T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

 
Tayanch iboralar:
Biznes, 
biznesmen, 
etiket, 
o’zgaruvchanligi, 
universalligi, 
doimiyligi, Biznes–etiket. 
 
Nazorat savollari: 
1.
Biznes iborasi qaysi tildan olingan, tom va keng ma’noda nimani 
bildiradi 
2.
Biznesmen tushunchasining mazmunini bilasizmi va u qaysi tildan 
olingan? 
3.
Etiket tushunchasi qaysi tildan olingan, uning vujudga kelish tarixi 
va mazmuni nimalardan iborat? 
4.
Etiket qoidalarining o’zgaruvchanligi, universalligi va doimiyligini 
qanday tushunasiz? 
5.
Biznes–etiket tushunchasini qanday ta’riflash mumkin? 
6.
Biznes faoliyatini olib borishda qaysi etiket qoidalariga rioya 
qilinadi? 
 
1.2. Biznes–etiket fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
 
 
Fanning predmeti deganda ushbu fan bo’yicha talabalar tomonidan
o’rganilishi kerak bo’lgan o’quv materiallari majmui tushuniladi. 
Biznes–etiket fanida quyidagi masalalar o’rganiladi: 
-
biznesda 
munosabat 
qilishning 
universal 
qoidalari 
va 
biznesmenlarga xos fazilatlar; 
-
biznesmenlar imiji va uni shakllantirish, ijobiy taassurot qoldirish 
yo’llari, biznesmenlar to’g’risida salbiy taassurot qoldiruvchi 
omillar; 
-
biznesmenlarning tashqi qiyofalariga, ish kiyimlariga va 
kiyinishiga qo’yiladigan talablar; 
-
biznes korxonalarida biznesmenlarning hamkasblari va korxona 
rahbarlari bilan o’zaro munosabat qilish bo’yicha yevropacha 
etiket qoidalari; 



-
biznesmenlarning hamkorlari bilan suhbatlashishiga qo’yiladigan 
etiket talablari
-
biznes korxonalarida xizmat yuzasidan xatlar yozish va telefonda 
gaplashish etiket qoidalari; 
-
mehmondo’stlik va uning biznesmenlar uchun ahamiyati; 
-
mehmondo’stlik qilishda chaqirilgan joyga borish va ziyofat stoli 
atrofida o’tirishning umumiy qoidalari; 
-
ziyofat dasturxonini bezatish, ovqatlanish va ziyofat stollari 
atrofida o’tirish va o’zini tutish qoidalari; 
-
restoran va ziyofatlarda sigaret chekish etiketi qoidalari; 
-
tamolarni iste’mol qilishning umumiy etiket qoidalari; 
-
umumiy idishlarda beriladigan gazak va mahsulotlarni, xo’l 
mevalarni iste’mol qilishning etik qoidalar; 
-
ovqatlanish priborlari va ulardan foydalanish qoidalari; 
-
taomlarga vinolarni tanlash bo’yicha tavsiyalar, spirtli ichimliklar 
butilkalarini ochish va mehmonlar idishlariga quyish texnikasi; 
-
yo’l etiketi qoidalari (yo’l ketishga tayyorlanish, samolyotda,
poyezdda ketishda o’zini tutish va yengil mashinalarda ketish). 
Biznes–etiket fanining asosiy maqsadi turizm sohalari va sifat 
ekspertizasi yo’nalishlari uchun jamiyatda qabul qilingan etiket 
qoidalarini yaxshi biladigan, ularga rioya qiladigan hamda shaxsiy biznes 
bilan kelajakda shug’ullanaoladigan mutaxassis – kadrlarni tayyorlashdan 
iborat. 
Har qanday o’quv fanining asosiy vazifasi uning asosiy maqsadidan 
kelib chiqib, unga erishishga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun ham 
“Biznes–etiket” fanining asosiy vazifasi, uning maqsadidan kelib chiqqan 
holda, biznes sohasidagi umumiy, kiyinish, o’zaro munosabat qilish
hamkorlar bilan suhbatlar o’tkazish, xizmat yuzasidan xatlar yozish, 
telefonda gaplashish, ovqatlanish va yo’l ketish etiketi qoidalarini 
talabalarga tanishtirishdan iborat. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin