Soliq akademiyasi


Тovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ketma-ketligi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə114/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   209
Soliq akademiyasi

Тovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ketma-ketligi. Тovar-moddiy zahiralar bilan bog’liq xo’jalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan quyidagi ketma-ketlikda o’tkazish maqsadga muvofiq:

  1. mazkur tekshiruv uchastkasining yo’nalishlari bo’yicha hisob siyosatining qoidalarini o’rganish;

  2. tovar-moddiy zahiralarga doir ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini baholash. Buning uchun ombor xo’jaligi va omborxonalarning holatini tekshirib chiqish; moddiy javobgarlik va moddiy javobgar shaxslar hisobotlarining tashkil etilishini o’rganish;

  3. tovar-moddiy boyliklarning hisobot sanasiga tarkibini tahlil qilish;

  4. tanlab inventarizatsiya qilinadigan ob’ektlarni va inventarizatsiya o’tkazish pozitsiyalarini aniqlash;

  5. tovar-moddiy zahiralar harakatini tahlil qilish;

  6. tovar-moddiy zahiralarni baholashning to’g’riligi;

  7. tovar-moddiy zahiralar sintetik va analitik hisobining tashkil etilishi hamda holatini tekshirish.

Тovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish buxgalteriya hisobotida katta xatolarga yo’l qo’yish xavfini kamaytiradi. shuning uchun, tovar-moddiy zahiralarni tekshirishni boshlashdan oldin auditor eng ko’p uchraydigan qoidabuzarliklarni aniqlashi va shuni hisobga olgan holda zarur tekshiruv amallarini tanlashi kerak.
Тovar-moddiy zahiralar to’g’risidagi axborotlarning ishonchliligi bo’yicha auditor fikrining shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
a) to’liq aks ettirilish - korxonaga tegishli barcha tovar-moddiy zahiralarining buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilganligi va buxgalteriya hisobotiga kiritilganligi. Тovar-moddiy boyliklar bilan bog’liq muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’liqligidagi xatolar hisobot ma’lumotlari haqqoniyligining pasayishiga olib keladi. Bunday xatolarni topish ancha murakkab. Buning uchun auditordan dastlabki hujjatlarni yoki hisobga taalluqli bo’lmagan axborotlarni tanlab olish talab qilinadi.
b) Тovar-moddiy zahiralar bilan bog’liq muomalalarni yetarli darajada asos bo’lmagan hollarda hisobga olishning mavjudligi. Masalan, korxona o’z balansiga mulkiy huquqqa ega bo’lmagan mulklarni - komissiya yoki konsignatsiya shartnomalari bo’yicha olingan moddiy qiymatliklarni kiritgan. Bunday xatolar hisobot ko’rsatkichlarining oshirib ko’rsatilishiga olib keladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin