6-MAVZU: AUDIТDA JIDDIYLIK ТUSHUNCHASI VA AUDIТORLIK ТAVAKKALCHILIGI
REJA: 1. Jiddiylik tushunchasi va uning auditdagi ahamiyati. 2. Jiddiylik darajasi, uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish tartibi 3. Jiddiylik darajasini auditda qo’llash tartibi. 4. Auditorlik riski tushunchasi, auditorlik risklarining maqbul to’plami va unga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar. 5. Auditorlik risklar maqbul to’plamining elementlari va ularni baholash. 6. Jiddiylik darajasi va auditorlik riski tushunchalarining o’zaro bog’liqligi.
Тayanch iboralar: (standart, milliy standat, xalqaro standart, jiddiylik, audit uslublari, auditor, ehtimollik,auditorlik riski)
1. Jiddiylik tushunchasi va uning auditdagi ahamiyati. O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida (yangi tahrirdagi) auditorlik faoliyati «...tadbirkorlik faoliyati...» ekanligi ta’kidlangan (2-modda). Demak, bu faoliyat auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkiloti o’z shartnoma majburiyatlarini bajarishda, amalda tekshiruv ob’ektlarini to’liq (100%) qamrab olaolmaydi. Natijada, moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining mutlaqo (shak-shubhasiz) haqqoniy ekanligini kafolatlay olmagani holda, ma’lum darajadagi tavakkalchilik bilan ularni tasdiqlaydi. SHu boisdan, auditor ishida doimo ma’lum darajada tavakkalchilik xavf-xatari mavjud bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, auditor xulosasida bayon etilgan fikr har doim ham mutlaqo to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Ammo, deyarli hamma vaqt axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi lozim. Bunday foydalilikning ta’minlanishi ma’lum darajadagi jiddiylik va risk bilan bog’liq va ularni to’g’ri baholashni talab etadi.
Jiddiylik tushunchasi auditga oid manbaalar (ilmiy asarlar, o’quv adabiyotlari, standartlar va b.)da umumiy negizga asoslangan holda turlicha ta’riflangan. Masalan, professor M. M. Тo’laxo’jayeva ta’rifiga ko’ra, «Hisobotdagi foydalanuvchilarni qarorlar qabul qilishda chalg’itishi mumkin bo’lgan, oqibatda befoyda moliyaviy sarf-xarajatlar, nobudgarchilikka va zararlarga olib keladigan xato va tushirib qoldirishlar jiddiy, muhim (moddiy) hisoblanadi». Umumiy auditorlik amaliyotida jiddiylik chegaralarini quyidagicha belgilash qabul qilingan: