Kafedra mudiri: f.f.n., dos. Jo’rayev L.N.
Fakultet ilmiy kengash raisi: i. f. n., dos. Arabov N.U.
Kelishildi:
O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: dos. Xushvaqtov H.
KIRISh
Sosiologiya fani jamiyatda ro’y berayotgan yirik ijtimoiy-siyosiy voqyealarni shunchaki qayd etish bilangina cheklanmaydi, balki uning asl mohiyati va mazmunini atroflicha ochib beradi. Sosiologiya fani o’zining aniq va konkretligi, zimmasidagi masalalarga beradigan ilmiy javoblari atroflicha asoslangan, qayta-qayta tekshirilganligi bilan ham qimmatlidir. Bu fan faqat hozirgi ijtimoiy holatlar ahvoliga to’laqonli javob berish bilangina cheklanmasdan, ijtimoiy holatlarning istiqboliy o’zgarishi darajasi xususida bashorat qiladi. Ana shu jihatdan sosiologiya fani nazariyasi, amaliyoti va tadqiqot usullarini atroflicha o’rganib chiqish zarurati tug’iladi.
Fan dasturining maqsadi – Yosh talabalarni sosiologiya fani bo’yicha tanishtirish. Fanning asosiy yo’nalishlari va tarmoqlari bo’yicha tarifi, obyekti va predmeti. Sosiologiya fanining jamiyatdagi o’rni, xususiyatlari va kelajagi to’g’risida axborotlar berish, shu bilan birga yosh talabani sosiologiya mutaxassisligiga olib kirish, unda fanga nisbatan chuqur hurmat va qiziqish hosil qilish.
Fan dasturining vazifalari:
- Jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy muammolarni kasbiy nuqtai nazardan o’rganishning boshlang’ich qismlarini talabalarga tushuntirish.
- Sosiologiyaning dolzarb masalalarini yechishning uslub va uslubiyotlarini, s osiologik tahlil va tavsiyanomalar yaratishni talabalar ongiga yetkazish.
Fanning tutgan o’rni:
Sosiologiya mustaqil ijtimoiy fan sifatida o’z metodologiyasi va nazariyasiga egadir. Sosiologiya fani umuminsoniy va milliy qadriyatlar mutanosibligiga tayanuvchi metodologiya asosida ish yuritadi. Sosiologiyadagi taraqqiyotning evolyusion tadrijiy usuli olam tuzilishining hamda uni anglashning ilmiy asoslangan yo’li sifatida bilishga yordam beradi. Ijtimoiy fanlarga xos bo’lgan ehtiyoj va tasodif, umumiylik va xususiylik, miqdor va sifat, o’zgaruvchanlik va barqarorlik kabi umumfalsafiy kategoriyalarga ham tayanib ish tutadi.
Dostları ilə paylaş: |