shuhrat qozonadi.

1323- yilda Sa’diy “Karimo” risolasini turkiy tilga tarjima qiladi va unga “Rahimo tarjimayi Karimo” nomini beradi. Ikki jildli “Alif Laylo” asarini yarmini Andijonda, yarmini Toshkentda 8 oy ichida tarjima qiladi. So`fi Olloyorning “Maslak ul- muttaqin” kitobini tarjima qilib “Sharhi Sirojiddin tarjimayi Maslakul- muttaqin” nomini beradi. Sa’diyning ‘Bo`ston”ini ham tarjima qiladi va unga “Unvoni tarjimayi Bo`ston” nomini beradi.

Sidqiyning ta’kidlashicha uning “Devoni Sidqiy” nomli mustaqil devoni ham bo`lgan. Uning g`azallari ancha shuhrat qozongan bo`lsa ham, devoni shuhrat qozona olmaydi. Ta’liq, ruq’a, yoqiti, suls, ubaydiy va loxuriy xatlarida yoza olgan. Bunda unga Mirza Hoshim Xo`jandiy ustozlik qilgan.

Sidqiy Oqtosh tog`idan ajoyib marmar toshlarini olib kelib, taroshlab, ularga turli xil xat va ibratli hikmatlar bitgan. Kishilar undan qabr toshi uchun foydalangan.

Sidqiy hushtak yordamida qush va parranda ovlagan. Shuningdek, bir qancha parranda ham boqqan. Bir necha sandiqda asalari parvarish qilgan.

Sidqiyga ustozi har qancha man qilsa ham, u nasrdan ko`ra she’r mashq qilishga ko`p vaqtini sarflagan edi. Oshiqona g`azallari ko`p bo’lsa ham, o`zi asosan, hajviyotga qiziqar ekan.

Shuningdek, o`zining aytishicha, u she’rlarida, asosan, zolim amaldorlar, poraxo`r qozilar, Nikolayga laganbardorlik qiladiganlarni, molparaslarni doimo qoralagan va ularning kirdikorlarini ochib berishga harakat qilgan.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, asar asosan nasrda yozilgan. Sidqiy fikrini izohlash va dalil keltirish maqsadida she’riy parchalardan foydalangan. Asar boshdan oxir shoir, adib Sidqiy Xodayliqiyning hayoti va ijodini qamrab olgan nasriy asardir.




Yüklə 258 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin