T oshkent “ Himoyaga ruxsat etilsin” amaliy fanlar fakultet dekani universiteti


Maktab ta`limiga tayyorlashda bolalar faoliyatini tashkil etishning ahamiyati



Yüklə 120,56 Kb.
səhifə13/14
tarix10.12.2023
ölçüsü120,56 Kb.
#138917
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI VA TA`LIM-TARBIYASI kurs ishi 333111

2.3. Maktab ta`limiga tayyorlashda bolalar faoliyatini tashkil etishning ahamiyati
Faol faoliyatning barcha turlarini yanada takomillashtirish va shu asosda qimmatli ma`naviy sifatlar: mustaqillik, uyushganlik, jamoatchilikni shakllantirish, maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Faoliyatga qatnashish maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakllantiradi. Tarbiyachining rahbarligi faoliyat mazmunini va uni amalga oshirish usullarini yanada boyitishga, faoliyatni birgalikda rejalashtirish, faoliyat jarayonida hamkorlik hissi, umumiy intilishlar bilan ma`lum natijalarga erishish xulosalarini shakllantirishga yo`llangan bo`ladi.
O`yin faoliyatida:

  • O`yinlarda ijtimoiy hayotning ijobiy hodisalarini aks ettirish;

  • O`yinda kelishish;

  • Syujetni hamkorlikda aniqlash;

  • Rollarni haqgo`ylik bilan taqsimlash;

  • O`yin tuzilishi mustaqil tayyorlash;

  • Syujet mazmunini faol rivojlantirish;

  • O`yinda bir-birini tushunishga erishish;

  • Do`stona munosabatlarni qo`llab-quvvatlash;

  • O`yinning ma`nosini to`liq amalga oshirish;

  • O`yinchoq va materiallarni joy-joyiga eslatishlarsiz olib borib qo`yish;

  • O`yin qoidalariga to`liq rioya qilish kabi ko`nikmalar o`yin faoliyatini muvaffaqiyatli egallaganliklarining ko`rsatkichi bo`lib hisoblanadi.

Mehnat faoliyatida:

  • Mehnat majburiyatlarini (o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish, navbatchilik, ish o`rnini tartibli saqlash) yaxshi bajarish;

  • Bajarilgan ish sifat va natijasi;

  • Vazifalarni o`zaro adolatli taqsimlay olishlari;

  • Do`stona ishlay olishlari;

  • Mehnat jarayonida madaniy xulq-arvor qoidalariga rioya qilishlari orqali tarbiyachi bolalarda mustaqillikni, tirishqoqlikni, uyushganlik va javobgarlikni his qilish mas`uliyatini shakllantirishda foydalanadi.

Bolalarning jamoa mehnatlari mazmunlari va uyushtirilishi murakkablashib, bolalar guruhlariga birikib ishlashadi, bunda hamkorlikdagi mehnat amalga oshiriladi. Bolalarning jamoa mehnati faoliyati asoslarini muvaffaqiyatli egallashlari, mehnatda mustaqillik va uyushganlikni shakllanganligining ko`rsatkichi bolalarning mehnat maqsadini tarbiyachi bilan birgalikda rejalashtirishlari va uning natijasini tasavvur qilishlari, zarur materiallarni ajrata olish, vazifalarni mustaqil taqsimlash va mehnat natijasini to`g`ri baholay olishlari lozim. Mehnat burchagida bolalarga tushunarli bo`lgan mehnat turlari bilan mustaqil shug`ullanish uchun barcha zarur narsalar bo`lishi kerak. Bolalarga uskuna, o`yinchoq, qo`llanmalarni guruh guruh xonasida tartibli saqlash uchun mas`uliyat hissi shakllantiriladi, bu maqsadda har haftada guruh xonasini jamoa bo`lib yig`ishtirishda qatnashadilar. Bunda bolalarning badiiy-estetik didlari ham rivojlantiriladi. Guruhda estetik muhitni yaratishda ishtirok etishlari ta`minlanadi, kattalar mehnati haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi, kishilar mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash, ishlab chiqarish korxonalari qurilishlari umumlashtiriladi. Madaniy-maishiy xizmat hodimlarining mehnatlari to`g`risida tushuncha hosil qilinadi. Shunday qilib, maktabgacha ta`lim tashkilotida tashkil etiladigan jarayonlarning butun tizimi maktabgacha yoshdagi bola ongi, xulq-atvori va shaxsini qayta qurishga, bolalarda mehnat ta`limining yangi sharoitlariga faol har tomonlama tayyorgarlikni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bolani maktab ta`limiga maxsus tayyorgarligi mehnatda o`qishga umumiy, psixologik tayyorgarligiga qo`shimchadir. U bolalarda matematika, ona tili kabi o`quv fanlarini o`rganishi uchun zarur bo`lgan maxsus bilim, ko`nikma va malakalarning mavjudligiga ko`ra aniqlanadi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarda eng oddiy matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, nutqni o`stirish, o`qish va savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o`tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda o`qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta`minlaydi.
XULOSA
Ma`lumki, bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko`nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o`rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo`yayotganida nechog`li bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof olamga moslashish ko`nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta`limiga o`tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o`zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta`lim tashkilotida maktab ta`limiga tayyorlash, uni murakkab bo`lmagan bilim, ko`nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo`ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo`lishga yordam beradi.
Shunga binoan, MTT bilan maktab o`rtasidagi bog`liqlik bir tomondan, bolalarni maktab ta`limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib tarbiyalagan holda maktabga o`tkazishni, ikkinchi tomondan, o`qituvchining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, malaka sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan o`quv-tarbiyaviy jarayonda samarali foydalanishni taqozo etadi.
MTT bilan maktab o`rtasidagi uzviy bog`liqlik katta maktabgacha yoshdagi bolalar va maktabning boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta`lim-tarbiya berish sharoitini yaqinlashtirishga yordam beradi. Shunday ish tutilganda bolalarning maktab sharoitiga moslashishi ancha yengillik bilan o`tadi. Bolalar maktab sharoitiga tabiiy moslashib ketadilar, bu esa o`z navbatida maktabda o`qishning birinchi kunidan boshlab ta`lim-tarbiya ishining samarasini oshiradi.
Zero, maktabgacha ta`lim tashkiloti xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga qo`yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni shunga muvofiq ravishda ta`lim olishga tayyorlashlari kerak.
Maktab bilan MTT o`rtasidagi uzviy aloqa murakkab va ko`p tomonlama tuzilishga ega. Unda ta`lim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari, tashkiliy shakllari, shuningdek bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab kabi yetakchi tomonlarini ajratib ko`rsatish mumkin. Bunda quyidagilarga alohida e`tibor berish kerak:
1. Maktab talabi nuqtai nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim.
2. MTT nuqtai nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, ko`nikmalar bilan qurollantirish.
3. Bolalarning maktabga ruhiy tayyorligi. Bu yerda vazifa bolalar mehnatning har qanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat - bilishga qiziqishni o`stirishning kelajakdagi mustaqil faoliyatga tayyorlashdan iborat.
4. MTTda beriladigan ta`lim rivojlantiruvchi tarzda bo`lishi kerak.
5. MTT bilan maktab o`rtasida izchil aloqa o`rnatish.
Uzviylik MTT va maktabda shaxsni har tomon­lama shakllantirish bo`yicha olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishini izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. MTT maktabgacha yoshdagi bolalarda boshlang`ich sinf ta`limi maqsad va vazifalariga mos keladigan sifat jihatdan yangi xususiyatlarni shakllantiradi.
Maktab bilan MTT o`rtasidagi uzviy aloqa asosini MTT va maktabda amalga oshiriladigan ta`lim-tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar o`rtasidagi bog`liqlik tashkil etadi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi boshlang`ich sinflar dasturi bilan MTT dasturini olib solishtiradigan bo`lsak, ular o`rtasida bir qancha o`zaro bog`liqlarni ko`ramiz. Bu eng avvalo dasturlarda asos qilib olingan prinsiplarning umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish prinsipi, hayot bilan borliq, ilmiylik prinsiplari, ta`limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtai nazarlarning birligida namoyon bo`ladi.


Yüklə 120,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin