Albrow M. Sociology: Thye basics.-L.;N.Y/.; Routlege,1999
Bassis M. Sociology: An introduction; 5-th rev. ed,London; MgGraw, 1994
Vincyent Pricye. Public opinion. London. 1992.
Karl-Hyeinz Hillman. Wörterbuch der Soziologiye. – Stuttgart.: Kröner, 1994.
Internet manbalari: http: www.sociograd.ru
http://www.cyer.uz–Sosiologiya truda. O’zbekiston Respublikasining «Iqtisodiy tadqiqotlar markazi» ning «Yekonomicheskoye obozreniye» jurnalin ing elektron manzili. Turli xil sosiologiya mavzudagi materiallarni olishga imkon beradi.
16 avgusta 2013, 08:17 (msk) | Obshestvo | Podrobno.uz
SOSIOLOGIYaDAN MARUZA MATNLARI
1 - MAVZU. SOSIOLOGIYa FAN SIFATIDA
REJA: Sosiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g’oyaviy-nazariy shart-sharoitlar.
G’arb Sosiologiyasi klassiklarining ishlarida Sosiologiyaning obyekti va predmeti muammosi.
Fanda struktura tushunchasi va uning ahamiyati. Sosiologiya fanining strukturasi.
R.Mertonning o’rta darajali nazariyasi. Sosiologiyada maxsus va tarmoq yo’nalishlar.
Jahon Sosiologiya fanining namoyandalaridan biri Robert King Merton (1910 yilda tug’ilgan) shunday degan edi: «Sosiologiya – bu o’ta qadimiy predmetni o’rganish to’g’risidagi juda yosh fan». Bundan-da aniq tarifni topolmaysiz. Biz hozir jamiyat deb ataydigan tarifga insonlar qadim zamonlardayoq qiziqishgan. 2500 yil mobaynida mutafakkirlar jamiyatni tahlil qilishgan va unga tarif berishgan, biroq yig’gan bilimlarini Sosiologiya deb atashmagan. Jamiyat tuzilishi haqidagi dastlabki va ancha to’liq tasavvurni antik davr faylasuflari berishgan. Antik davrdagi birinchi sosiologlarni ijtimoiy faylasuflar deyishadi. Ularning orasida ikkita buyuk mutafakkirni ko’rsatib o’tish mumkin – Aflotun (yeramizgacha 427–347 y.) va Arastu (yeramizgacha 384–322 y.). Ular hozirgi sosiologlar kabi ananalarni, urf-odatlarni, insonlarning fel-atvorlari va o’zaro munosabatlarini o’rganishgan, faktlarni umumlashtirishgan, jamiyatni takomillashtirish bo’yicha amaliy tavsiyalar bilan tugaydigan konsepsiyalarni tuzishgan. Aflotunning “Davlat” asari “Umumiy Sosiologiya” bo’yicha tarixdagi birinchi risola hisoblanadi. Buyuk mutafakkir ijtimoiy stratifikasiyaning dunyodagi birinchi nazariyasi asoslarini ishlab chiqadi, unga ko’ra har qanday jamiyat uchta sinfga ajratilgan: davlatni boshqaruvchi donishmandlardan iborat oliy sinf; uni g’alayon va tartibsizliklardan saqlovchi jangchilardan iborat o’rta sinf; hunarmandlar va dehqonlarni o’z ichiga oluvchi past sinf. Antik davrning yana bir qomusiy donishmandi Arastu esa stratifikasiya nazariyasining o’z variantini taklif qildi. Unga ko’ra o’rta sinf tartibning tayanchi sifatida ko’riladi. Undan tashqari yana ikkita sinf mavjud bo’lgan – boy plutokratiya va mulkdan mahrum proletariat. Arastu o’z davridagi mavjud stratifikasion, yani ijtimoiy tabaqalashuv tartiblarini qo’llab-quvvatlaydi. Arastu komil inson, komil fuqaro, adolatli davlat xususidagi qarashlarini ilmiy asoslashga intildi. Komil inson tarbiyasi shaxsning o’z davlatiga bo’lgan yuksak vatanparvarligini, o’z ijtimoiy-siyosiy tuzumiga sadoqatni shakllantirishdan boshlanadi. Komil fuqaro tarbiyasi esa har tomonlama mukammal davlat tartibotini yuzaga keltirishdan boshlanadi. Demak, komillik tizimidagi «davlat-fuqaro-inson» tartiboti Arastuning davlat va jamiyatni mukammallashdan iborat sosiologik konsepsiyasini tashkil etadi. U jamiyat azolarining manaviy-mafkuraviy tarbiyasi masalasida umumdavlat nuqtai nazarida turdi. Jamiyatning tarbiyaviy vazifasi xususiy shaxslar yoki alohida guruhlar qo’liga topshirib qo’yilmasligi lozim. Arastu davlat va jamiyatning ideal maqsadlari mushtarak, umumiy bo’lganligi sababli ham mazmuniy asosi bir xil bo’lgan tarbiyaviy tizim ishga tushmog’i zarur, deb hisoblaydi. Xullas, Aristotel antik dunyo Sosiologiyasi tarixini eng mazmundor davri bo’lmish grek Sosiologiya maktabiga mantiqiy yakun yasagan. Uning sosiologik qarashlari dastlab qadimgi Rimning Sosiologiya maktabi namoyondalari (Siseron, Lukresiy, Vergiliy, Gorasiy, Ovidiy) ga hayotbaxsh ilhom bag’ishladi, so’ngra esa o’rta asrlar sharqining buyuk mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn Rushdlar dunyoqarashlariga o’z tasirini ko’rsatdi. Faqat ikki ming yildan keyingina Yevropa ilm arboblari jahonga jamiyat to’g’risidagi misli ko’rilmagan asarlarni inom etdi. Bu avvalo, Sosiologiyaning ilmiy bosqichiga bevosita zamin yaratgan N.Makiavelli, J.Lokk va T.Gobbs say-harakatlari tufayli yuz berdi.
O’rta asrlardayoq arab donishmandi Ibn Xaldun (1332–1406), kishilik jamiyatining tuzilishini tuzgan holda, odamlarning yirik ijtimoiy guruhlari xatti-harakatini sinchiklab o’rgangan. XVIII–XIX asrlardagi ko’pgina yevropalik mutafakkirlar, jumladan, Volter, Didro, Kant, Gegel, Gobbs, rasmiy tarzdagi Sosiologiya fani paydo bo’lishidan ancha oldin insonlarning fel-atvori, ijtimoiy axloq va ananalari, xalqlarning xarakteri, ijtimoiy tipajlarning xulq-atvori to’g’risida yozishgan.
Movaraunnahrda tabiat va jamiyatni sosiologik anglash va o’rganish ulug’ mutafakkir Al-Forobiy tomonidan jiddiy kengaytirildi. U Abu Mansur al-Moturidiy tomonidan ilmiy-teologik jihatdan asoslangan inson erki nazariyasini yanada rivojlantirdi. U o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida insondagi insonlik mohiyati o’zlikni anglashdan boshlanishi, fozil shaxs voqyea va xodisalarning mohiyatini idrok eta bilishini, mohiyatga intilish haqni tanish ekanligini, insonga berilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat bag’ishlashga masul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlashga ko’mak berishini asoslab beradi. Forobiy olamni anglashda vorisiylik omilini juda katta kuchga ega ekanligini alohida qayd etadi. Uning fikriga ko’ra, inson barcha haqiqatlarni o’zining qisqa umri davomida anglashga, tabiat va jamiyatning barcha siru-asrorlarini tushunib, idrok eta olishga qodir emas. Shu boisdan u o’zidan oldinga ajdodlari tomonidan bildirilgan fikr-xulosalarni boricha shubhalanmay o’zlashtirishi zarurligi, ilm-marifat bobida yetuk donishmandlar fikrlariga ergashishi lozimligini alohida takidlaydi. Forobiy jamiyatning boobro’ shaxslari, olimlari, oqil kishilari ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlaridir, deb hisoblaydi. Forobiy o’sha paytdayoq ijtimoiy fikrning ahamiyati katta ekanligini chuqur anglab, zamonaviy Sosiologiyada ko’p qo’llanuvchi ekspertlar, yani o’z davrining yetuk donishmandlari fikrlariga tayanib ish tutish zarurligiga urg’u beradi. «Donishmandlarga ishonib, ularga ergashuvchi odamlar o’sha narsalarni donishmandlar bilganday bilib oladilar. Zero, donishmandlarning bilimlari, eng exshi bilimlardur»1.