Fanlararo bog’liqlik: Sosiologiya fani olamni anglash jarayonini chuqurroq o’zlashtirish maqsadida tarix, falsafa,demografiya, psixologiya, pedagogika, etnografiya, sanatshunoslik va jamiyatshunoslik, statistika, huquqshunoslik va iqtisod fanlari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Talabalar bilimiga qo’yiladigan talablar: Sosiologiya fanining o’ziga xos so’zlari, atamalari, rivojlanish yo’nalishlari, bugungi ahvoli va istiqboli xususida tasavvurga ega bo’lishi kerak. Sosiologiya fani asosini, dolzarb muammolarini bilishi; Sosial muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi kerak.
O’qitishdan kutiladigan natijamazkur fan bo’yicha tizimli bilimlarga ega bo’lishi; tabiat va jamiyatda ro’y berayotgan hodisalar va jarayonlar haqida tasavvurga ega bo’lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqida bilimga ega bo’lishi, zamonaviy ilmiy asoslarda ulardan hayotiy va kasbiy faoliyatida foydalana olishni bilishi; malumotlarni yig’ish, saqlash, ishlov berish va foydalanish usullariga ega bo’lish; o’z kasbiy faoliyatida asoslangan mustaqil qarorlarni qabul qilishni bilishi; Ushbu yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umum-kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi; mustaqil ravishda yangi bilimlarni yaratish, o’z-o’zini takomillashtirish va ilmiy asosda o’z mehnatini tashkil qilishni bilishi; sog’lom turmush tarzini yuritish zaruriyatida ilmiy tasavvurga va ishonchga jismoniy takomillashuvida bilim va ko’nikma ega bo’lishi zarur.
«soSiologiya» FANINING SOATLAR BO’YIChA TAQSIMOTI
№
Mavzular
maruza
seminar
mustaqil ish
1
Sosiologiya fan sifatida. Sosiiologiya strukturasi.