Ular amaliy mashg‘ulotlar jarayonida aksariyat tasvirli va aniq vositalardan, ya’ni eskizlar,
chizmalar, asbob-uskunalardan foydalanishadilar. Ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi ovoz va
tovushli (audio), shuningdek, tasviriy tasavvurlarni shakllantiradigan audiovizual vositalar,
jarayonlar va vazifalar to‘g‘risida keng qamrovli aniq tasavvurlarni vujudga keltirish uchun
foydalanishadi.
YOrdamchi vositalar buning aksi bo‘lib, tasvir va mantlarni yozib olish va esda saqlab
qolish imkonini beradi. Ular doska, flipchart, pinbord doskasi, kodoskop, videoproektor kabilardir.
Ish sohasiga tegishli aniq narsalar, ya’ni mahsulotlar, asbob-uskunalar va boshqalar dars
jarayonida didaktik funksiyaga ega bo‘lib, o‘quv vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Ta’lim
vositalaridan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo‘ljallangan guruh, maxsus soha va
metodlarga mos holda tanlash muhim o‘rin tutadi.
SHuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim beruvchi o‘quv va ko‘rgazmali vositalarni ishlata
olishni va ulardan maqsadga muvofiq, oqilona foydalanishni bilishi kerak. SHuningdek, u o‘qitish
vositalaridan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni tezda bartaraf etadigan
bo‘lishi lozim.
O‘quv-didaktik materiallar (yoki o‘quv vositalari) deyilganda, o‘qitilishi va o‘rganilishi
lozim bo‘lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchilar tushuniladi. Modulli metodika
asosida o‘qitishda o‘quv-didaktik materiallar sifatida nazariy darslarda matnli vizual vositalardan,
misol uchun o‘quv kitoblari, kartoteka va prospektlardan, tarqatma materiallari, uslubiy
qo‘llanmalar, jadvallar, jihoz yoki asbobni ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalardan foydalanilish tavsiya
etiladi (rasm).
Bunday o‘quv va didaktik materiallarga qo‘shimcha tarzda tasviriy-vizual vositalar
(fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar) ham kiradi. Ular umumiy va keng qamrovli tasavvurlar
hosil qilishni osonlashtiradi.
Ovoz va tovushli (audio), shuningdek, tasavvurlarni shakllantiradigan audio-vizual
vositalar texnologik jarayonlar va funksiyalar to‘g‘risidagi keng qamrovli real tasavvurlarni
vujudga keltiradi.
Ish sohasiga tegishli asl narsalar, ya’ni mahsulotlar, jihozlar va asboblar nazariy yoki
amaliy mashg‘ulot paytida didaktik funksiyaga ega bo‘lsa, u holda o‘quv vositasi sifatida
qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, maxsus soha va usullarga mos
holda tanlash muhim o‘rin tutadi. Va nihoyat, amaliy mashg‘ulotlar o‘qituvchisi o‘quv va
ko‘rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda
foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanilayotganda yuzaga keladigan texnik
muammolarni hal qila oladigan bo‘lishi lozim.
Masalan: «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazuvchi
o‘qituvchi buxgalteriya ishi jarayonida sodir bo‘ladigan nuqson va kamchiliklarni o‘z vaqtida
bartaraf eta bilishi, hisob-kitoblarda adashmasligi, kompyuter texnologiyasini yaxshi
o‘zlashtirishi, qisqasi o‘z kasbiy sohasining mohir ustasi bo‘lishi kerak. Amaliyot o‘qituvchisi o‘z
kasbiy sohasi bo‘yicha qanday yangi materiallar va kashfiyotlar borligi, shuningdek, qaysi maxsus
sohalarda uning o‘zi yangilik qila olishi mumkinligi haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lishi
lozim. Ko‘pincha doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proektor slaydlari kabi vizual vositalarni
o‘quvchilarning o‘zlari tayyorlaydilar.
Modul tarkibidagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun manbaviy material sifatida
foydalanilgan vositalar quyidagicha farqlanadi:
Амалиёт ў итувчилари томонидан дарсни кўргазмали ўтказиш ва билим бериш
учун ўлланилади.
Ў ув материаллари
Ў увчилар ўрганишлари учун ў итувчи томонидан тайёрланади.
Дидактик материаллар
Ko‘pincha o‘quv materiallari bir paytning o‘zida didaktik materiallar sifatida, ya’ni
o‘qitish va o‘rganish uchun ishlatiladi.
O‘quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, o‘qituvchi tomonidan ularning
tanlanishi va nazariy yoki amaliy mashg‘ulotlar maqsadiga moslashtirilishi tushuniladi.
Agar tayyor vositalar yo‘q bo‘lsa, u holda ularni o‘qituvchining o‘zi tayyorlashi lozim:
O‘quv va didaktik materiallarni tayyorlashda o‘qituvchi chegaralangan vaqt va texnik
imkoniyatlarini inobatga olgan holda e’tiborini quyidagilarga qaratishi lozim:
o ish varaqalari, tarqatma materiallar (bosilgan matnlar nusxalari), slaydlar, doska
tasvirlari uchun eskizlar;
o yozma topshiriqlar, yozma va og‘zaki testlar uchun so‘rov qog‘ozlari;
o baholash varaqasi, nazorat qog‘ozi;
o ish rejalari, tashkiliy hujjatlar.
Nazariy darslarni o‘tkazish paytida amaliy ko‘rsatmalar quyidagi vositalar orqali
ishlatiladi (jadval);
Turi Ishlatish uchun ko‘rsatmalar
O‘quv kitoblari Kitobning muayyan betlarini belgilab, dars
rejasiga kiritiladi.
O‘quv kitoblari yoki boshqa manbalardan
Tarqatmali materiallar saylanma nusxalar tayyorlanadi va
ko‘paytiriladi.
Doska tasvirlari Mavzu va grafiklarga oid eskizlar tayyorlash.
Slaydlar Nusxalash apparatida yoki kompyuterda
tayyorlanadi.
Ish jarayonidagi har bir yaroqli predmet – ham
Modellar yaxshi, ham yomon mahsulotlar ko‘rsatilishi
lozim.
Amaliy mashg‘ulotlar yoki amaliy ish paytida berilgan amaliy ko‘rsatmalar asosida
quyidagi vositalardan foydalanilish tavsiya etiladi (jadval).
Agar o‘quv va didaktik materiallar mavjud bo‘lsa, u holda ularning fan va modulning
o‘quv maqsadlari va mazmuniga mos kelish-kelmasligini tekshirishi kerak.
O‘quv maqsadlariga erishish uchun quyidagi masalalarga e’tibor qaratish lozim:
Manbalarda muayyan kasbiy sohaga oid dalillar, tushunchalar,tamoyillar va usullarning
taqdim etilganligiga;
Manbalarda "o‘zlashtirilishi shart bo‘lgan” va "o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan” darajadagi
bilimlar mavjudligiga;
Materiallarning bilim berish uchun yoki ko‘nikmalar shakllantirilishiga mo‘ljallanganligi.
Amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan o‘quv vositalari
Turi Ishlatish uchun ko‘rsatmalar
Texnik chizmalar (kinematik Asl nusxalari maxsus jildlarda to‘planadi.
sxemalar,konstruktiv chizmalar)
Ekspluatatsion ko‘rsatmalar Nusxalardan tarqatmalar va slaydlar tayyorlash
uchun ishlatiladi.
Ish rejalari va boshqa hujjatlar Faqat nusxalar ishlatiladi, asl nusxlari esa toza
saqlanadi.
Modellar, real jihozlar asboblar va maxsulotlar. YAroqli va yaroqsiz jihozlar, yaxshi va yomon
mahsulotlar farq ko‘rsatib beriladi.
O‘qitish va o‘rganish materiallardan didaktik foydalanishga mos holda materiallarning
mazmuni va tuzilishiga ko‘ra o‘qituvchi va o‘quvchi materiallariga bo‘linishi kerak.
O‘qituvchi qo‘lidagi materiallar tarkibida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
• modulning o‘quv maqsadlari va mazmuni haqidagi ma’lumotlar;
• tashkiliy masalalarga oid ma’lumotlar;
• amaliy mashg‘ulotlar va mashqlar o‘tkazilishida qanday didaktik-uslubiy tartib
qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlar;
• mashqlar ta’rifi;
• o‘quvchilarning nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha natijalarini tekshirish va
baholashga oid ma’lumotlar;
• test va sinovlarga oid savol va javoblar.
O‘qituvchilar uchun tayyorlangan materiallar nafaqat sohaga tegishli ma’lumotlarni, balki
tashkiliy ishlar va uning natijalarni baholash haqidagi ma’lumotlarni, o‘quvchilar uchun
tayyorlangan materiallar faqat sohaga tegishli bilimlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Didaktik materiallar faqat o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘qitish materiallaridan farq
qiladi. Masalan, ular topshiriq varaqalari, savolnomalar, yo‘naltiruvchi savollar va muayyan
tarqatma materiallar bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilarga tarqatiladigan materiallar tarkibida quyidagi ma’lumotlarning bo‘lishi
tavsiya etiladi:
• matnlarda bo‘sh qoldirilgan joylar (o‘quvchilar tomonidan to‘ldirilishi uchun);
• o‘quvchining erkin fikrlashiga imkoniyat beruvchi savollar;
• ustaxonada ishlash uchun mo‘ljallangan va ish bosqichlari ko‘rsatilgan (tushunarli)
chizmalar (eskizlar) va jadvallar;
• material, jihoz, asbob-uskunalar va yordamchi vositalar haqidagi ma’lumotlar.
3. Tarbiya vositalari va ularni amalga oshirish shakllari
O‘qituvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun
tarbiya vositalaridan foydalaniladi. Masalan, sinf majlisi, yig‘ilishlar, ertalabki ommaviy yig‘in
(lineyka), kluv ishlari, turli tadbirlar va boshqalar.
Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal qilishni
tashkil etish uchun ishlatiladi (ko‘rsatmali qo‘llanmalar, kitoblar, radio, televidenie). Bundan
tashqari o‘quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari – shanbaliklar, kutubxona faoliyati, uchrashuvlar,
kinofilmlar, san’at asarlari, o‘qituvchining jonli so‘zi, bolalar o‘yini, sport, badiiy havaskorlik
to‘garaklari va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin.
Tarbiya shakl (turi) lari – tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyati va
o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishidir.
Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl (tur) lari, metodi va vositalaridan
mohirona foydalanishga bog‘liq. SHu o‘rinda tarbiyachilar ta’sir etishning o‘quvchi shaxsiyatiga
mos turini tanlab olishlari, uning shaxsini ijobiy tomonga o‘zgartirishi uchun kerakli shart-
sharoitlar yaratishlari lozim. Tarbiya shakllari har bir o‘quvchiga, har qaysi o‘quvchilar jamoasiga
alohida munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi.
Tarbiya jarayonida o‘qituvchi yakka o‘quvchi yoki o‘quvchilar jamoasi manfaati yo‘lida
biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini,
tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta’sir etish
majmuasiga tarbiya shakli deyiladi.
O‘quvchi yoshlarni tarbiyalashda milliy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib
olinishi kerak. Bular o‘z navbatida, yangicha tarbiyaning o‘zgacha muvofiq uslub va shakllarini
taqozo etadi. Tarbiya shakllarini o‘rganish, tahlil qilish, bu usullardan pedagogik jarayonda
foydalanish, ko‘nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir
necha guruhga ajratish mumkin: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, axloqiy,
huquqiy, ekologik, iqtisodiy, estetik, jismoniy kabi usullari mavjud.
O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish lozim. YOsh avlodlarda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg‘or kishilari diqqat markazida bo‘lib
kelgan. Dunyoqarash faqat insonlarga xos xususiyat bo‘lib, hayvonot dunyosi, boshqa narsalar,
ya’ni buyumlar va mavjudodlar uchun bu hol yotdir, ularda ham dunyoqarash bo‘ladi, deb o‘ylash
noo‘rindir.
Avvalo ta’kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turli kasb egalarida turlicha – to‘laroq,
mukammalroq, chuqurroq yoki yuzakiroq, chalaroq, sayoz va xomroq bo‘lishi mumkin. Bunda
kishilar tomonidan oldingi ajdodlardan me’ros bo‘lgan ma’naviy boyliklarni, bilimlarni va hozirgi
mavjud bilimlarni o‘zlashtirish darajalari muhim ahamiyatga egadir.
Ilmiy dunyoqarash jonli kuzatishdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o‘tish orqali
amalga oshadi. Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida doim vorislik asosida
rivojlanadi. O‘tmish dunyoqarash yangi davr dunyoqarashining ildizini tashkil etib uni hayotbaxsh
ozuqa bilan ta’minlab turadi.
Aqliy tarbiya
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kelib chiqayotgan yangidan-yangi muammolarni ilmiy asosda
hal qila oladigan shaxsni tarbiyalash bosh masala hisoblanadi. Buning uchun esa aqliy
qobiliyatlarni rivojlantirish, aqliy mehnat qilish madaniyatiga o‘rgatish zarur. Aqliy tarbiyani
shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi etarli emas, buning uchun
fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, sistemalashtirish, taqqoslash, asosiy
ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Bo‘larning hammasi
dars vaqtida amalga oshirib borishi aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish malakasini shakllantirish
kerak. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish, talabalarga mustaqil bilim olishda eng muhim element
bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘zini-o‘zi
boshqarish, o‘zini-o‘zi nazorat qilish, malakasini hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy tarbiya
talabalarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirasini mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini
ratsional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi.
Aqliy tarbiyasi etuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand
kishilar deb ataydilar. Donishmandlik - bu donolik. Donolik - bu insonning eng buyuk va
oliyjanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi.
SHuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas», -
deyiladi.
Axloqiy tarbiya
«Axloq», «hulq» va «atvor» so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib ular o‘zbek tilida ham o‘z
ma’nosida qo‘llaniladi. Ayrim odatlarda «axloq-kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari
majmui» desa, boshqalar esa «axloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, hamma sohalarda
kishilarning hatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi» deyishadi.
Axloq me’yorlari hulq atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid hatti-harakat
axloqsizlik harakati deb qaraladi. SHunisi ham borki, huquq majburiy bo‘lsa axloq ixtiyoriydir.
Axloqiy tarbiya odamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar bo‘lishga
o‘rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi. Axloqiy tarbiyada yaxshi hulqni
takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o‘qitish tarbiyalanuvchilarning axloqiy
mukammallashish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. SHaxsning
jamoat va vatanga, mehnatga, kishilarga, o‘z hulqiga munosabatlarni quyidagilarda o‘z aksini
topgan:
a) jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash;
b) mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash;
v) atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat, yuqori muomala madaniyatiga ega bo‘lgan
shaxsni shakllantirish;
g) shaxsning o‘ziga, o‘z hulqiga, axloqiy munosabatni tarbiyalash.
Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish, To‘maris, SHiroq kabi
xalq qahramonlari; A.Temur, Ulug‘bek, Bobur singari davlat arboblari va sarkardalarimiz, Ibn
Sino, Beruniy kabi olimu fo‘zalolarimiz qarashlariga tez-tez murojaat qilishimiz, yoshlarni
Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning asosini tashkil qiladi. SHu bilan birgalikda tarbiya
borasidagi jahon standartlariga ham e’tiborni qaratmoq lozim. Estetik tarbiya ancha keng ma’noga
ega bo‘lib shaxsni tabiat va jamiyatdan go‘zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga
o‘rgatadi.
Tarbiya turlarining hammasi bir-birlari bilan o‘zaro uzviy bog‘liq, lekin shunga
qaramasdan o‘z mazmunidan kelib chiqqan holda, ular o‘z spetsifikasiga ham egadir. Endi biz
quyidagi: aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, xuquqiy tarbiya, estetik
tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi kabi tarbiya turlarining har biriga alohida-alohida
to‘xtalib o‘tamiz.
Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy
tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo‘ladi. Axloqiy tarbiyada kishi
axloqiy bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o‘zini ana shu normalarga
munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida
barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo‘ladi. Bu motivlar esa o‘sha kishini jamiyatda munosib
xulq-atvorga rag‘batlantiradi.
YOsh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy
fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash - tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik
va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni
ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina o‘quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi
jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloqiy
tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir. Jumladan:
1. Axloqiy onglilik.
2. Axloqiy qadriyatlar.
3. Axloqiy his-tuyg‘ular.
Ekologik tarbiya.
Ekologiya so‘zi «tom» yoki «uy» degan ma’noni anglatib, nemis olimi Ernest Gekkel
tomonidan birinchi bor fanga kiritilgan. Ekologiya fani hozirgi bozor munosabatlari davrida
ko‘pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar ekologiyasi, zooekologiya, tuproq ekologiyasi, inson
ekologiyasi va boshqalar. Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha ob’ektning yashash
sharoitini yoki normalarini o‘rganadi va yashashning optimal darajasini aniqlashga yordam beradi.
Bu yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlarni etkazadi, ammo bu bilan insoniyat
cheklanib qolmaydi. Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘nalishda ham ish olib borishni talab
etmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir.
Ekologik tarbiya albatta ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u o‘ziga xos
xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni
shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga talabalarda ekologik madaniyatni
shakllantirishdek maqsadni qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik
his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi. SHunday qilib,
ekologik tarbiya inson hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb qiladi.
Ekologik tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlarni egallash bilan bir qatorda ekologik
munosabatlarni ham shakllantirib borish zarur bo‘ladi. Ekologik munosabatlarga:
1. Hayotga munosabat.
2. YAxlitlik hissini tarbiyalash.
3. Javobgarlik hissini tarbiyalash.
4.Tabiat go‘zalliklarini his etish kabi komponentlarni kiritish mumkin.
Huquqiy tarbiya.
Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga
itoatkor xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, aniq maqsadni ko‘zlagan
holda ifodalanishidir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga oshira
boshlash, huquqiy axborotlarning birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy
dunyoqarashi va ijtimoiy yo‘naltirilganligining tarkibiy qismi tarzida huquqiy qarashlariga
asoslanishi zarurdir.
O‘sib kelayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o‘z
xarakteri, turmush tarziga asoslanadi. Ularning hammasi prinsipial jihatdan yangi, yanada
murakkab muammolarni hal etish zarurligini ifoda etadi. Avvalo, huquqiy tarbiya yangi yosh
avlodni kamol toptirishning samarali vositasi sanaladi.
YUqorida qayd qilingan mulohazalar huquqiy tarbiyaning yaxlit tizimi quyidagilardan
iboratligini ifodalaydi:
Birinchidan, huquqiy tarbiya sub’ektlariga: davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, mehnat
jamoalari, mansabdor shaxslar va boshqalar kiradi.
Ikkinchidan, huquqiy tarbiya ob’ektlariga: mansabdor shaxslar, fuqarolar, ichki ishlar
idoralari xodimlari kiradi.
Uchinchidan, huquqiy tarbiya mazmuniga: huquqiy ta’lim, huquqiy targ‘ibot va
tashviqotlar kiradi.
To‘rtinchidan, huquqiy tarbiya shakllariga: maruzalar, seminarlar, suhbatlar, viktorinalar
kiradi.
Beshinchidan, huquqiy tarbiya metodlariga: ishontirish, rag‘batlantirish, majburlash
kiradi.
Oltinchidan, huquqiy tarbiya vositalariga: matbuot, radio, televidenie, adabiyot va san’at
asarlari, ko‘rgazmali tashviqot hamda targ‘ibot vositalari kiradi.
Mustaqillik sharoitida huquqiy madaniyat bilan huquqiy tarbiyaning bog‘liqligi yanada
ortadi.
Estetik tarbiya
Hayotda tabiat go‘zallikning manbasidir. U estetik tuyg‘ularni, bolalarning
kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan tashqari,
san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik tarbiyalash pedagogikada
badiiy tarbiya deb ataladi. U quyidagi metodlardan foydalangan holda olib boriladi:
1. Badiiy asarlarni namoyish qilish va ijro etish.
2. Badiiy asarlarni tahlil qilish va baholash.
3. San’atshunoslik bilimlaridan xabardor qilish, talabalar san’atning har xil turlarini ifoda
vositalari, tarixi va nazariyasini xarakterlovchi muayyan ma’lumotlar jamg‘armasiga ega bo‘lishi
zarur.
4. Talabalar ijodiy va ijrochilik faoliyatini tashkil etish, talabalar badiiy faoliyatining
xilma-xil shakllarida mashqlar o‘tkazib, ijodiy qobiliyatlarini, voqelik predmetlarini va
hodisalarini san’at vositalari yordamida mustaqil tasvirlash ko‘nikmalari va malakalarini
rivojlantiradi.
Jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o‘z vazifasini bajarish
bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni mustahkamlash,
inson oranizmini chiniqtirish va talabalarning jismoniy rivojlanishiga yordam berish; harakat
ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o‘g‘il bolalarni armiya
safariga tayyorlash; fizkultura va sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan
xabardor qilish. Talabalarning sog‘ligini himoya etish va boshqarish jismoniy tarbiyaga ayniqsa,
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritgandan buyon davlat darajasida ahamiyat
bermoqda. Jismoniy tarbiya va sport ishlariga hukumatimiz tomonidan katta g‘amxo‘rlik
qilmoqda. Buning dalili sifatida Toshkent shahri va barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va tumanlarda bunyod etilayotgan sport inshootlari, sport komplekslarini keltirish
mumkin.
Mehnat tarbiyasi
Mehnat tarbiyasi yosh avlodni tarbiyalashda markaziy o‘rinlardan birini egallaydi.
Rivojlanishning asosiy vazifalaridan biri mehnat tarbiyasi va ta’lim samaradorligini umumiy
ta’lim o‘quv muassasasi talabalarini kasb tanlash, mustaqil hayotga amaliy va texnika inqilobi va
hozirgi zamon ishlab chiqarish sharoiti talabalarning mehnat tarbiyasi va ta’limi ana shu talablar
darajasiga ko‘proq muvofiq bo‘lishini talab qilayotir. Nega deganda tarbiyalanuvchilar o‘quv
yurtini tamomlagandan keyin ishlab chiqarishning butun tizimini bemalol bilishlari va unda ro‘y
berayotgan o‘zgarishlarni tezda payqab olishlari kerak.
«Umumiy va kasb-hunar ta’limini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari»da ta’kidlanadiki,
mehnat tarbiyasini shaxsni shakllantirishning eng muhim omili va xalq xo‘jaligining mehnat
Dostları ilə paylaş: |