Sosial taraqqiyot va Sosial o’sishning manbalari. Fransuz sosiologi emil Dyurkgeymda Sosial taraqqiyot haqidagi g’oya mehnat taqsimotiga bog’lab tushuntiriladi. Ijtimoiy rivojlanish, uning fikricha, mexanik birdamlikka asoslangan jamiyatda mehnat taqsimotiga asoslangan organik birdamlik – hamkorlik jamiyatiga o’tishdir. Dyurkgeym nazariyasida Sosial taraqqiyotni taminlovchi omil mehnat taqsimoti deb qaraladi. Mehnat taqsimoti segmentar jamiyatning barham topishiga va organik birdamlikka asoslangan jamiyatga o’tilishiga imkon beradi. Mexanik birdamlik - birdamlikning «jamoaviy» tipi bo’lib, uni tashkil etuvchi individlar bir-birlariga o’xshash, ular bajaradigan ijtimoiy vazifalar ham bir xil, ularning shaxsiy xususiyatlari rivojlanmagan bo’ladi. Dyurkgeym fikricha, bu jamiyat individining ongi jamoa ongining oddiy mahsulidir, zotan, umumiy, jamoaviy ong bo’lishi mexanik birdamlik bo’lgan jamiyatning asosiy belgisidir.
Jamiyat asta-sekin o’zgara boradi. Lokal (mahalliy) segmentlar chegarasi buzila boshlaydi, chunki, turli xil ijtimoiy aloqalar vujudga kela boshlaydi. Aloqa yo’llari va vositalari rivojlanadi, aholi tobora ko’payadi, shaharlar o’sa boshlaydi, aholi moddiy va manaviy zichligi oshadi va mehnat taqsimoti keng tarqala boshlaydi. Kishilarning ongi tobora tabaqalashayotgan mehnat taqsimotiga va murakkablashayotgan ijtimoiy tashkilotga mos kela boshlaydi. Dyurkgeym nazariyasida ushbu vujudga keladigan birdamlikning yangi ko’rinishi organik birdamlik deb talqin etilgan.
P.Sorokin birnchilardan bo’lib sosiomadaniy o’zgarishlar dinamikasi nazariyasini ishlab chiqdi. Unga ko’ra ijtimoiy voqyelik o’zgarishi qonunli jarayondir. Muayyan ijtimoiy - madaniy ulkan tizimlar (supersistemalar) bir birlari bilan dialektik ravishda almashinadi. Muayyan jamiyat hukmron bo’lib turgan dunyoqarashning «o’tmaslashib qolishi» uning boshqa dunyoqarashga o’rnini bo’shatib berishga olib keladi. Bu o’z navbatida ijtimoiy muassasalar va normalarning o’zgarishiga, keyinchalik esa jamiyatning tubdan o’zgarishiga olib keladi.
« Sosial evolyusiya» va « Sosial revolyusiya» Sosial rivojlanishning shakllari sifatida qaralishi mumkiin. Albatta, bunda islohot (reforma) o’zgarishlarini inqilob (revolyusiya) o’zgarishlari yo’lidagi, ularga bo’ysunadigan rivojlanish shakli deb qarash mumkin emas. Jamiyat rivojlanishining asosiy, normal yo’li - reforma, islohotdir.
Ijtimoiy rivojlanish subyektlarning maqsadga muvofiq faoliyati orqali ro’y beradi. Anglangan ehtiyojlar - manfaatlar bu faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlardir. Ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlar qondirilishi uchun Sosial jarayonlar boshqarilishi talab etiladi. Umumiy manoda boshqarish takomillashgan (biologik, texnik, Sosial) tizimlarning faoliyatini taminlash uchun ularning dastur va maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan funksiyadar. Sosial boshqarish esa jamiyat muayyan tizimining tartib saqlanishi, mukammallashuvi va rivojlanishini taminlaydi. Sosial boshqarish jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilardan iboratdir: axboratni yig’ish va uni qayta ishlash; uni analiz etish; taqsimlash; maqsadga erishishga qaratilgan qarorning ishlab chiqilishi; rejalashtirish, dasturlashtirish; loyihalashtirish ko’rinishida umumiy qarorni bajarish uchun faoliyatni tashkil etadi; bu faoliyatni nazorat etish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish bilan birgalikda; faoliyat natijalari haqidagi axborotni to’plash va qayta ishlash.
Sosial boshqarish ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilish, oldindan ko’ra bilishga asoslanadi. Bashorat kategoriyasi ikki manoda konkretlashadi: oldindan aytib berish (deskriptiv, yani tavsiflash manosida ) va oldindan ko’rsatma berish (preskriptiv, undov, amr, buyruq). Zotan, Sosial boshqarishning asosiy vazifasi kishilar subyektiv faoliyatining obyektiv qonuniyatlar talablariga muvofiq kelishiga erishish, bu qonuniyatlardan samarali foydalanishdir. Sosial boshqarish, bu keng manoda ham nazariy, ham amaliy faoliyatni o’z ichiga oladi.
Sosial taraqqiyot va Sosial o’sishning asosiy omillaridan biri sifatida Sosial boshqarish talqin etilar ekan, uning quyidagi shakllarini aytib o’tish maqsadga muvofiqdir: Sosial rejalashtirish, loyihalashtirish va prognozlashtirish.