Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar darsning maqsadi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə1/3
tarix25.11.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#134406
  1   2   3
2-amaliy mashg\'ulot


TABIAT VA JAMIYAT O‘RTASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLAR
Darsning maqsadi. Talabalarga tаbiаt-inson-jаmiyat munosаbаtlаri vа uning dаvriy rivojlаnishining oddiy, iqtisodiy vа ekologik munosаbаt shаkllаri haqida tushunchahosil qilish.
Jihozlar: Adabiyotlar, O‘UM, slaydlar.
Darsning metodi: Savol-javob, suhbat, munozara.
Savollar:

  1. Tabiat va jamiyat о‘zaro aloqadorligi tadrijiy rivojlanishi.

  2. Tabiat va inson o`rtasidagi munosabatlari

  3. Tabiiy resurslarning ishlatilishi, uning milliy, mintaqaviy xususiyatlari, tartibga solish zarurati.

  4. Global ekologik о‘zgarishlarni belgilaydigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar.

  5. Ilmiy texnika taraqqiyoti, uning global ekologik inqirozning shakllanishidagi roli.

  6. Dunyo va uning alohida mintaqalari aholisi soni, tarqalishi.

  7. Ining tabiatga salbiy ta`siri. Ekologik inqirozlarnnig kelib chiqishi., turlari. O`zbekistonda ekologik ahvol. Inson sog`ligi va ekologiya.

Yuqorida keltirilgan savollarga talabalar javob byergach, o‘qituvchi har bir savolni javobini umumlashtiradi, ba’zi savollarga aniqliklar kiritadi va xulosalaydi.
Uyga vazifa: «Biosferada modda va energiya aylanishi» mavzusini kelgusi darsda tayyorlab kelish topshiriladi.
Tabiat – keng ma’noda – borliq, olam va uning xilma-xil shakllari; tor ma’noda – kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo‘lgan atrof tabiiy muhit. Jamiyat va tabiat tizimini ko‘rib chiqayotganda ikkinchi tor ma’nodagi tushuncha qo‘llaniladi. Chunki inson o‘zining hayoti davomida butun borliqdan emas, balki uni o‘rab turuvchi va uning ta’siri doirasida turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanishi mumkin.

Shu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o‘rtasida to‘xtovsiz va xilma-xil o‘zaro ta’sirlar ro‘y berib kelgan. Ammo tabiat insonlarsiz bu moddiy dunyoda hukm surib kelgan, lekin insonlar tabiatning bir bo‘lagi bo‘lib, ular tabiatsiz hayot kechira olmaydi. Insonlar o‘z hayoti uchun zarur bo‘lgan, barcha narsani tabiatdan oladi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh uchun xom ashyo, qurilish uchun binokorlik materiallari, nafas olish uchun atmosfera havosi, ichish uchun suv, dam olish uchun go‘zal landshaftlar va h.k. Shunday qilib inson hayoti davomida foydalanilgan barcha narsalarni tabiiy modda va kishilar faoliyatining mahsulidir.








Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin