Sinf : 10-sinf Fan : Geometriya Mavzu



Yüklə 131,04 Kb.
səhifə2/2
tarix27.03.2022
ölçüsü131,04 Kb.
#115001
1   2
dars ishlanma 1

Rivojlantiruvchi : o’quvchilar bilimini rivojlantirish, ko’nikma va malakasini o’stirish, dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Dars turi : nazariy , amaliy

Dars metodi : Noan’anaviy : guruhlar bilan ishlash, “Klaster” metodi, o’quvchilar o’rtasida o’zaro savol-javob, “Aqliy hujum” metodi

Dars jihozi : plakat, ko’rgazmali qurollar, kompyuter, videoproyektor.

Darsning xronologik jadvali

t/r

Dars bosqichlari

Vaqti

Usuli

1

Tashkiliy qism

2 minut




2

Uyga vazifani so’rash

4 minut

Klaster metodi yordamida

3

O’tilgan mavzuni takrorlash

5 minut

Aqliy hujum metodi

4

Yangi mavzu bayoni

15 minut

Guruhlarga bo’lish orqali

5

Darsni mustahkamlash

17 minut

Misollar yechish, Moychechak usuli

6

Uyga vazifa berish va xulosalash

2 minut




Darsning borishi

1.Tashkiliy qism (2minut) O’quvchilar sinf xonasiga kirib joylashadilar, salomlashib, davomat aniqlashib, darsga tayyorgarlik tekshiriladi, o’quvchilar guruhlarga bo’lib olinadi:

1-guruh: “Ko’pburchaklar” guruhi

2-guruh: “To’rtburchaklar” guruhi

3-guruh: “Uchburchaklar” guruhi



2. Uyga vazifani so’rash (4 minut)

O’quvchilar guruhlarga bo’lingandan so’ng, uyga vazifani so’rash uchun “Klaster” usulidan foydalaniladi va har bir guruhga alohida plakatlarda topshiriq beriladi. Plakatlarda o’tilgan mavzularga oid tarmoqlangan sxemalar keltiriladi. O’quvchilar bo’sh kataklarni to’ldiradilar va o’qituvchi ularni tekshirib baholaydi.





3. O’tilgan mavzuni takrorlash (5 minut)

O’tilgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar o’zlari hamkorlikda “Aqliy hujum” metodidan foydalanishadi. Ya’ni guruhlar bir – birlariga savol berishadi hamda to’g’ri javobni o’zlari baholab borishadi. Bunda o’quvchilarda guruhlarda ishlash, hamkorlikda darsni olib borish ko’nikmalari hosil bo’ladi, darsni o’zlari mustaqil tashkil qilishadi. Guruhlar bir-birlariga o’z mavzulariga oid bo’lgan savollar berishadi. Bu esa qolgan o’quvchilardan faqatgina o’z mavzularini emas, balki qolgan guruh mavzularini ham o’qib,takrorlab kelish zaruratini tug’diradi.



4. Yangi mavzu bayoni (15 minut)

Darsning ushbu qismida o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish maqsadida o’tilgan mavzular umumlashtirilgan holatdagi ya’ni shakllar kombinatsiyasiga oid yangi turdagi masalalar yechish o’rgatiladi. O’quvchilar ko’pburchaklar orasidagi bog’liqlikni o’rganishadi.



Masala: Quyida tomonining uzunligi 4 cm ga teng bo’lgan muntazam oltiburchak va unga tashqi va ichki joylashtirilgan to’rtburchaklar tasviri keltirilgan. Chizmadagi bo’yalgan sohaning yuzasini toping.

Yechish: Bizga ma’lumki, muntazam oltiburchakning har bir ichki burchagi 120o ga teng. Bundan ˂KAF= ˂LBC= ˂MDC= ˂FEN=60o . KAF uchburchak uchun 2AK=4, AK=2=BL.



Bundan KL=MN=8 cm ekanligi kelib chiqadi. Pifagor teoremasiga ko’ra, KF=FN=LC=CM= ya’ni LM=KN= cm ga teng ekan. Bundan KLMN to’g’ri to’rtburchakning yuzasini topamiz

Ichki chizilgan to’g’ri to’rtburchakning tomonlarini topish uchun berilgan chizmadan ABPR teng yonli trapetsiyani

va PCQ teng yonli uchburchakni alohida chizib olamiz.



Va bizga berilgan ma’lumotlardan foydalanib, ichki chizilgan to’g’ri to’rtburchakning RP va PQ tomonlari uzunliklarini topamiz.

Demak, chizmadan ko’rdikki, RP=6 cm va PQ= cm ekan. Bundan ichki chizilgan to’g’ri to’rtburchakning yuzi ekanligi kelib chiqadi.

Endi masalamiz sharti bo’yicha bo’yalgan soha yuzasini topish uchun tashqi chizilgan to’g’ri to’rtburchakning yuzidan ichki chizilgan to’g’ri to’rtburchakning yuzini ayirish kifoya. Ya’ni





Javob: Bo’yalgan soha yuzi



5. Darsni mustahkamlash (17 minut)

O’tilgan darsni mustahkamlash maqsadida har bir guruhdan 2 tadan o’quvchi doskaga chiqariladi va ularga yuqoridagi ko’rinishdagi masala taqdim qilinadi.



Masala: Muntazam oltiburchakning tomoni cm ga teng. Shu ko’pburchakka tengdosh bo’lgan teng tomonli uchburchakning tomonini toping.

Ular masalani ishlab bo’lgunlariga qadar qolgan guruh a’zolari “Moychechak” metodi yordamida o’tilgan mavzuni mustahkamlab olishadi.




Yüklə 131,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin