Yakuniy bosqich; Auditorni yakuni bo’yicha tekshirish natijalarini xulosa qiladi va auditorlik hisobotini ish xujjatlar bilan auditor raxbariga topshirishadi.
B. Yagona yer solig’i auditi. Auditor yagona yer solig’i bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishi uchun soliqning mohiyatini va uni tartibga soluvchi me’yoriy bazani bilishi zarur. Yagona yer solig’i yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish va soliqqa tortish mexanizmini soddalashtirish uchun 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab joriy qilingan.
Qishloq xujalik ishlab chiqarishini yuritishga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan yoki ijaraga olingan yer maydonlari soliq ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkatlar), fermer xo’jaliklari va agrofirmalar yagona yer solig’ining to’lovchilaridir.
O’rmon, baliq va ovchilik xo’jaliklari, ilmiy-tekshirish tashkilotlari va ilmiy muassasalarning tajriba, eksperimental va o’quv-tajriba xo’jaliklari, huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lmagan yordamchi qishloq xo’jaligi hamda «Dehqon xo’jaliklari to’g’risida»gi qonunda ko’zda tutilgan soliqqa tortish shartlari saqlab qolingan dehqon xo’jaliklari yagona yer solig’i to’lamaydi.
Yagona yer solig’i O’zbekiston Respublikasining Prezidenti 1998 yilning 10 oktabrida qabul qilingan «Qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’ini joriy etish to’g’risida»gi Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabridagi 539-sonli qaroriga asosan joriy qilingan. Soliqqa tortish maqsadida yerlar sug’oriladigan yerlar, lalmikor yerlar, o’tloq va yaylovlar, jamoat binolari va xonadonlar bilan band bo’lgan yerlar, suv havzalari, kanallar, kollektor va yo’llar bilan band bo’lgan yerlar hamda qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlarga bo’linadi. Har bir yer guruhi bo’yicha tegishli baza stavkalari va tuzatish koeffitsentlari qo’llaniladi.
Sug’oriladigan yerlar bo’yicha bali «0» don 10 gacha bo’lgan birinchi sinfga kiradigan yerning 1 gektari uchun absolyut summada belgilangan soliq stavkasi baza stavkasiga qabul qilingan. Baza stavkalari tuman va shaharlar bo’yicha belgilangan. Yer maydonlarining qayerda joylashganligiga, sifati (ball-boniteti) va suv bilan ta’minlanganligiga qarab baza stavkalari tegishli tuzatish koeffitsiyentlariga asosan o’zgartiriladi.
Lalmikor yerlar hamda o’tloq va yaylovlar uchun viloyatlar bo’yicha belgilangan baza stavkalari qo’llaniladi.
Jamoat binolari va xanodonlar, suv havzalari, kanallar, kollektor va yo’llar bilan band bo’lgan yerlar hamda qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar bo’yicha tegishli tuman va shaharlarning sug’riladigan yerlarining birinchi sinfi uchun belgilangan stavkalar baza stavkasiga qabul qilingan.
Qishloq xo’jaligi uchun belgilangan yerlarning maydoni yer tuzish xizmati tomonidan olib boriladigan yerlarni hisobga olish va yerlar inventarizatsiyasining ma’lumotlari bilan qishloq xo’jalik ekinlari va yer maydonlarini o’lchash ma’lumotlari hamda maxsus loyihalash va qidiruv tashkilotlari olib borgan tekshirish ma’lumotlari balan tasdiqlanishi kerak.
Auditor qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilar soliqni hisoblash varaqasini soliq inspeksiyasiga joriy yilning 1-fevraligacha taqdim qiliganligini, shuningdek, soliq yilda uch marta to’langanligini aniqlashi lozim.
Yagona yer solig’ining hisoblangan summasi davr xarajatiga olib boriladi. Byudjet bilan olib boriladigan hisob-kitob 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari bo’yicha)» hisob schetining «Yagona yer solig’i» analitik schyotida olib boriladi. Hisoblangan soliqning summasi shu schyotning kreditidan 9439-«Boshqa operatsion xarajatlar» schetining debetiga olib boriladi.
- Yagona yer solig’ining to’lovchilari O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq soliqning to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi uchun javogardirlar.