Siyosiy jarayonlar tushunchasi siyosiy munosabatlar tushunchasiga qaraganda mazmunan keng ma’noga EGA


Birinchidan, dunyoning hamma mamlakatlarida ham siyosiy jarayonning bosh manbai va etakchi ko’chi halq ommasining ongli faoliyatidir



Yüklə 28,84 Kb.
səhifə2/2
tarix25.01.2023
ölçüsü28,84 Kb.
#122570
1   2
 Siyosiy jarayonlar

Birinchidan, dunyoning hamma mamlakatlarida ham siyosiy jarayonning bosh manbai va etakchi ko’chi halq ommasining ongli faoliyatidir. Siyosiy jarayonlarning sustlashuvi, siyosiy tashkilotlar harakatining samarasiz bo’lishi - bu jamiyat siyosiy hayotida kishilarning faol harakat qilmaganligi natijasidir. Demak, kishilarning ongli siyosiy faoliyati siyosiy jarayonlarning borishini belgilaydi. Ammo, bu qoida hamma mamlakatlarda ham bir xilda amalga oshmaydi. Sababi - har bir mamlakatning o’ziga hos siyosiy shart-sharoiti mavjud bo’lib, siyosiy jarayonlarning qanday kechishi shu sharoitga bog’liqdir. Masalan, totalitar siyosiy tuzum o’rnatilgan mamlakatlarda siyosiy erkinliklar bo’g’iladi, demokratiya ta’qib etiladi, buning natijasida siyosiy jarayonlarning rivojlanishi bir yoqlama hususiyatga ega bo’ladi. Bunday tartibot o’rnatilgan jamiyatda hukmron siyosiy kuchlar ommani siyosiy masalalarni hal etishda qatnashishdan mahrum qiladi, siyosiy hokimiyatning zo’rlik ishlatish usullaridan foydalanib, kishilarni siyosiy befarqlik ruhida tarbiyalashga harakat qiladi. Sobiq Ittifoq davridagi kommunistlar partiyasining yakka hokimligi, yagona mafkuraning hukmronligi natijasida siyosiy jarayonlarning borishida halq ommasi eng oddiy siyosiy masalalarni hal etishdan ham mahrum qilib qo’ygan edi. Masalan, saylov oldi kompaniyasida kishilar nomigagina qatnashib, saylovlar natijasi saylov o’tkazilmasdan avvalo aniq bo’lardi. Hozirgi kunda bunga to’la chek qo’yildi.
Ikkinchi umumiy hususiyat — bu siyosiy jarayonlarning borishini, uning darajasini belgilab beradigan etakchi kuch siyosatning xilma-xil subyektlari ekanligidir. Siyosat subyektlari hamma mamlakatlarda mavjud bo’lib, ularning siyosiy jarayonlarga ta’siri benihoyat kattadir. Siyosat subyektlari, bir tomondan, siyosiy jarayonlarning ifodasi sifatida namoyon bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, ular jamiyatning siyosiy rivojiga ta’sir etuvchi, uning borishini ta’minlab turuvchi siyosiy ko’chlar sifatida faoliyat ko’rsatadilar.
Ammo siyosat subyektlarining faoliyat ko’rsatishi har bir mamlakatning siyosiy tuzumi, uning tarixiy-milliy sharoitlariga ko’ra turlicha darajada bo’ladi. Masalan, davlat siyosiy jarayonlarda dunyoning hamma mamlakatlarida ham yetakchi ko’ch rolini o’ynaydi. Lekin, ba’zi mamlakatlarda hamma siyosiy tadbirlarda ham davlat qatnashavermaydi. Chunonchi, mehnatkashlarning ba’zi siyosiy yig’ilishlari, manifetstasiyalari, ko’cha namoyishlari davlat ishtirokisiz o’tkaziladi. Shuningdek, dunyoning ayrim mamlakatlarida siyosiy partiyalar va harakatlarning siyosiy hayotdagi mavqei ko’chli bo’lsa, ba’zilarida siyosiy jarayonlardagi ishtiroki sust bo’ladi.
Siyosiy jarayonlarda ijtimoiy hamda ommaviy tashkilotlar ham faol ishtirok etadilar. Ular faoliyati o’z a’zolarining maqsad va manfaatlarini himoya qilish bilan cheklanmaydi, balki jamiyat siyosiy hayotida ro’y beradigan o’zgarishlarda u yoki bu darajada faollik ko’rsatadilar. Bu tashkilotlar vakillari davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda, ijtimoiy hayotni demokratiyalashda, mehnatkashlarning siyosiy, huquqiy va boshqa erkinliklarini himoya qilishda hamda muhim siyosiy tadbirlarni amalga oshirishda qatnashadilar. Shu bilan birga, jamoat tashkilotlari davlat tomonidan ko’riladigan masalalar va qabul qilinadigan qarorlarning muhokamasida, ularni qabul qilishda nizoli muammolar kelib chiqqanda ularni hal qilishda ishtirok etadilar.
"Hokimiyat" tushunchasiga aniq ta’rif berish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatgaq ega. Jamiyatda chuqur islohotlar o‘tayotgan bir davrda islohotlarning ko‘lami, sur’ati va samaradorligi hokimiyat sohasidagi o‘zgarishlar ko‘lami, sur’atq q va samarasiga to‘g‘ri proporsonal ekanligini judaq ko‘p mamlakatlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Shuning uchun siyosatda hokimiyatning o‘rnini, vazifalarini va umuman, bu tushunchaning mazmunini to‘g‘ri anglash, siyosiy jarayonlar to‘g‘risida hukm yuritish, uni to‘g‘ri baholash imkonini beradi.  Hokimiyat deganda cheklangan shaxslar guruhining (yoki hatto bir kishining) turli mulohazalar asosida davlat va uning fuqarolari ustidan nazorat va boshqaruvni amalga oshirish qobiliyati tushuniladi. 
Ko‘pgina olimlar hokimiyatni siyosatning asosiy masalasi, uning bosh muammosi, deb hisoblaydilar. hokimiyat siyosata odamlar faoliyatining alohida bir sohasi sifatida shakllanish imkonini beradi.
Hokimiyatning maqsadi — ijtimoy hayotni tartibga solish, boshqarishdan iborat. Ko‘pgina olimlar uni odamlar o‘rtasidagi kauzal bog‘liklik tarzida tushuntiradilar. Shu tufayli hokimlik munosabatlarini tabiat yoki xayvonot dunyosida mavjud emas, deb hisoblanadi. Keyingilariga nisbatan ta’sir tushunchasi qo‘llanidi.
Jamiyatda, odamlar o‘rtasidagi munosabat tarzida vujudga keluvchi hokimiyat dastlab siyosiy tabiatga ega bo‘lmagan, chunki u asosan mos tushuvchi manfaatparni tartibga solgan (oqsoqollar, qabila boshliqlari, avliyolarning avtoritetga asoslangan anonim hokimiyati).
N.Makiavelli hokimiyat deganda davlat hokimiyatini tushunadi. Uningcha qhukumatning o‘z fuqarolarini boshqara olish qobiliyati—hokimiyat bo‘lib, davlat, siyosatning maqsadi—barcha vositalar 6ilan hokimiyatni kuchaytirishdir. "Hokimiyatning quroli —hukmronlikdir, hokimiyatning asosi-"yaxshi «qonunlar» va "yaxshi qo‘shindir". hokimiyat odamlar ehtiroslarini tinglovchi va ularda fuqarolik sifatlarini tarbiyalovchi kuchdir.ya
T. Gobbs hokimiyatni birinchi marta tushuncha sifatida ta’riflashga uringan. "Inson hokimiyati, — deb yozadi u,— kelajakda qandaydir imtiyoz; foydaga erishish uchun undagi hozir mavjud vositalardir.
Keyingi bosqich—M.Veber. Uning tahlilida hokimiyat tushunchasi zamonaviy aniqlikka ega bo‘ldi. Veberda hokimiyat "Aktor ijtimoiy munosabatda, qarshilikka qaramay, o‘z irodasini amalga oshirish ehtimoli, bu ehtimol nimaga asoslanishidan qat’iy nazar". Veber ta’rifida hokimiyatning uch eng muhim sifati ko‘rsatiladi: 1) hokimiyat individlarga xos xususiyat emas, ular o‘rtasidagi munosabatlar doirasida mavjud; 2) hokimiyat imkoniyat, ehtimollik terminlarida ta’riflanishi kerak; 3) hokimiyatning asosini hamma narsa, xususiyat yoki munosabat tashkil etishi mumkin. Gobbs kabi M.Veber ham hokimiyatni individlar o‘rtasidagi (ammo guruhlar yoki jamoalar o‘rtasidagi emas) atayin assimetrik (tengsizlik asosidagi) munosabat, deb tushunadi. Avtoritetdan farq qilib, hokimiyat ijtimoiy mavqelar yoki rollar bilan emas, individlarning shaxsiy sifatlari bilan bog‘liq. Ammo, Veber hokimiyat tushunchasini mavhum hisoblab, ko‘proq hukmronlik terminini ishlatishni ma’qul ko‘rgan.
Hokimiyatning legitimligi
Fransuz politologi J.L.Kermonn legitimlikni biror mamlakat siyosiy hokimiyatining shu mamlakat qadriyatlariga muvofiqligi, deb ta’riflaydi. M.Dyuverje yana bir qo‘shimcha qiladi: xalq birdam bo‘lgan har qanday tartib — legitimdir.
Aslida legitimlik tushunchasi tahlili nima uchun odamlar hukmronlikka da’vo qiluvchilarga itoat etadilar; hukmronlikni oqlovchi ichki asoslar qaysi va qanday tashqi vositalar unga tayanch bo‘lib xizmat qiladi? — degan savollarga javob berishi kerak. M.Veber mana shunday ichki oqlash, ya’ni legitimlik asoslarining uch turini ko‘rsatgan. "Birinchidan, — deb yozadi u, — bu — "doimo o‘tmishdagi" ning: azaliy, mazmun va unga rioya etish odati bilan ilohiylashtirilgan fe’l — atvorlar avtoriteti — uni patriarx yoki eski ko‘rinishdagi patriamonial knyaz amalga oshirgan tarzdagi "an’anaviy hukmronlikdir", so‘ngra ilohiy shaxsiy qobiliyat (xarizma) avtoriteti, biror
insonda daho, yetakchilik sifatlari: mo‘jiza, qqahramonlik v.b.larning mavjudligi tufayli kelib chiqadigan turliq shaxsiy sadoqat va shaxsiy ishonch, uni payg‘ambar yoki siyosat sohasida, buyuk knyaz — lashkarboshi, plebissitar hukmdor, yoxud buyuk notiqq, yohud siyosiy partiya rahnamosi amalga oshirgan tarzida ya xarizmatik hukmronlik; Va, nihoyat, belgilangan qoidalarni itoat bilan bajarishga qaratilgan hukmronlik, uni zamonaviy "davlat xizmatchisi," va unga o‘xshash qobiliyat egalari amalga oshirgan tarzda- konuniylik tufayli hukmronlikdir."
An’anaviy legitimlikni an’analarga sodiqlik tarzida baholash mumkin. Asli tushunchasining kelib chiqishi ham (fr. — legitim "konuniy") — ya "monarxistik"., Xali ham Fransiyada taxt qonuniy vorislari, tarafdorlarini legitimistlar, deb atashadi. Bu turdagi legitimlik barcha jamiyatlarda uchraydi. Xususan, Amir Temurning xonlik mavqeini egallashi tarixi — buning yorqin dalilidir.
Xarizmatik legitimlik-yetakchi ya shaxsigagina ishonch, sadoqat tufayli uning hokimiyatini tan olishdan iborat. M.Veberning o‘zy bu holda — tarixiy vaziyat taqozosi bilan yangi sulola, tartib o‘rnatyshi lozim bo‘lgan g‘olib — yetakchini nazarda tutgan. Amerikaning birinchi prezidenti J.Vashington, Fransiya -Prezidenti — general Sh, de Goll, mamlakatimiz prezidenti —I.Karimov — xarizmatik yetakchilardir.
Ratsional — qonuniy legitimlik an’ana yoki shaxsiy sifatlarga emas, siyosiy qhokimiyat kelib chiqishi va faoliyati demokratik huquqiy tartib — talablarga mos kelishiga asoslanadi. 2000 yilda AKSH Prezidentligiga o‘tkazilgan saylovlar jarayoni ratsional — qonuniy legitimlikning yorqin misoli bo‘la oladi: qonunda ko‘zda tutilgan tadbirlar asosida g‘olib aniqlanadi va tomonlar ushbu qarorga bo‘ysunadilar.
Legitimlikning boshqa turlari ham mavjud. Demokratik davlatlarda ratsional — huquqiy legitimlik asosan tarkibiy yoki institutsional legitimlik shaklida namoyon bo‘ladi. U fuqarolarning ayrim shaxslarga emas (shaxsiy legitimlik) davlat tuzilishiga bo‘lgan ishonchiga asoslanadi.
Mafkuraviy legitimlik mohiyati hokimiyatni mafkura yordamida oqlashdan iborat. Mafkura hokimiyatning xalq, millat yoki sinf manfaatlariga muvofiqligini, boshqarish huquqini asoslaydi. Mafkura kimga yo‘naltirilganligiga va qanday g‘oyalardan foydalanishga ko‘ra mafkuraviy legitimlik sinfiy yoki etnik legitimlik tabiatiga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni jamiyatni boshqarish qqhuquqira muayyan sinf (millat) gina egaligi asoslanadi.
Sobiq sotsializm mamlakatlarida sinfiy legitimlik, tarqalgan edi. XX asrning ikkinchi yarmida juda ko‘p yosh davlatlar aholi e’tirofi va madadiga ega bo‘lish uchun o‘z hokimiyatlarini millatchilik g‘oyalari (etnik legitimlik) asosida legitimlashga urinadilar va etnokratik rejimlar o‘rnatadilar.
Shunday qilib, legitimlik — hokimiyat va jamiyat munosabatlarining shunday sifatiki, unda itoat etuvchilar hokimiyatii eng oliy qadriyat sifatida tan olib, uning boshqarish hukukini ihtiyoriy ravishda e’tirof etadilar. Legitimlik — hokimiyatning odamlarda mavjud siyosiy - institutlarning samaradorligiga bo‘lgan ishonchini shakllantirish va tutib turish qobiliyatiga asoslanadi.
Legitimlik va legallik (qonuniylik) tushunchalarini bir — biridan farqlash kerak. Legallik — hokimiyatning huquqiy asosini, uning huquqiyqme’yorlarga muvofiqligini anglatsa, legitimlik — hokimiyatga ishonch va uni xalq tomonidan qabul qilinishini anglatadi. Ko‘rya psizki, ikkinchi holda biz ma’naviiy sifat 6ilan to‘qnash kelyapmiz. qonun chiqaruvchi va uning bajarilishini ta’minlovchi har qanday hokimiyat — legal, ya’ni qonuniydir. Ayni vaqtda u xalq tomonidan e’tirof etilmasligi va nolegitim bo‘lishi mumkin. Yorqin misol: Hindiston Milliy — ozodlik harakatining ohirgi bosqichida ingliz (legal) hokimiyati qarorlarining aholi tomonidan bajarilmay qo‘yilganligi — inglizlarning Hindiston mustaqilligini tan olishiga majbur qilgan kuchli omil bo‘lgan.
Yüklə 28,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin