«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə22/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Bilim darajalari va turlari. Dunyoning ilmiy manzarasi – bu ushbu fan tomonidan o’rganiladigan voqyelikni tasvirlovchi umumnazariy va falsafiy kategoriyalar yig’indisidir.
Umumiy nazariya – bu ushbu fan tomonidan o’rganiladigan voqyelikning bir qismini tushuntirib beruvchi mantiqan o’zaro bog’liq nazariy tushunchalar va mulohazalar yig’indisidir.
Xususiy nazariya – bu fundamental tadqiqot asosida empirik tasdiqlangan alohida hodisa (hodisalar guruhi) yoki jarayonlarni (jarayonlar yig’indisi) tasvirlovchi konkret-ilmiy tushunchalar va mulohazalarning mantiqan o’zaro bog’langan tizimidir.
Yempirik tadqiqot – bu ilmiy metod talablariga muvofiq ravishda o’tkazilgan va xususiy nazariyani tasdiqlashga yo’naltirilgan fundamental tadqiqot. Asosiy maqsad ilmiy bilimlarni ko’paytirish, yangi qonuniyatlarni kashf etish va nomalum ijtimoiy tendensiyalarni aniqlashdan iborat. empirik tadqiqotni tayyorlashga 3 yildan 10 yilgacha vaqt ketadi. Uni tashkil etishda ko’plab jamoa azolari mehnat qiladi. U faqat sosiologlar tomonidan amalga oshiriladi. Misol: mamlakatlararo, umummilliy, mintaqaviy tadqiqotlar va h.k. Reprezentativ (haqqoniy va ishonchli) axborotni olish empirik tadqiqotning asosi hisoblanadi.
Amaliy tadqiqot – bu vaziyatga ijtimoiy tashhis qo’yish, konkret hodisani (jarayonni) tushuntirish va amaliy tavsiyalarni tayyorlash maqsadida qisqa muddatda bitta obyektda (korxona, bank, qishloq) o’tkazilgan tezkor tadqiqot. Misol: korxonada doimiy xizmatdagi ishchilarni qisqartirish, menejerlarning motivasiyasini oshirish. Bunday vazifani yechish uchun sosiolog qandaydir xususiy nazariyalarni, empirik malumotlarning cheklangan doirasini, samarali texnologiyalar va metodlarni jalb etishi, keyin bularning barchasini konkret obyektga tatbiq etishi zarur. Amaliy tadqiqotning mazmuni ana shundan, yani fundamental fanni amaliy muammolarga tatbiq etishdan iborat. Amaliy tadqiqot yangi bilimlarni oshirishni, yangi nazariyalarni kashf etishni o’z oldiga maqsad qilmaydi, unda namunaviy metodikalar, yani ijtimoiy texnologiyalar ko’rinishida rasmiylashtirilgan malum bilimlar qo’llaniladi.
Metodologiya – bu metod haqidagi nazariyadir, yani ilmiy bilimning tabiati qanday, ilmiy nazariya qanday tuzilgan va qanday rivojlanadi, gipotezalar qanday tuziladi va ularning empirik tasdig’i qanday yuz beradi, tushunchani qay tarzda konseptuallashtirish va operasionallashtirish kerak, qanday qilib tanlov yig’indisini tuzish, malumotlarning mantiqiy tahlili haqidagi nazariy qoidalarning yig’indisi hisoblanadi.
Metodika va texnika – bu tanlov yig’indisini tuzish, so’rovnomalar, blankalar tuzish, kuzatuvlar yoki intervyu, malumotlarni to’plash va tahlil qilish bo’yicha konkret usullar va jarayonlardir. Sohaviy matrisani quyidagicha tushunish lozim. Sosiologiyaning har bir tarmog’ida, aytaylik, oila Sosiologiyasi yoki mehnat Sosiologiyasida dunyo manzarasidan tortib, to metodika va texnikagacha bo’lgan barcha elementlarni topish mumkin. Yangi tarmoqlarning paydo bo’lishi kamdan-kam hollarda fanning ehtiyojlari tomonidan buyuriladi. Aksariyat hollarda jamiyat undovchi rag’bat hisoblanib, unda turli davrlarda birinchi o’ringa u yoki bu ijtimoiy muammolar chiqadi. Sovet davrida mehnat mavzusi yetakchilik qilgan va mehnat Sosiologiyasi faol rivojlangan, 90-yillarda esa jamiyatning mulkdorlarga ajralishining o’sishi, aholining moddiy farovonligi pasayishi munosabati bilan Sosializm paytida hyech qachon gapirilmagan qashshoqlik va tengsizlik muammolari («ijtimoiy tuzilma va stratifikasiya» yo’nalish mavzusiga kiritilgan) keng rivojlandi.
Ijtimoiy bilim darajasi va murakkabligi bilan jamiyat rivojining darajasi va murakkabligi orasida nafaqat yaqin aloqa, balki bevosita muvofiqlik ham bor. Sosiologiyani ushbu jamiyat strukturasi va dinamikasining obyektiv ko’zgusi deb hisoblash mumkin.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin