Сиз ҳечам оломондан, нураб кетган сўқмоқлардан ҳоли, алоҳида жойда ҳордиқ чиқариш ҳақида ўйлаб кўрганмисиз



Yüklə 276.57 Kb.
səhifə1/4
tarix22.10.2017
ölçüsü276.57 Kb.
  1   2   3   4

Aim.uz


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA- MATEMATIKA FAKULTETI

ASTRONOMIYA VA OPTIKA KAFEDRASI
..........................


“5440300-Astronomiya” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun


Neptun orti obektlarini o’rganish” mavzusida yozgan
Ilmiy rahbar:

“Himoyaga tavsiya etilsin”

Fizika-matematika fakulteti

dekani _______ prof.

“_____” ________2014Yil

Qarshi-2014

MUNDARIJA

KIRISH….................................................................................................................2

I BOB. Quyosh tizimidagi sayyoralarining ochilish tarixi.....................................................................................................................6

1.1. Quyosh tizimi haqidagi umumiy ma’lumotlar (9 ta sayyora borligi, sayyoarlar haqidagi umumiy ma’lumotlar 3-4 ta jadvalda beriladi).........................6

1.2. Teleskop yordamida ochilgan sayyoralar (asteroidlar, Uran, Neptunning ochilishi)..................................................................................................................18

1.3. Plutonnig ochilish tarixi................................................................................21

II. Neptun orti obektlarini o'rganish..........................................28 2.1. XX asr oxiri va XXI asr boshida astronomiya fanida qilingan buyuk kashfiyotlar (neptun orti obektlari, ekzosayyoralar, qora energiya va qora materiya)

2.2. Neptun orti obektlari vakillari....................................................................44

2.3. Neptun orti obektlarining xarakteristikalari (yoki xususiyatlari).................46

XULOSA...............................................................................................................

ADIBIYOTLAR...................................................................................................

Kirish
Hozirgi kunda barcha tabiiy fanlar kabi astrofizika fani fani ham jadal rivojlanayotgan fanlardan biridir. XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida asrofizika sohasida 3 ta buyuk kashfiyot qilindi. Ushbu kashfiyotlardan biri-Neptun orti obektlarinini ochilishidir. Keyingi kashfiyotga galaktikamizdagi boshqa yulduzlar atrofidagi planetalar – ekzosayyoralarning ochilishi bo’ldi, uchinchi kashfiyot, deb qora energiya va qora materiyaning topilishini aytish mumkin.

Hozirgi kunda quyosh tizimini jismlarini o’rganishda zamonaviy texnolo giyalar asosida ishlab chiqarilgan yorug’lik qabul qilgichlardan hamda oxirgi yillarda yaratilgan usullardan foydalanish tufayli talaygina yangi ob’ektlar ochildi. Yangi obyektlarning ochilishi Quyosh tizimi haqidagi tasavvurlarimizni butunlay o’zgartirib yubordi. Bundan tashqari, hozirgacha yechilmay kelgan ayrim fundamental muamolarga javob topish imkoniyatini yaratmoqda. Misol uchun, Neptunorti obyektlari va Oort bulutlariga tegishli osmon jismi vakillarining alohida-alohida guruhlarga taalluqli ekanligini aytib o’tishimiz mumkin. Shuning uchun ham, neptunorti obyektlarini o’rganish zamonaviy astrofizikaning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.

Ushbu obyektlar yaqindagina kashf etilgani sababli, hali ularning ko’plab parametrlari, ham xususiy, ham guruhiy qo’shimcha tadqiqotlar olib borishni talab etadi.

Qadim zamonlardayoq, odamlar osmondagi qo’zgalmas yulduzlar orasida harakatlanuvchi obyektlarni payqab qolishgan. Keyinchalik ularni “adashgan yulduzlar” ma’nosini beruvchi “sayyoralar”, deb atasha boshlashgan. О‘sha davrlarda har bir sayyorani ma’budlardan biriga о‘xshatish rasm bо‘lgan. Masalan, Qonsimon qizil Marsni bobilliklar о‘lim ma’budi Nergal nomi bilan, yunonlar va rimliklar esa, tegishlicha, urush ma’budi Ares va Mars nomi bilan atashgan. Shunday qilib, bir necha ming yilliklar davomida odamlar beshta sayyoranigina bilishgan, xolos. Mana osmon gumbazida Yerdan uzoqligi tartibida joylashgan sayyoralar: Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturin. Keyinchalik olamning geliomarkaziy tizimi qaror topganidan keyin Yer ham sayyoralar safiga kiritildi. Binobarin, sayyoralar soni oltitani tashkil etdi. 1781 yilda ingliz astronomii Vilyam Gershel yettinchi – Uran sayyorasini kashf etdi. 1846 yilda Neptun kashf etilgach sayyoralar soni sakkizga etdi. Uzoq izlanishlardan sо‘ng 1930 yilda Pluton kashf qilindi va chorakam bir asr davomida – 2006 yilga qadar Quyosh sistemasida rasman 9 ta sayyora qaror topdi.

О‘tgan asrning 90-yillarida Koyper mintaqasi obyektlari yoki “transneptun obyektlar” (ya’ni Neptun orbitasidan tashqarida joylashgan) nomini olgan yangi obyektlar ochila boshladi. 2003 yilda boshqa obyektlar qatori 2003 UB313 kod nomini olgan Koyper belbog’i obyekti kashf etildi. Dastlab u norasmiy ravishda Zena deb atalgan, 2006 yilda esa, muqim Erida nomiga ega bо‘ldi. Xabbl kosmik teleskopida о‘tkazilgan mufassal tadqiqotlar Erida о‘lchami Plutondan bir muncha katta ekanini kо‘rsatdi. Buning natijasi о‘laroq, 2006 yilda Xalqaro astronomiya uyushmasi XXII Bosh assabliyasining maxsus qarori bilan Pluton darajasi pasaytirilib, sayyora maqomidan mitt sayyora maqomiga o‘tkazildi. Endi o’zining chorakam bir asrlik tarixi (1930 yildan 2006 yilgacha)da sayyoralar rо‘yxatida turgan Pluton о‘zining qonuniy о‘rniga ega bо‘ldi va endi u sayyora deb emas, balki mitti sayyora, aniqrog’i Koyper mintaqasi obyektiga aylandi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda Quyosh sistemasida sayyoralar 9 ta emas, balki 8 tadan iborat.

Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi zamon astrofizikasidagi eng dolzarb vazifalaridan biri bo’lib, Quyosh tizimi Neptun orbitasidan tashqarida joylashgan obektlarni yaqindagina ochilganligini hisobga olsak, ularni o`rganish haqidagi bilimlarimizni rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida yoritilgan masalalar, hosil qilingan bilim va ko’nikmalarni ta’lim tizimiga tadbiq etib, o’rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Neptunorti obektlarlarni o`rganishdek masalalarni hal etida ham o’z dolzarb hisoblanadi.

Maqsadi va vazifalari: Qadimda sayyoralarning ochilishi, sayyoralarning teleskopda ochilish tarixi, asteroidlar va neptunorti obektlarlarning ochilishi va ularning orbita elementlari va boshqa xususiyatlarini o`rganish ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalariga kiradi.

Ishning ilmiyligi va ahamiyati: Mavzuga oid ilmiy ma’lumotlar NASA va Evropa Kosmik agentligining Internet saytlari va kam sondagi ilmiy adabiyotlardan olingani hamda mavzuning XXI-asr boshida astronomiyada qilingan kashfiyot, neptunorti ob’ektlariga bag’ishlanganligi uning ilmiyligidan darak beradi. Ushbu bitiruv malakaviy ishidan umumiy astronomiya kursida, umumiy va amaliy astrofizika, astrometriya fanlarida foydalanish mumkin.

Koinot haqidagi bilimlarimiz rivojlanib borar ekan, biz yashayotgan ona sayyoramiz yerning mo’jiza ekanligi, uning har bir qarichi Uning tabiati biz uchun nihoyatda qadrli ekanligini anglay boshlaymiz. Bu esa o’z navbatida hurmatli prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek tabiat in’om etgan xom-ashyolardan to’g’ri, ilmiy asoslangan holda foydalanish iqtisodiy samaradorlikni oshiradi [1].

