Slayd taqdimoti Denov 2022 Reja



Yüklə 335,06 Kb.
tarix27.10.2022
ölçüsü335,06 Kb.
#118689
XVIII asrda Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va davlat tuzumi


4. Mustaqil ishi: XVIII asrda Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va davlat tuzumi.
Slayd taqdimoti
Denov 2022
Reja

1. XVIII asrlarda Afg‘onistonning tarixi
2. Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat
3. Afg‘onistonning davlat tuzumi.
Qandahor va Hirotda mustaqil afg‘on davlatlarining vujudga
kelishi bevosita mazkur mintaqadagi siyosiy jarayonlar bilan
bog‘liqligini ta’kidlab o‘tish o‘rinli. Xususan, mazkur davrda
bir tomondan Afg‘onistonning janubiy va janubiy-sharqiy
Hududlarini o‘z nazoratida ushlab kelgan Hindistondagi Boburiylar
davlati kuchsizlana boshlagan bo‘Isa, ikkinchi tomondan hozirgi
Afg‘onistonning g‘arbiy hududlarini o‘z tarkibiga qo‘shib olgan.
Shunday tarixiy sharoitda afg‘on (pushtun)laming iqtisodiy
jihatdan kuchli bo‘lgan abdaliy va g‘ilzoy qabilalari maydonga
chiqa boshladi. Abdaliy qabilasi 55-60 ming oila (300-350 ming
nafar aholi) atrofida bo‘lsa, g‘ilzoy qabilasi 50 ming oila (250
ming nafar aholi)ni tashkil etgan23. Safaviy hukmdori shoh Husayn
(1694-1722) hukmronligi davrida ayniqsa, g‘ilzoy va abdaliy
qabilalariga nisbatan zulm kuchaydi. G‘ilzoy qabila istiqomat
qiladigan Qandahor viloyatiga Safaviylar tomonidan dastlab
Abdullaxon (1698-1704)ning, so‘ngra esa Gurgenxon (1704-1709)
ning beklarbegi etib tayinlanishi hamda ular tomonidan ta’magirlik,
Gilzoylar mulkiga ko‘z olaytirish va siquvlaming kuchayishi
g‘ilzoylaming Mir Vaysxon boshchiligidagi xalq qo‘zg‘oloni
boshlanishiga olib keldi.
1716-yilda abdaliy qabilasining sadozoy urug‘iga mansub
Abdullaxon va uning o‘g‘li Asadullaxon yetakchiligida Hirotda
xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Natijada 1717-yil oxirida Hirot va uning
atroflari (Murg‘ob, Bodg‘iz) Safaviylar hukmronligidan ozod bo‘ldi.
Biroq, mustaqillikka erishgan Qandahordagi g‘ilzoylar va Hirotdagi abdaliylar o‘rtasida nizo va kelishmovchiliklar yuzaga keladi
hamda 1719-yilda ikki o‘rtada Farax yaqinida jang bo‘lib o‘tadi.
Jangda Mahmud yetakchiligidagi g‘ilzoylaming qo‘li baland keldi.
Shundan so‘ng, 1721-yilning oxirida Mahmud g‘ilzoylardan hamda
ularga qo‘shilgan boshqa afg‘on qabilalaridan iborat katta qo‘shin
bilan Eronning markaziy viloyatlariga qarab yurish boshladi.
1722-yil oktabrida Safaviylar poytaxti Isfahon shahrini egallagan
Mahmud o‘zini Eron shohi deb e’lon qildi
Ahmadshoh davlatda ichki tartibni ta’minlash hamda davlat
hududini kengaytirish bo‘yicha bir qator tadbirlarni amalga
oshirdi. Markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslik yo‘lini tutgan
Go‘ilzoy qabilasining bir necha urug‘i kuch bilan bo‘ysundirilgan
bo‘lsa, ilgari Nodirshohga bo‘ysungan Kobul, G ‘azna va
Peshovar kabi yirik shaharlarning hokimlari bilan mumuzokaralar olib rilishi natijasida ular Ahmadshohning hokimiyatini tan
olishdi. Shuningdek, Ahmadshoh kuchli va ko‘p sonli qo‘shin
barpo etish masalasiga alohida qaraydi.
Ahmadshohning o‘g‘li Temurshoh (1773-1793) va undan
so‘ng nevarasi Zamonshoh (1793-1801) hukmronligi davrida
afg‘on qabilalarining markaziy hukumatga nisbatan bo‘ysunmaslik
harakatlari avj oldi va bu afg‘on davlati mustahkamligiga zarba
berdi. Temurshohdan so‘ng hukmronlik qilgan afg‘on hukmdorlari
kuchli qabilalar yetakchilari qo‘lida hatto “qo‘g‘irchoq” hukmdorga
aylanib qolishadi. Bu vaqtda Ahmadshoh davrida barakzoylaming
yetakchisi bo‘lgan Hoji Jamolxon Barakzoyning o‘g‘li Poyindaxon
Barakzoy ham o‘z urug‘ining yetakchisi, ham davlat ishlarida
nihoyatga katta ta’sir kuchiga ega amaldorga aylanadi. Poyindaxon
Barakzoy davlat boshqaruvida katta lavozim - “sardorlar sardori”
(qo‘shinda “qo‘mondonlar qo‘mondoni” yoki “amir ul-umaro”)
lavozimini egalladi va aynan Zamonshoh (Temurshohning beshinchi o‘g‘li)ning taxtni egallashida katta xizmat ko‘rsatdi.
ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ
Yüklə 335,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin