Sog’lom tug’ilgan chaqaloq– tug’ilishi bilan hech qanday tibbiy muolajaga muhtoj bo’lmagan va yashash qobiliyatini saqlagan boladir


Sog’lom bolalarda bir minutda puls soni



Yüklə 9,52 Mb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü9,52 Mb.
#140701
1   2   3
CHAQALOQLIK DAVRINING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Sog’lom bolalarda bir minutda puls soni
    • Yoshi
    • Puls soni
    • Chaqaloqlar
    • 120-140
    • 6 oy
    • 130
    • 1 yosh
    • 120
    • 5 yosh
    • 100
    • Shartsiz refleks shaklidagi tug’ma reaksiyalar bola hayotining birinchi kunlaridayo’q dunyoga kelganini xarakterlaydi.
    • 1. Moro refleksi: bola yotgan stol ustiga tukullatilganda, bola qo'llarini yonga yozadi keyin xuddi quchoqlaganday birlashtiradi.
    • Normada bu refleks 4 oyda yo'qoladi.
    • 2. Robinson refleksi: bolaning kaftiga biron narsani berilsa qattiq ushlab oladi. Normada 2-4 oyda yo'qoladi.
    • 3. Kaft-og'iz refleksi (Babkin refleksi): barmoq bilan bolaning tenerlariga bosilganda uning og'zi ochiladi. 3 oyda yo'qoladi.
    • 4. Emaklash refleksi (Bauer refleksi): bola qornida yotganda tovonlariga qo'llarni qo'yib turilsa, u oldinga harakat qiladi. Normada 4 oylarda yo'qoladi.
    • 5. Kernig refleksi: bolani oyoglari tos son bo'g'imiga to'g'ri burchak ostida bukilganda, bola oyoglarini tizza bo'g'imiga to'liq uzata olmaydi. Normada bu refleks 4 oydan keyin yo'qoladi.
    • Boshi.Chaqaloqlar boshi miya qismining yuz qismiga nisbatan katta bo’lishi bilan farqqiladi.Chala tug’ilgan chaqaloqlarda kalla shakli xuddi gidrosefaliyaga o’xshash bo’ladi, chunki ularda bosh miyasi intensiv o’sadi.Kalla suyaklari bir-biri bilan qo’shilmagan, choklari birikmagan, katta liqildoq ochiq bo’ladi, kalla suyagining bunday o’ziga xos xususiyati tug’ruqga yordam beradi.Tug’ruq jarayonining kechishiga qarab, boshning shakli turli xil bo’ladi: dolixosefaliya(oldindan orqaga cho’zilgan), braxisefaliya (yuqoriga cho’zilgan) yoki noto’g’ri (asimmetrik) holatda bo’ladi.
    • Ko’zlari - hayotining birinchi kunida hamma chaqaloqlarda yopiq bo’ladi.Bola tebratganda ko’zlari o’z-o’zidan ochib-yopiladi, bu esa labirint reflekslarning paydo bo’lishini bildiradi. Chaqaloqtug’ilgandan keyin bir necha haftadann so’ng qorachiqlari simmetrik bo’ladi va uning diametri 3 mmni tashkil qiladi. Skleralari oq rangda bo’ladi.Chala tug’ilganlarda skleralari juda yupqaligi sababli havo rangda bo’ladi. Agar skleralari qoramtir-havo rangda bo’lsa, chaqaloqda yetilmagan osteogenez kuzatilishi mumkin.Ko’pincha Daun sindromida kamalak pardasida Brashfild dog’lari aniqlanadi-qalampirli tuz sepilgan ko’rinishga ega bo’ladi. Sub'konyuktival qon talashlar kon'yuktivalarning mayda qon tomirlarining zararlanganligidan dalolat beradi, sog’lom chaqaloqlarda tug’ruq jarohatining asorati bo’lishi mumkin.Chaqaloq hayotining birinchi kunida gorizontal nistagm "botuvchi quyosh" simptomi kuzatiladi
    • Teri rangi: pletora (to’q-qizil, eritematoz) rangi ko’proq polisitemiya -giperoksiya (kislorod konsentrasiyasi normadan ortiq berilganda) kuzatiladigan va parvarishda ko’p isitib yuborilgan chaqaloqlarda uchraydi. Sariqlik - sutka davomida qondagi bilirubin miqdori 85,5mkmol/ldan yuqori bo’lsa,chaqaloq uchun patologik sariqlik hisoblanadi, bunda chaqaloqlar gemolitik kasalligi, homila ichi infeksiyalari, sepsis rivojlanadi yoki fiziologik holat ham bo’lishi mumkin.Teri rangining oqimtirligi-kamqonlik, tug’ruq vaqtidagi asfiksiya, shok yoki arterial yo’lakning shakllanishida kuzatiladi.
    • Chaqaloqlar ko’krak qafasi-bochkasimon shaklda bo’ladi. Nafas olishi yuzaki, bir minutda 40-60 marta, to’liq diafragmal, ko’krak qafasining bo’sh qismlari nafas olishda tortilib turadi va qorni ko’tarilgan bo’ladi.Chaqaloqlarda burun yo’llari tor, shuning uchun yig’laganda, emganda, bezovtalanganda hansirash tez rivojlanadi, burun shilliqqavatlari shishadi.Chaqaloqlarda nafasi bronxvezikulyar tipda bo’ladi.Chala tug’ilganlarda nafas tez-tez, noregulyar harakatlar bilan labilligi kuzatiladi.
    • Yurak.Chaqaloqlarda ko’krak qafasi o’lchami va shakli xilma-xilligi sababli yurak chegaralarini aniqlash qiyinchilik tug’diradi. Yurakning joylashgan o’rnini aniqlash kerak, chunki dekstrakardiya (yurakning o’ngda joylashishi) uchrashi mumkin.Yurak tonlari aniq, tiniq eshitiladi.
    • Chaqaloqlarda yurakqisqarishlari soni bir minutda 140-160zarbadan iborat. Son, radial, yelka, oyoqarteriyalarida pulsni paypaslab tekshirish lozim.Qorin sog’lomtug’ilgan chaqaloqlarda aylana shaklda bo’lib, nafas olishda ishtirok etadi. Bola ko’p emizilganda, yuqumli kasalliklarda va xirurgik kasalliklarda qorin dam bo’ladi. Sog’lomtug’ilgan chaqaloqlarda qorni paypaslaganda yumshoq, tinch holatda chuqur paypaslasa bo’ladi. Jigar qovurg’a ravog’idan +2smgacha paypaslanadi (5yoshgacha norma). Sog’lom chaqaloqlarda taloqqovurg’a yoyi qirrasida paypaslanadi.
    • Jinsiy a'zolar ko’rigi.Sog’lom chaqaloqlarda urug’don yorg’oqga tushgan, olat boshchasi chegaralangan bo’ladi.Ba'zi chaqaloqlarda gipospadiya uchrashi mumkin. Olat va yorg’oqning kattalashishi adrenogenital sindromning klinik belgisi hisoblanadi. Yorg’oqning pigmentasiyasi fiziologik belgidir.
    • Sog’lom tug’ilgan qizlarda katta jinsiy lablar kichik jinsiy lablarni yopib turadi.Chala tug’ilgan qizlarda jinsiy yoriq ochiq bo’ladi,kichik jinsiy lablar kata jinsiy lablardan chiqib turadi yoki ular bir xil tenglikda bo’ladi.
    1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin