Sog’lom tug’ilgan chaqaloq– tug’ilishi bilan hech qanday tibbiy muolajaga muhtoj bo’lmagan va yashash qobiliyatini saqlagan boladir.
Yetuk tug’ilgan chaqaloq - gestasiya vaqtining 37 haftasidan 42 xaftasigacha bo’lgan davrda tug’ilgan chaqaloqdir (260-294 kun).
Chala tug’ilgan chaqaloqlar- gestasiya vaqti to’liq bo’lmagan 37 haftadan (259 kun) 22 haftagacha (154 kun), tana og’irligi 2500 grammdan 500 grammgacha, tana uzunligi 47 (46) smdan kichik bo’lib tug’ilgan chaqaloqga aytiladi.
Chaqaloqlarning anatomik-fiziologik xususiyatlari
Chaqaloqlarning birlamchi ko’rigi tug’ruq blokining bolalar xonasida o’tkaziladi: chaqaloqning umumiy holatiga baxo beriladi va kuzatilishi mumkin bo’lgan kasalliklar aniqlanadi. Xona harorati 24-26°C gacha bo’lishi, yo’rgaklash stoli isitilgan, bolaning terisi quruq bo’lishi kerak. Chaqaloqlar ko’rigi palatada, yo’rgaklash stoli yoki kuvezda xarorat 22°C bo’lganda o’tkaziladi. Chaqaloqni tekshirish extiyotkorlikni, chidamlilikni va yumshoqlikni talab qiladi.
Tashqi ko’rinishi: sog’lom yetuk tug’ilgan chaqaloqlar uchun yuzining tinch ko’rinishi xarakterli. Ko’rik boshlanishida ayrim xolatlarda baland emosional yig’lash kuzatiladi. Sog’lom chaqaloqlar uchun adekvat ta'sirlovchilarga (ochlik, taktil yoki og’riq) nisbatan uzoq vaqtli baland ovozda yig’lash hos bo’lib, yiqlash sababi aniqlangandan keyin bola yig’lashdan to’xtaydi.
Bemor bola yig’isining kuchi va davomiyligi bo’yicha baholanadi. Kuchsiz yig’lash yoki umuman yig’lamaslik chalalik og’ir darajasi bilan tug’ilgan chaqaloqlarda aniqlansa, neonatologlarni bezovta qiladi. Afonik yig’lash o’tkazilgan reanimasion chora-tadbirlardan keyin yoki markaziy asab tizimining zararlanishi natijasida kuzatiladi. Moddalar almashinuvi buzilishi va nasliy kasalliklarda chaqaloq yig’isi o’ziga hos xususiyatga ega bo’ladi
Chaqaloqlarda bosh miyaning o'lchami nisbatan katta bo´ladi. O'rtacha vazni o'g'il bolalarda 390 g (340 - 430 g), qiz bolalarda 355 g (330-370 g), ya'ni tananing 12-13% qismini tashkil qiladi (kattalarda 2,5%). Bola tug'ilgandan keyin bosh miyaning rivojlanishi tugallanmaydi. Miyaning katta yarim sharlari yoshga xos xususiyatga ega: egatlar, kichik balandlik va chuqurlikga ega bo'lgan yirik bursharlardan tashkil topgan. Mayda bursharlar oz, ularning soni bola hayotining birinchi oylarida ko'payadi. Bola hayotining birinchi kunidanoq barcha sezgi organlari faoliyat korsatadi. Chaqaloqlarda reaksiyalar nodifferensial xarakterga egaligi va generalizasiyaga moyilligi bilan xarakterlanadi. U yo’ki bu reseptorlar qo'zg'alishi, lokal emas, balki tarqoq reaksiyalarni chaqiradi.
Bolalarda miya, kattalarga nisbatan yaxshi qon bilan ta'minlanadi, bu kapillyar to'rning boyligi bilan tushintiriladi. Miyaning to'liq qon bilan ta'minlanishi, tez o'sayotgan nerv to'qimasining kislorodga bo'lgan yuqori talabini ta'minlaydi.
Chaqaloqlar terisining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu ko’p miqdordagi kapillyalardan iborat qon tomirlar hisoblanadi, u teriga dastlab yorqin, so’ng och-pushti rang beradi. Yog’ bezlari homila ichi davrida o'z funksiyasini boshlaydi va hayotining birinchi yilida teri yuzasiga ko'p miqdorda yog' ajratadi. Tug’ilgandan so'ng bola tanasi tvorogsimon qoplam bilan qoplanadi. Teri bezlari rivojlangan bo´ladi, lekin sog’lom bolalarda ter ajralishi 3-4 oyligidan boshlanadi, bu termoregulyasiya markazining yetilmaganligi bilan bog'liq. Teri funksiyalari turlicha bo'lib, lekin ulardan asosiysi dag'al mexanik, kimyoviy ta'sirlardan himoyadir. Bola hayotining 1-yilida bu funksiya juda yupqa bolgan epidermis va boy qon bilan ta'minlash hisobiga yetarli bo'lmaydi.
Bolalarda nafas olish organlari nisbatan kichik o'lchami va anatomo-gistologik rivojlanishi tugallanmaganligi bilan farqlanadi. Erta yoshdagi bolalarda burun nisbatan kichik, burun yo'llari tor, pastki burun yo'li bo'lmaydi. Burun shilliq qavati nozik, nisbatan quruq, qon tomirlarga boy. Burun yo'llari torligi va yaxshi qon bilan ta'minlanganligi natijasida kichik yoshdagi bolalarda yengil yallig'lanish burun orqali nafas olishni qiyinlashtiradi. Ko'krak yoshidagi bolalarda nafas olishning asosiy va birinchi xususiyati - uning yuzaki xarakteri, ya'ni unchalik katta bo'lmagan chuqurligidir.
Ikkinchi xususiyati - bir minutda nafas olish sonining ko’pligi. Chaqaloqlar bir minutda 50-60 marta nafas olishadi, bu fiziologik xolat hisoblanadi. Uchinchi xususiyati - bola hayo’tining birinchi 2 haftaligida nafas aritmiyasi, ya'ni nafas olish va nafas chiqarish pauzalarining notogri almashinishi, nafas olish nafas chiqarishga nisbatan qisqa va ba'zi hollarda tanaffus bilan bo´ladi.
Bolalarda nafas olishning to’rtinchi xususiyati - bola yoshi va jinsiga aniq bog’liqlikdir: chaqaloqlar ko´krak mushaklarining nafas olishda kuchsiz qatnashishi hisobiga nafas oladi, ko´krak yoshidagi bolada nafas olishning ko´krak qorin turi ustun bo´ladi.
Chaqaloqlar og'iz bo'shlig'i -kichkina o'lchamda bo´ladi. Og'iz oldi og'iz boshlig'idan alveolyar o'simta bilan emas milk qirrasi orqali chegaralangan. Lablari qalin, shilliq qavati sorgichlar bilan qoplangan, labning ichki yuzasida ko'ndalang valiklar bo´ladi. Oraliq qismi (o'tish zonasi) bor, og'iz aylana mushagi yaxshi rivojlangan. Chaqaloqlarda so'lak bezlari kam rivojlangan. 4 oydan keyin 2 yoshgacha ular intensiv rivojlanadi. Keyinchalik bezlar bo'yiga kattalashadi, uning yollari shoxchalardan iborat bo´ladi. Chaqaloqlar oshqozoni silindr yoki buqa shoxi shaklida bo´ladi. Kardial qismi, tubi va pilorik qismi kuchsiz rivojlangan, qorin bo'yni qismi keng. Oshqozon xajmi 50 kub sm, uzunligi 5 sm, kengligi - 3 sm. Chaqaloqlar hayotining birinchi soatlari va kunida qora - zaytunsimon rangli, xidsiz birinchi najas yo’ki mekoniy ajraladi. Keyinchalik ko'krak yoshidagi sog'lom bolalarda najas sariq rangda, nordon reaksiyali va nordon xidli, konsistensiyasi botqasimon bo´ladi
Chaqaloqlarda yurak nisbatan katta va tana vaznining 0,8% ni tashkil etadi (22 gr atrofida), kattalarda - 0,4%. O'ng va chap qorincha tenglashadi, devorlari qalinligi 5 mmni tashkil qiladi. Chaqaloq miokardi juda yupqa mushak to'qimasidan iborat, biriktiruvchi to'qima kuchsiz rivojlangan, ko’ndalang fibrillyardan va ko'ndalang chiziqdan iborat.