Sport mashg\'ulotlari vositalari mundarija kirish I. Bob. Sportl-fayllar.org
Umumiy tayyorlov mashqlari sportchining umumiy tayyorgarlik vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday mashqlar sifatida xilma-xil mashqlardan foydalanish mumkin. Maxsus tayyorlov mashqlariga yaqin bo‘lgan va o‘z ta’sir etish xususiyatlari bilan unga o‘xshagan mashqlar, shuningdek, ulardan tubdan farq qiladigan (shu jumladan qarama-qarshi yo‘nalishdagi) mashqlardan ham shu maqsadda foydalanishi mumkin. Nazariy jihatdan bunday vositalarning chegarasi yo‘q. Amalda esa vaqtga, mashg‘ulot joyiga va boshqa shartsha roitlarga qarab ular doirasini cheklashga to‘g‘ri keladi.
Umumiy tayyorlov mashqlarini tanlashda quyidagi talablar babbaravar muhimdir. Birinchidan, sportchining umumiy tayyorgarligi har tomonlama jismoniy tarbiyalash vazifalarini samarali hal etishga imkon beradigan vositalarni o‘z ichiga olishi kerak. Jumladan, barcha asosiy jismoniy fazilatlar (kuch, tezkorlik, chidamlilik, epchillik, chaqqonlik)ning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi hamda sportchining harakat malakalari va mahorati ko‘lamini kengaytiradigan mashqlarni tanlashi kerak. Bunday mashqlarni yordamchi – sport gimnastikasidan, harakatli o‘yinlardan, hamda sportning qo‘shimcha turlari deb atalgan formalaridan tanlab olinadi. Hozirgi paytda quyidagilar eng ko‘p tarqalgandir:
umumiy chidamlilikni tarbiyalashda: o‘rtacha va o‘zga-ruvchan intensivlik bilan uzoq vaqt yugurish, chang‘i krosslari va shunga o‘хshash mashqlar;
kuch-quvvatni o‘stirishda (umumiy kuch-quvvat tayyorgarligi rejasida): og‘ir atletikadagi kabi shtanga bilan bajariladigan mashqlar, shuningdek turli og‘irlik va qarshiliklar bi lan bog‘liq
bo‘lgan yordamchi–sport gimnastikasi mashqlari;
harakat tezligini hamda harakat reaksiyasini tarbiyalashda: sprinter mashqlari va sport o‘yinlari, ayniqsa, bas ketbol;
chaqqonlikni tarbiyalashda: sport gimnastikasi, akrobati ka, harakatli va sport o‘yinlari.
Umumiy tayyorgarlik mazmunini belgilayotganda sport faoliyatining pirovard natijadagi maqsadi – hayotga tayyorlash maqsadini unutmaslik kerak. Shuning uchun barcha teng sharoitlarda bevosita amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mashqlarga ko‘proq o‘rin berish kerak.
Musobaqalar jarayonida uzoq muddat uzluksiz ishlashni nazarda tutgan sport turlarida (yengil atletikada uzoq va o‘ta uzoq masofalarga yugurishda, chang‘i uchish, konki uchish, velosiped sportida ham shunday masofalarni o‘tish jarayonida) umumiy chidamlilik alohida rol o‘ynaydi. Shuning uchun sportning mazkur turlari bilan shug‘ullanuvchilarda bu fazilatlarni tarbiyalash umumiy jismoniy tayyorgarlikning eng muhim qismlaridan hisoblanadi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan siklli mashqlar (chang‘ichilarning eshkak eshishi, eshkak eshuvchilarning chang‘ida yugurishi va hokazolar) yordamida kuch-quvvatni o‘stirishga ham ancha o‘rin ajratiladi. Bu yerda kuch-quvvat mashqlari uncha og‘ir bo‘lmagan yuklarni ko‘tarish, biroq takrorlash miqdorining ortishi bilan хarakterlanadi; ular asosan seriyali tarzda bajariladigan tezkor kuch-qudratni oshirishga qaratilgan mashqlar bilan uyg‘unlashtirib boriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan sport mashg‘uloti vositalarining barchasi faqat jismoniy tayyorgarlik vositasi bo‘libgina qolmay, balki sportchining texnik, taktik va irodaviy tayyorgarligi vositasi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur maxsus (spetsifik) vositalar bilan mushtarak holda aqliy, axloqiy va estetik tarbiyaning xilma-xil vositalaridan foydalaniladi.
Xulosa Xulosa qilib aytganda ularga metodik ta`sir etishning xilma-xil usullaridan
foydalanishi kerak. O`quv materialini o`zlashtirish va mustahkamlash uchun, mashqlarga bo`lgan ehtiyojda katta farq mavjud. Har bir o`quvchida zaruriy mashqlarning soni va hajmi har xil: alohida shug`ullanuvchilarning o`rgatish tempi har xil. Yuqori malakali sportchi tez suratda oqilona yechimlarni topishi va muayyan musobaqa vaziyati uchun eng samarali texnik-taktik harakatlarni qo‘llashni bilishi lozim.
Hech kim jismoniy madaniyat va sportning o'zgaruvchan kuchi bilan taqqoslay olmaydi. Bu quvvat charchoqdan shikoyat qiladigan - qattiq, og'riqli - sog'lom bo'lib, o'jar, sust, tez, zaif, kuchli qiladi. Yaxshi jismoniy tayyorgarlik sizga yangi murakkab ishlab chiqarish kasblarini tezda o'rganishga imkon beradi; bu shuningdek uchuvchilar, kosmonavtlar va harbiylarni tayyorlashda hal qiluvchi omillardan biriga aylandi.
Jismoniy madaniyat va sport intellektual jarayonlarning rivojlanishiga hissa qo'shadi - diqqat, idrokning aniqligi, eslab qolish, ko'payish, tasavvur qilish, fikrlash, aqliy faoliyatini yaxshilash. Sog'lom, qotib qolgan, jismonan yaxshi rivojlangan o'g'il-qizlar, odatda, o'quv materiallarini yaxshi qabul qiladilar, maktabdagi darslarda kam charchaydilar, shamollash sababli darslarni qoldirmaydilar.
Jismoniy tarbiya ham shaxsni shaxs sifatida shakllantirishning eng muhim vositasidir. Jismoniy mashqlar sizni ongga, irodaga, axloqiy xarakterga, o'g'il va qizlarning xarakter xususiyatlariga ko'p jihatdan ta'sir o'tkazishga imkon beradi. Ular nafaqat tanadagi sezilarli biologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi, balki insonning ma'naviy dunyosini tavsiflovchi axloqiy e'tiqodlar, odatlar, didlar va boshqa jihatlarning rivojlanishini ko'p jihatdan aniqlaydi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotida prinsiplarning xilma-xil guruxlari mavjud. Jismoniy madaniyat tizimining umumiy va metodik prinsiplari, jismoniy madaniyatning ayrim ko`rinishlari xususiyat larini ifodalovchi (masalan, sport trenirovkasi, kosmonavtlar, ut uchi ruvchilar trenirovkasi va xokazo) prinsiplari mavjud. Ular bir-biri bilan o`zviy bog`liq bo`lib, prinsiplarning yagona tizimini tashqil eta di. Eng avvalo, biz jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy prinsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular kuyidagilardan iborat: a) jismoniy madaniyatning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi; b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy madaniyatning sog`lomlashtirishga yunaltirish prinsipi.
Jismoniy madaniyat jarayonida nazariy prinsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini utasa, ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyat jarayonida o`qituvchini nazariy va metodik jixatdan ma`lum ramka(kolip)ga, yunalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda prinsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin. Ayrim holatlarda: prinsipga jismoniy madaniyatdagi ma`lum bilimlarning bir kiyem i, yoki faoliyatga yurikch i(ko`rsatma beruvchi), yokiturli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.