2010 yil 12 noyabr kuni hurmatli prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi va senatining qo’shma maslisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni ya’nada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” mavzusida ma’ruza qildilar. O’z ma’ruzalarida oltita yo’nalishni eng muhum ustuvor vazifalar sifatida belgilab berdilar. Bu yo‘nalishlar quyidagi yo‘nalishlardir:


  1. Davlat hokimyati va boshqaruvini demokratlashtirish.

  2. Sud-huquq tizimini isloh qilish.

  3. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash.

  4. O’zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish.

  5. Fuqorolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.

  6. Demokratik bozor islohatlarini va iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish.

Oltinchi yo’nalishda raqobat to’g’risida to’xtaldi. Raqobatlasha oladigan har qanday mahsulot yoki shu mahsulotni ishlab chiqarish ilmiy asoslangan bo’lsagina yoki uni ishlab chiqaruvchining ilmiy saviyasi yuqori darajada bo’lgandagina bu mahsulot raqobatlasha olishi mumkin ekanligini anglash mumkin [2].

Hech bir zamonda hozirgi kundagi kabi iqtidorli yoshlarga keng yo‘l ochilmagan. Bularning hammasi Mustaqilligimiz sharofatidir.

Mutaqillik esa o‘z-o‘zidan qo‘lga kiritilmagan. Bu borada Muhtaram Prezidentimizning “O‘zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi davlatimiz rahbarining ayni shu tarixiy davrdagi faoliyatiga bag‘ishlangan. Xalqimizning asriy orzusi bo‘lgan milliy istiqlol mavzusiga oid fikr va qarashlari atroflicha o‘z aksini topgan.

Vatan uchun, xalqning tinchligi va farovonligi uchun chinakam fidoiylik namunasi aks etgan. Asarni o‘qigan sari jo‘shib, to‘lib ketasan va shunday insonlarga sodiq bo‘lging keladi [3].



Bitiruv malakaviy ishini tuzilishi: Kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlarni, 9ta rasm 4ta jadval 60 sahifani tashkil etadi.

I BOB. Quyosh tizimidagi sayyoralarining ochilish tarixi



    1. Quyosh tizimi haqidagi umumiy ma’lumotlar

Sayyora - Quyosh atrofida aylanuvchi osmon jismi. Sharsimon shaklda bо‘lishi kerak yoki, bu shaklni egallashi uchun u yetarlicha katta va salmog‘li bо‘lishi, hamda uning orbitasi yaqinida о‘lchami unikiga yaqin jism bо‘lmasligi kerak. Sayyoralar soni 8 ta: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun. Bu guruxga «klassik sayyoralar» degan nom ham berilgan. Sayyoralar fizik tabiatiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:

  1. Yer tipidagi planetalar: Merkuriy, Venera, Yer va Mars

  1. Gigant planetalar: Yupiter, Saturn, Uran va Neptun

1.1-jadval

Yer tipidagi planetalar haqida umumiy ma’lumotlar



Planeta

Quyoshgacha bo’lgan o’rtacha masofa, a.b.

Quyoshgacha bo’lgan o’rtacha masofa, mln km

Quyosh atrofida aylanish davri, yil

O’z o’qi atrofida aylanish davri, sutka

Merkuriy

0.38

57.9

0.24

58.6

Venera

0.72

108.2

0.61

- 243

Yer

1.00

149.6

1.00

1.00

Mars

1.52

227.9

1.88

1.03

Yupiter

5.2

778.6

11.86

0.41

Saturn

9.58

1 433.7

29.66

0.44


Merkuriy. Quyosh sistemasidagi sakkizta planeta ichida Quyoshga eng yaqini Merkuriy bo'lib, qadimda uni arablar Utorud deb atashgan (1.1-rasm)


1.1 –rasm. Merkuriy

Utorudning orbitasi boshqa planetalarnikidan farq qilib, cho'zinchoq ellips shaklidadir. Shuning uchun ham bu planetaning Quyoshdan uzoqligi 0,31 dan to 0,47 astronomik birlikkacha o'zgarib turadi. Planetaning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 58 million kilometrni tashkil qiladi. Merkuriyning diametri 4880 kilometr bo'lib, uning sirtida tortish kuchi Yemikidan 2,6 marta kam. Boshqacha aytganda, og'irligi Yerda 80 kilogramm bo'lgan odam merkuriyda atigi 30 kilogramm chiqadi.

Merkuriy o’z orbitasi bo'ylab sekundiga o'rtacha 48 kilometr tezlik bilan harakatlanib, Quyosh atrofini 88 kunda to'la aylanib chiqadi. Kichik massali Merkuriy (Yer massasining 55 protsentiga teng) sirtining bu qadar yuqori temperaturagacha (ekvatorda +420 °C gacha) qizishi planeta atmosferasinins asosiy qismini uni tashlab ketishiga sabab bo'lgan deb qaraladi. Planeta atmosferasi asosan geliydan tashkil topgan bo'lib, bosimi Yer sirtida bu gaz beradigan bosimdan 200 milliard marta kichik. Planeta sirtidagi barcha gazlarning bosimi esa Yernikidan yarim million martacha kam.

Merkuriyga yaqin «qarindosh» Oy tuprog'ida mikroorganizmlarmng yo'qligi, iqlim sharoitiga ko'ra, Oynikidan ham keskinligi bilan farq qiluvchi Merkuriyda hayot bo'lishi uchun sharoit yo'q, deb dadil aytishga to'la imkon beradi. Merkuriyning yo'ldoshi yo'q.[4]



Venera. Qadim rim mifologiyasida sevgi xudosining nomi bilan yuritiladigan bu planetaning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 108 million kilometrdir. Venera (o'zbekcha nomi Zuhra) orbitasi bo'ylab sekundiga 35 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 225 kunda Quyosh atrofida bir marta to'la aylanib ulguradi. Ravshanligi jihatidan Quyosh va Oydan keyin turadigan bu planeta juda qadimdan kishilar diqqatini o'ziga tortib, qo'zg'almas yulduzlar fonida harakatlanishi birinchi bo'lib sezilgan «adashgan» yoritgichdir. Shuning evaziga u «Tong yulduzi» deb nom olgan. Tong “yulduzi”ning bir kuni, ya'ni Quyoshga nisbatan o'z o'qi atrofida aylanishi davri 117 Yer kuniga teng bo'lib, bir yili uning ikki kunidan sal kam chiqadi. 1970- yilda uchirilgan «Venera-7» ning qo'ndiruvchi apparati muvaffaqiyat bilan Venera sirtiga ohista qo'ndirildi va 23 minut davomida undagi atmosferaning bosimi, temperaturasi va tarkibiga tegishli ma'lumotlarni o'lchab turdi.

1.2- rasm. Veneraning «Venera-9» va «Venera-10» KA lari tomonidan olingan rasmi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, garchi oxirgi yillarda “Tong yulduzi”ga tegishli talay kashfiyotlar qilingan bo'lsa-da, biroq u bilan bog'liq ko'p jumboqlar hali o'z yechimini topishi uchun navbat kutmoqda[2].



Yer. Yer Quyoshdan uzoqligi bo'yicha uchinchi o'rinda turuvchi planeta bo'lib, Yer rusumidagi planetalar ichida eng yirigi hisoblanadi. Yer osmonda juda chiroyli ko'rinish olishini, uning Oy sirtidan olingan rasmi to'la tasdiqlaydi

1.3-rasm. Yer planetasi

Planetamizning ekvatorial radiusi 6378 kilometr. Yer, Quyosh atrofida sekundiga taxminan 30 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 365,24 kunda uning atrofida bir marta to'la aylanib chiqadi. Planetamizda bir yilda to'rt faslning kuzatilishi sababi Yer o'qining orbita tekisli-giga 66,5° og'maligi bilan tushuntiriladi.

Yer o'z o'qi atrofida 23 soat 56 minut 4 sekundda to'la aylanib chiqadi. Bu uning haqiqiy aylanish davridir. Biroq uning Quyoshga nisbatan o'rtacha aylanish davri biroz uzunroq bo'lib, roppa-rosa 24 soatni tashkil qiladi.[2]

Yerning o'rtacha zichligi har kub santimetrida 5,5 grammga teng bo'lib, massasi taxminan 6 * 1024 kilogramm. Planetamizning atmosferasi rninglab kilometr balandlikkacha cho'zilib, og'irligi qariyb 5 ming 160 trillion tonna keladi! Bunday qalin atmosfera Yerda hayotning paydo bo'lishi va rivojlanishida muhim rol o'ynagan. Xususan, 20-30 kilometr chamasi balandlikda joylashgan ozon qat-lami Quyoshning qisqa to'lqinli ultrabinafsha nurlarini kuchli yutib, barcha tirik jonivorlarni, jumla-dan odamzodni bunday nurlarning xavfli ta'siridan asraydi. Atmosferaning 21 protsentiga yaqinini kislorod, taxminan 78 protsentini azot, qolgan qismini esa boshqa gazlar: argon, karbonat angidrid va suv bug'lari tashkil qiladi[5].

Yer gigant magnit bo'lib, uni kompas strelkasining planetamiz magnit maydoni kuch chiziqlariga parallel turish uchun intilishidan bilish mumkin. Qizig'i shundaki, geomagnit qutblar geografik Yer qutblari bilan ustma-ust tushmaydi. Shimoliy geomagnit qutbning geografik kengligi 78°5', uzunligi esa 290°sharqiy uzunlikni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, geomagnit o'q Yer o'qiga 11,5° li burchak ostida yotadi. Biroq Yer «o'z qo'limizda» bo'lib, boshqa osmon jismlarini o'rganishga nisbatan uni tadqiq qilishga katta imkoniyatlarimiz borligini hisobga olsak, planetamiz sirlarini qo'shni planetalardan ancha ilgari «fosh» qilishga katta umid bilan qarash mumkin. Yerning atrofida uning birgina tabIIy yo'ldoshi - Oy aylanadi[3].

Mars. Urush xudosi mars nomi bilan yuritiladigan Yer tipidagi to'rtinchi bu planetaning orbitasi Yer orbitasidan tashqarida yotadi. Uning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 228 million kilometr. mars Quyosh atrofida aylanayotib, har 780 kunda Yerga yaqinlashib turadi Bunday yaqinlashish qarama-qarshi turish deyiladi.

Mars orbitasi ellips shaklida bo'lganidan, qarama-qarshi turish paytida u Yerga eng yaqin kelganda (buyuk qarama-qarshi turish paytida), undan bizgacha masofa 56 mln km ni tashki etadi. Planetaning buyuk qarama-qarshi turishi har 15-17 yilda kuzatilib, oxirgisi 1988- yilda bo'lgan edi. mars nisbatan kichik planeta, uning diametri 625 kilometr, massasi esa 6,44- 1033kg (Yer massasining 0,107 qismini tashkil qiladi). O'rtacha zichligi ham Yernikidan ancha kam - 3,94 g/sm3. Erkin tushish tezlanishi - 3,72 m/s2.

«Urush xudosi» o'zining fizik tabiati jihatidan Quyosh siste-masining planetalari ichida Yerga «qarindosh»ligi bilan ajralib turadi. Marsning atmosferasi juda siyrak bo'lib, sirtida o'rtacha bosim 6,1 millibar (1 bar taxminan 1 atmosfera), ya'ni dengiz sathidagi Yerning atmosfera bosimidan qariyb 160 marta siyrak[2].
1.4- rasm. Marsning kosmik apparatdan olingan tasviri.

Marsning ikkita tabiiy yo'l-doshi bor. Ulardan biri Fobos (Qo'rqinch), ikkinchisi esa Deymos (Dahshat) deb ataladi. har ikkala yo'ldosh ham 182-yili avgust oyida amerikalik astronom A.Xoll tomonidan topilgan. Qizig'i shundaki, har ikkala yo'ldosh ham shar shaklida bo'lmay, balki kartoshka formasini eslatadi.



Gigant planetalar: Yupiter (mushtariy). Quyosh sistemasining planetalari ichida eng yirigi hisoblangan Yupiter tabiati va tuzilishiga ko'ra jumboqlarga boyligi bilan astronomlar diqqatini o'ziga jalb etadi. Yupiterning o'rtacha radiusi, Yer radiusidan qariyb 11 marta katta bo'lib, 69 ming 150 kilometrni tashkil etadi. Bu ulkan planeta Quyosh atrofida o'rtacha 778 million kilometrli masofada aylanadi. Planetaning Quyosh atrofida aylanish tezligi sekundiga 13 kilometr bo'lib, 12 yilda bir marta aylanib chiqadi. Boshqacha aytganda, Yerdagi 60 yoshli odam Yupiter yili bilan endi 5 yoshga to'lgan bo'lur edi. Qizig'i shundaki, Yupiterning o'z o'qi atrofida aylanishi, Yertipidagi planetalarning ayla-nishlaridan farq qjlib, ekvator qismi tezroq — 9 soat 56 minutli davr bilan aylanadi.

Yupiterning hajmi Yernikidan 1314 marta ortiq. Garchi bu planetaning zichligi Yernikidan 3,5 marta kam bo'lsa-da, kattaligi tufayli uning massasi Yer massasidan 318 marta ortiqdir. Shuning uchun ham Yupiterning tortish kuchi Yerdagidan ikki yarim marta ortiq, ya'ni Yerda 60 kilogramm keladigan odamning og'irligi Yupiterda 150 kilogrammdan ortadi. Bu ulkan planetaga teleskop orqali qaralganda, uning sirtida turli xil obektlar kuzatiladi. Bular ichida tabiati haligacha jumboqligini saqlayotgan obektlar - eni bir necha ming kilometrgacha boradigan uning ekvatorga parallel qora-qizg'ish tasmalaridir (1.5-rasm).[6]



1.5- rasm. Yupiterning kosmosdan ko'rinishi
Yupiter atmosferasi Yernikidan keskin farq qilib, vodorod, geliy, metan va ammiak gazlaridan tashkil topgan. Planeta atmosferasining asosiy qismini vodorod va geliy tashkil qiladi. Shuningdek, planetaga tegishli spektogrammalarning tahlili uning atmosferasida sezilarli miqdorda asetilen (C2H2) va etan (C2H6) borligini ma'lum qildi. Gigant planeta atmosferasida suv bug'larining topilishi ham katta voqea bo'ldi, chunki olimlar uning bulutli qatlamlarining aniqlangan temperaturasi -120 °C – 130 °C dan past bo'lib, bunday temperaturada suv bug'lari doimo muz holatidagina bo'lishi mumkin deb taxmin qilardilar.

Yupiter Quyoshdan Yerga nisbatan 5 marta ortiq masofada bo'lganidan, bu planeta yuza birligining Quyoshdan oladigan energiyasi Yernikidan 27 marta kam. Biroq shunga qaramay, planetaning to'la yuzasi, asosan, radio va infraqizil diapazonlarda, uning Quyoshdan oladigan energiyasidan qariyb 2,5 marta ko'p energiya bilan nurlanadi.


1.6-rasm. Dildoraning O’z R FA Ulug’bek nomidagi Astronomiya institudagi teleslopda Yupiterni kuzatish jarayoni
Bu - Yupiter qa'rida hozirgacha noma'-lum mexanizmli bunday nurlanish energiyasining birdan-bir manbayi - gravitatsion siqilish bo'lishi mumkin, degan gipotezaning tug'ilishiga sabab bo'ldi. infraqizil spektrometr yordamida, planetaning aynan shu diapazonda nurlanishi asosida aniq-langan sirt temperaturasi, uning kunduzgi va tungi qismlarida temperatura bir xil bo'lib, -=, 133 °C ekanligini qayd qildi. Yupiter o'z yo'ldoshlari bilan katta bir «oilani» tashkil qiladi, uning topilgan yo'ldoshlarining soni maydalari bilan hisoblaganda

50 dan oshib ketdi. Planetaning bu «oy»laridan to'rtta eng yirigi 1610- yilda G.Galiley tomonidan topilgan.

SATURN. Planeta qadimgi rimning vaqt va taqdir xudosi Saturn nomi bilan ataladi. Bu planeta sharqda Zuhal, yunonlarda Kronos nomi bilan yuritilib, Quyosh sistemasining qurollanmagan ko’z bilan ko'rish mumkin bo'lgan yeng oxirgi planetasidir. Shuning uchun nam, qadimda uzoq yillar Saturinning orbitasi Quyosh ststemasi-ning cnegarasi deb qaralgan.[9]

Saturn kattaligi jihatidan faqat Yupiterdan keyin turadi, uning diametri 120 ming 800 kilometr. Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 9,5 astronomik birlik, ya'ni Quyoshdan 1 milliard 427 million kilometr narida yotadi.





Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə