«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə21/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Sosiologiyaning sohaviy strukturasi. Sosiologiya ko’plab tadqiqot sohalariga – sosiologlarning qiziqish sohalariga, masalan, o’smirlar orasidagi jinoyatchilikni o’rganishga bo’linishadi. Sosiologiyaning konkret muammosiga muayyan ijtimoiy istiqbol pozisiyasidan qaralganida soha hosil bo’ladi, masalan, interaksionizm sohasi. Sosiologiyaning sohaviy matrisasi deganda Sosiologiyaning tarmoqli yo’nalishlari, sosiologik bilimlar differensiasiyasi jarayonida ajralib chiqqan va hozirgi kunda ko’p tarmoqli murakkab tizimdan iborat bo’lgan mavzuga oid sohalar va doiralarning yig’indisi tushuniladi. Masalan, Sosiologiya doirasida XX asrda mehnat Sosiologiyasi va shahar Sosiologiyasi, madaniyat Sosiologiyasi va din Sosiologiyasi kabi tarmoqlar ajralib chiqdi. Yangi sohalarning vujudga kelishini umumiy nazariya boshqarsa yaxshi bo’lardi, ammo Sosiologiyada bunday umumiy qabul qilingan nazariya yo’q. Sohalarni tasniflash borasidagi birinchi urinish O.Kontga tegishli. U Sosiologiyani «ijtimoiy statika» va «ijtimoiy dinamika» ga ajratadi. Ushbu tasnif uzoq vaqt amal qilib keldi. Undan e.Spenser va Lester F. Uord (1883) foydalanishgan.
Ixtisoslashtirish jarayoni bilimning ichki strukturasini murakkablashtirishga olib keldi. Har bir mutaxassislik o’z ichida bir qator kichik mutaxassisliklarga ajraldi. Xususan, ijtimoiy struktura (jamiyat morfologiyasi) ichida ijtimoiy stratifikasiya va ijtimoiy mobillik bo’yicha ixtisoslashuv yuzaga keldi. Ijtimoiy institutlarga ixtisoslashgan yangi sohalar: iqtisodiyot va jamiyat, siyosiy Sosiologiya, sanoat Sosiologiyasi, talim, din, tibbiyot, qonun, bo’sh vaqt va sport, ilm-fan, madaniyat, ommaviy kommunikasiyalar va jamoatchilik fikri Sosiologiyalari paydo bo’ldi. Bugungi kunda madaniyat Sosiologiyasi doirasida kino Sosiologiyasi, teatr Sosiologiyasi, ommaviy madaniyat Sosiologiyasi, mutoala Sosiologiyasi va boshqa yo’nalishlar mustaqil ravishda mavjud. Iqtisodiy Sosiologiya doirasida mehnat Sosiologiyasini, bandlik va ishsizlik Sosiologiyasini, bozor Sosiologiyasini, banklar Sosiologiyasini, menejment Sosiologiyasini, tashkilotlar Sosiologiyasini va boshqalarni ajratish mumkin.
Sosiologiyaning sohaviy matrisasi quyidagi boshlang’ich elementlardan iborat:

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin