Son so’z turkumi va ma’no turlari haqida. Son so’z turkumi va ma’no turlari haqida



Yüklə 73,73 Kb.
səhifə2/6
tarix26.11.2023
ölçüsü73,73 Kb.
#135207
1   2   3   4   5   6
Son so\'z turkumi

Sonning ma’no turlari. Sonlar ma’no jihatdan, dastlab, ikki guruhga bo‘linadi: 1) miqdor son, 2) tartib son.
Miqdor sonlar narsani sanash, donalash, taxminlash, taqsimlashga asoslangan umumiy qiymatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Miqdor sonlar narsaning qiymatini ifodalash xususiyatiga ko‘ra uch guruhni tashkil qiladi: a) butun son narsa-buyumning miqdoriy butunligini ifodalaydi: bir kishi, uch o‘rtoq, ikkita daraxt kabi; b) kasr sonlar butun miqdorning qismini ifodalash uchun xizmat qiladi. Ular ko‘pincha bir necha sonning sintaktik usul asosida birikishdan hosil bo‘ladi: to‘rtdan bir, uchdan ikki. Shuningdek, kasr sonlar yarim, chorak, nim chorak kabi so‘zlar vositasida ham ifodalanadi; d) aralash sonlar butun va kasr sonlarning birligi asosida hosil bo‘ladi: bir yarim, ikki butun o‘ndan besh.
Miqdor sonlar ma’no jihatdan sanoq son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son kabi turlarga bo‘linadi. Ular quyidagi xususiyatlarga egaligi bilan o‘zaro farqlanadi:
1.Sanoq sonlar bir turdagi narsaning umumiy sanog‘i, sonning nomini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: bir, ikki, uch, to‘rt, besh. Sanoq sonlar numirativ so‘zlarsiz va numerativ so‘zlar bilan ishlatiladi: besh kishi, o‘n yil, uch qop un, o‘n olti tonna bug‘doy kabi.
Sanoq sonlar numerativ so‘zlarsiz yoki numerativ so‘zlar bilan qo‘llanib, ko‘plik affiksini qabul qilganda chama, taxmin ma’nosini ifodalaydi: soat beshlar bo‘ldi, oradan uch kunlar o‘tdi. Xuddi shuningdek, ma’no sanoq sonlarning juftlanishi orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Darchadan besh-olti kishishi kirib keldi. 
Sanoq sonlarning ba’zi turlarigagina 3-shaxs egalik affiksi qo‘shilib, ularni otlashtirishi mumkin: Biri olim, biri muallim. Sanoq sonlar hech qanday affikssiz ham otga ko‘chishi mumkin. Masalan:
qirq, yetti, yigirma kabi aza marosimlari nomi shular jumlasidandir.
Barcha sanoq sonlar o‘rtasida bir soni alohida grammatik xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Uning bunday polisemantik xususiyati quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:

  1. bir soni ot oldidan kelib, gumon, noma’lumlik ma’nosini hosil qiladi: Bugun sizni bir kishi so‘rab keldi. Bir soni miqdor bildiruvchi so‘zlar oldida kelganda ham shunday ma’nolar hosil bo‘ladi: bir talay, bir necha, bir oz, bir qadar.

  2. holat ma’nosidagi fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib ma’noni kuchaytiradi: Mashina bir silkinib, to‘xtadi. Ertaga bir dam olmasam bo‘lmaydi.

  3. d) uyushiq bo‘laklar yoki sodda gaplarda biriktirvuchi bog‘lovchi vazifasini bajaradi: Xursandligidan bir kuladi, bir yig‘laydi.

  4. c) ayiruv-chegaralov yuklamasi vazifasini bajarishi mumkin: Mening ishonchim bir sensan.

  5. f) bir soni jo‘nalish, chiqish kelishigi affiksi bilan hamda –day, affiksi bilan qo‘llanganda ravishga ko‘chadi: birga ishlamoq, birdan kirib kelmoq, birday qaramoq.


Yüklə 73,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin