Tabiiy fanlar



Yüklə 475,44 Kb.
səhifə1/3
tarix25.11.2023
ölçüsü475,44 Kb.
#134744
  1   2   3
Botanikani oʻqitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan 2234


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ABDULLA QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI

TABIIY FANLAR”


fakulteti

Biologiya yo’nalishi _227 – 20 -guruh






MAVZU: _
_


Bajardi: Sindarova Nasiba


Qabul qildi: _


Jizzax- 2023 yil

A.QОDIRIY NОMIDAGI


JIZZAХ DAVLAT PЕDAGОGIKA UNVERSITETI
“Tabiiy fanlar fakul’tеti
“__________________________” kafеdrasi
“Tasdiqlayman”
Kafеdra mudiri “ 20 yil.


KURS ISHIGA TОPSHIRIQ


Talaba 1.Ishning mavzusi:
_ 2.Ishni tоpshirish muddati: 3.Mavzu bo’yicha dastlabki ma’lumоtlar bеruvchi adabiyotlar ro’yхati:






_

  1. Ishni maqsadi va hal qiladigan masalalar:








  1. Grafik qismi matеriallari ro’yхati:






  1. Maslahatchi:

Bo’limlar



Maslahatchi F.I.О



Imzо. Sana

Tоpshiriq bеrdi

Tоpshiriq qabul
qilindi





























































Biologiya yo’nalishi 227-20 - guruh talabasi
Sindarova Nasibaning


mavzusidagi KURS ISHIGA


TAQRIZ


Ushbu kurs ishining kirish qismida


_

_
_
_
_
_
_

Asosiy adabiyotlar sharxida
_

_
_
_
_
_
_

Eksperimental qismda
_

_
_
_
_
_


Xulosalar keltirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va internet ma’lumotlardan foydalanilgan.


Kurs ishini himoyaga tavsiya etaman.

Taqrizchi:






Botanikani oʻqitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish


MUNDARIJA

  1. BOB. Kirish…………………………..………………………….…….…….….5

1.1 Ta’limni rivojlantirishda zamonaviy ta’lim yondashuvlarining oʻrni, maqsadi va vazifasi........................................................................................
1.2 Pedagogik texnologiyalarning tasnifi....................................................

  1. II BOB.

2.1 Mutafakkir allomalarning pedagogik texnologiya haqidagi qarashlari..9
2.2 Muammoli ta’lim texnologiyalari. Uning maqsad va vazifalari……….
  1. BOB.

3.1 Muammoli ta’lim yondoshuvlari. Shaxsga yoʻnaltirilgan, evrestik (tadqiqotchilik) va loyihaviy ta’lim texnologiyalari………………………13

3.2 Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyasi. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va usullari…………………………………………………….

XULOSA...................................................................................................24


Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..26




KIRISH
Zamоnaviy ta’limni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talablardan biri оrtiqcha ruhiy va jismоniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt оrasida muayyan nazariy bilimlarni oʻquvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faоliyat yuzasidan koʻnikma va malakalarni hоsil qilish, shuningdek, oʻquvchilar faоliyatini nazоrat qilish, ular tоmоnidan egallangan bilim, koʻnikma hamda malakalar darajasini bahоlash oʻqituvchidan yuksak pedagоgik mahоrat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagоgik texnоlоgiya oʻz mоhiyatiga koʻra sub’yektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir pedagоg ta’lim va tarbiya jarayonini oʻz imkоniyati, kasbiy mahоratidan kelib chiqqan hоlda ijоdiy tashkil etishi lоzim. Qanday shakl, metоd va vоsitalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagоgik texnоlоgiyalar: - pedagоgik faоliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradоrligini оshirishi; - oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasida oʻzarо hamkоrlikni qarоr tоpedagogik texnologiyairishi; - oʻquvchilar tоmоnidan oʻquv predmetlari boʻyicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi; - oʻquvchilarda mustaqil, erkin va ijоdiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishi; - oʻquvchilarning oʻz imkоniyatlarini roʻyobga chiqara оlishlari uchun zarur shartsharоitlarni yaratishi; - pedagоgik jarayonda demоkratik va insоnparvarlik g’оyalarining ustuvоrligiga erishishni kafоlatlashi zarur.


Pedagоgik texnоlоgiyalardan majburan fоydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagоglar tоmоnidan asоslangan yoki ular tоmоnidan qoʻllanilayotgan ilg’оr texnоlоgiyalardan maqsadga muvоfiq fоydalanish bilan birga, ularni ijоdiy rivоjlantirish maqsadga muvоfiqdir. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida biologiya fanini oʻqitish samaradorligini oshirish maqsadida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish oʻquvchilarning mustaqil bilim olishga boʻlgan qiziqishini oshirish, oʻquvchilarda biologik, oʻquv amaliy, mustaqil va ijodiy fikr yuritish koʻnikmalarini rivojlantirish uchun qulayliklar yaratadi. Biologiyaning turli sinflardagi oʻquv materiallari oʻquvchilarning axloqiy, ekologik, gigienik, jinsiy tarbiyasini amalga oshirishda hamda milliy g’oyani oʻquvchilar ongiga singdirishda boy imkoniyatlarga ega. Oʻqituvchi oʻzining pedagogik faoliyatida bu imkoniyatlardan toʻliq foydalanishi lozim. Bugungi kunda bir qatоr rivоjlangan mamlakatlarda oʻquvchilarning oʻquv va ijоdiy faоlliklarini оshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradоrligini kafоlatlоvchi pedagоgik texnоlоgiyalarni qoʻllash bоrasida katta tajriba toʻplangan boʻlib, ushbu tajriba asоslarini tashkil etuvchi metоdlar interfaоl metоdlar nоmi bilan yuritilmоqda. Mazkur metodik qoʻllanmada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Biologiya fani bo‘yicha o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy yondoshuvlarga asoslangan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berilgan


Ta’limni rivojlantirishda zamonaviy ta’lim yondashuvlarining oʻrni, maqsadi va vazifasi Oʻzbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi” dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida roʻy beradigan “portlash effekti“ natijalari roʻy-rost koʻrsatib berildi, ya’ni: – ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay oʻzgaradi; – insonning hayotidan oʻz oʻrnini topish jarayoni tezlashadi; – jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi; – jamiyatimizning potentsial kuoʻlarini roʻyobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi; – fuqarolik jamiyati qurishni ta’minlaydi, model vositasida dunyodan munosib oʻrin olishga, oʻzbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi. “Portlash effekti“ sari shijoat bilan qadam tashlash, yoʻllarda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni toʻliq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish jarayonini yangi pedagogik “qurol“ va vositalar bilan ta’minlash davr taqozosidir. Oʻ.Q. Tolipov interfaol usullar va ularning tavsifiga quyidagi ta’rif bergan:“Zamonaviy talimni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuoʻ sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni oʻquvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan koʻnikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, oʻquvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallagan bilim, koʻnikma hamda malakalar darajasini baholash oʻqituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi”. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim yondashuvlarining maqsadi – ta’lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va oʻquvchilar tomonidan oʻqishning koʻzlangan natijalariga erishishni kafolatlash. Zamonaviy ta’lim yondashuvlarining bosh vazifasi pedagogga oʻqitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, oʻquv jarayonini yaratish hisoblanadi. Zamonaviy ta’limning- predmeti – oʻquv jarayoni, ob’ekti - oʻquv mashg’ulotlari. 5 Zamonaviy ta’lim bu - darslarni noan’anaviy tarzda tashkil etish boʻlib, uning muhim belgisi aniq, natijali maqsadga erishishdir. Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi an’anaviy ta’lim texnologiyasidan farq qilib, oʻquvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e’tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega boʻladi. Hozirgi ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi kontsepedagogik texnologiyasiyasi - noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining uslublarini qoʻllashni taqazo etmoqda. Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi: Hamkorlikda oʻrganish, modellashtirish, tadqiqot(loyiha) texnologiyalariga boʻlinadi va u yaxlit uzviy tizim asosida olib boriladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, soʻzsiz, oʻquv jarayoniga tizim sifatida yondashishdir. Noan’anaviy ta’lim berish usuli ta’limiy maqsadni amalga oshirish boʻyicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi bilan hamkorlik faoliyatining asosi hisoblanadi. Usullar: ta’lim oluvchi bilishi, udallashi va qadrlashi lozim boʻlgan koʻzlanayotgan natijalarga erishishni ta’minlaydi. Bunda ta’lim-tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar oʻzaro funksional bog’liqda boʻlib, bir butunlikni, ya’ni pedagogik jarayon majmuini tashkil qiladi. Pedagogik texnologiya – oʻquv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarning barcha tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida ta’lim texnologiyasi, oʻqitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin. Oʻqitish texnologiyasi
birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli harakat aspektini anglatadi. Bu ta’lim jarayonini oʻzgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi usul va vositalar (texnologik operatsiyalar)ning tartibli birligini oʻzida mujassamlashtirgan ta’lim modulini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni;
-ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli – bayonli aspektini ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish boʻyicha pedagogik hamda oʻquv faoliyatini loyihasini bajarishning bayonidir (texnologik xarita). Ta’lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti) «texnika va inson resurslarini hamda ularning oʻz oldiga ta’lim shakllarini opedagogik texnologiyaimallashtirish vazifasini qoʻyuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni oʻzlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qoʻllash va belgilashning tizimli usuli». Interfaol metod – ta’lim jarayonida oʻquvchilar hamda oʻqituvchi oʻrtasidagi faollikni oshirish orqali oʻquvchilarning bilimlarni oʻzlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.“Interaktiv” (interfaol)-inglizcha soʻz boʻlib, “interact”- “inter” - bu oʻzaro, “act”-bu “harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Yuqori ta’kidlanganidek, ta’lim texnologiyasi tushunchasi oʻqitish va oʻrganish jarayoniga tizim sifatida qarashni anglatar ekn, avvalo tizim tushunchasini tushunib olish zarur. Tizim soʻzi- tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikkan yaxlit narsa yoki hodisa ma’nosini anglatadi. Zamonaviy ta’lim yondashuvlari bu oʻqituvchining pedagogik texnologiyalarni oʻrinli va maqsadli qoʻllagan holda noan’anaviy ta’lim va tarbiya berish usullaridir. Xoʻsh, texnologiya nima? Pedagogik texnologiya nima? 6 Dastlab “texnologiya“ tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu soʻz texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha soʻzdan - “texnos“ (techne) - san’at, mahorat, hunar va “logos“ (logos) - fan soʻzlaridan tashkil topib “hunar fani“ ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni toʻliq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni koʻzda tutadi. Pedagogik texnologiya - termini birinchi bor pedagogika boʻyicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan Ta’lim jarayonini “Texnologiyalash”- oʻqituvchining shaxsiy mahoratiga bog’liq boʻlmagan holda universal tarzda loyihalanganligini bildiradi.
Pedagogik texnologiya –ta’lim texnologiyasi Pedogogik texnologiyaning asosiy maqsadi- oʻquv jarayonini takomillasht rish yoki oʻquvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish Pedagogik texnologiyaning vazifasi-oʻquv jarayonini mazmunli rivojlantirish va vaqt doirasida olib borish Pedagogik texnologiya - bu oʻqituvchi (tarbiyachi)ning oʻqitish (tarbiya) vositalari yordamida oʻquvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir koʻrsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish jarayonidir. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan koʻrinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayonni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda koʻpdir. Pedagogik texnologiya oʻqitish jarayoning oʻzaro bog’liq qisimlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Yoxud pedagogik texnologiya oʻqituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. Shu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida pedagogik texnologiya oʻquv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qamrab kelindi. (40-50 yillarda) 70 - yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. Yapon olimi T. Sakamoto tomonidan “oʻqitish texnologiyasi - bu oʻqitishning maqbulligini ta’minlovchi yoʻl-yoʻriqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi” ekanligi e’tirof etiladi. Rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani “belgilangan oʻquv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat“ deb tushuntiradi pedagogik texnologiyani fan sifatida e’tirof etish K.K Selevko tomonidan ham ma’qullandi: “Pedagogik texnologiya oʻqitishning birmuncha oqilona yoʻllarini taqdim qiluvchi fan sifatida ham ta’limda qoʻllaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham, real oʻqitish jarayoni sifatida ham mavjuddir”. Olimning ta’kidlashicha “pedagogik texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida ierarxik darajada ishlatiladi: 7 Pedagogik texnologiyalarning tasnifi
1) Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja : umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ma’lum mintaqada , oʻquv yurtida , ma’lum oʻqitish bosqichida yaxlit ta’lim jarayonini tavsiflaydi.
2) Xususiy metodik ( predmetli ) daraja: xusuiy predmetli pedagogik texnologiya “xususiy metodika” ma’nosida qoʻllaniladi, ya’ni ta’lim va tarbiyaning aniq mazmunini joriy etish metodlari va vositalari yig’indisi sifatida bir predmet. sinf, oʻqituvchi doirasida qoʻllaniladi ( fanlarni oʻqitish metodikasi , oʻqituvchi, tarbiyachining ishlash metodikasi).
3) Lokal ( modulli) daraja : lokal texnologiya oʻzida oʻquv - tarbiyaviy jarayonning ayrim qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar yenchimini oʻzida mujassamlashtiradi (alohida faoliyat turlari texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, alohida shaxs sifatlarini tarbiyalash , dars texnologiyasi, yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa). Akademik V.P. Bespalko oʻzining yirik asarida “Pedagogik texnologiya - bu oʻqituvchi mahoratiga bog’liq boʻlmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan oʻquvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir“ deb ta’rifladi.
Bu ta’rif mazmunidan muhim ilmiy printsiplarni alohida ajratib koʻrsatish mumkin: ­ pedagogik texnologiya oʻquvchi(talaba)larda ma’lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyihalanadi; ­ loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan oʻqituvchisidan katta mahorat talab etmaydi; ­ yakuniy natija, albatta , kafolatlanadi. Pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga maratilgan ta’riflarning xilma-xilligi, bir tomondan, rivojlangan mamlakatlarda bu mavzuning u yoki bu darajada yechilganligini koʻrsatsa, ikkinchi tomondan, pedagogik texnologiyani amaliyotga joriy etishga boʻlgan urinishlar natijasini ifodalaydi.

Buyuk allomalarimizning pedagogik texnologiya haqidagi fikrlari


Biologiyadan ma’lumki, ta’limni pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish xususida ajdodlarimiz ham bir qancha izlanishlar olib borganlar. Sharqning buyuk allomalari Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Fargoʻniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulugobek kabi qomusiy olimlar oʻz asarlarida maktab va madrasalarda insonni aqliy kamolotga yetkazishda oʻqitishning turli usullari va vositalaridan foydalanishga katta ahamiyat berganliklarini ta’kidlab oʻtishgan. Ibn Sino bolani maktabda oʻqitish va tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat berib, «Tadbir ul manozil» asarining maxsus boʻlimini ana shu masalaga bag’ishlagan. Kitobning «Bolani maktabda oʻqitish va tarbiyalash» boʻlimida bolani maktabga jalb qilish haqida toʻxtalgan. Uning ta’kidlashica, maktabga barcha kishilarning bolalari jalb etilishi va hamma bolalar birga oʻqitilishi va tarbiyalanishi lozim. U bolani uy sharoitida yakka oʻqitishga qarshi boʻlgan, bolani maktabda jamoa bilan oʻqitishning foydasini quyidagicha ifodalagan:


1. Agar bolalar birga oʻqisa, zerikmaydi, ularda fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat qilishadi, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi oʻqishning yaxshilanishiga yordam beradi. 8
2. Oʻzaro suhbatda bolalar bir-birlariga kitobdan oʻqib olganlarini, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar.
3. Bolalar birga toʻplanganlarida bir-birlarini hurmat qila boshlaydilar, doʻstlashadilar, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishda bir-birlariga yordamlashadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni oʻrganadilar. Ibn Sino oʻz asarlarida oʻquvchiga ta’lim-tarbiya berishda quyidagi tamoyillarga amal qilish kerakligini ta’kidlaydi: ­ birdaniga darslik bilan band qilib qoʻymaslik; ­ yengildan og’irga oʻtish; ­ jamoa boʻlib oʻqitishga e’tibor berish; ­ bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi, qobiliyatini hisobga olish va hokazolar haqida oʻz fikrini yozib qoldirgan. Burxoniddin az-Zarnujiy «Ta’lim oluvchiga ta’lim berish va ta’lim berish yoʻllari» risolasida ilm va kasb-hunar oʻrganishning asosiy shartlari sifatida oʻquvchida jiddiy istak, kayfiyat va non boʻlishi lozimligini, shundan keyin yaxshi muallim hamda yetarlicha vaqt zarurligini yozgan.
Buyuk mutafakkir Muso al-Xorazmiy matematika fani sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi va pedagog uslubiyotchi olim sifatida matematika fanida abstrakttsiya tushunchasini kengaytirdi. Indukttsiya yoʻli bilan umumiy yechish usullarini hal etdi, dedukttsiya yoʻli bilan umumiy usullar yordamida turli xususiy masalalarni yechdi. U ta’lim texnologiyasida bilimlarni egallashda koʻrgazmali vositalardan foydalanish, ta’limda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish, savol-javob, bahs munozara kabi ta’lim usullaridan keng foydalangan holda oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularda olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish, malaka va koʻnikmalarni tarkib toptirish toʻg’risida ishlar olib borgan. Amaliy bilimlar sohasida Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq arifmetika, geometriya astronomiya fanlari va ta’lim texnologiyasi taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi va ularni oʻqitish usullariga ham alohida ahamiyat berdi. Ibn Iroqning fikricha, arifmetikani oʻqitishdan asosiy maqsad oʻquvchining aql idroki va tafakkurini shakllantirishdan iborat. Sharqda oʻz bilimi, fikr doirasining kengligi bilan “Sharq Arastusi” yoki “Ikkinchi muallim” nomlariga sazovor boʻlgan Abu Nasr Farobiyning fikriga koʻra ta’lim texnologiyasining bosh g’oyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi hamda oʻqitishning vosita va usullariga borib taqaladi. Uning fikricha: “Ta’lim degan soʻz xalqlar va shaharliklar oʻrtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar oʻrtasida tug’ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan soʻzdir”. Demak, Farobiyning ta’lim texnologiyasida barcha fanlarning nazariy asoslari oʻrganilsa, tarbiyada ma’naviy-ahloqiy qoidalar, odob me’yorlari oʻrganiladi, kasbhunarga oid malakalar hosil qilinishi asoslab beriladi. Farobiy insonni dunyo taraqqiyotining eng mukammal va yetuk yakuni deb biladi. Shunga koʻra, u oʻz asarlarida insonga ta’lim-tarbiya berish zarurligini aytadi. Bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari→(natija) asosiy oʻrin egallashini 9 qayd etadi. Uning koʻrsatmalari hozirgi ta’lim va tarbiya texnologiyasining tarkibiy tuzilmasiga juda yaqin:
1.Ta’lim-tarbiya maqsadi → ijtimoiy ehtiyoj 2.Ta’lim-tarbiya mazmuni → ta’lim jarayoni 3. Natija → ta’lim-tarbiya oluvchi va ta’lim-tarbiya beruvchidir. Abu Rayhon Beruniyning oʻqitishda oʻquvchini zeriktirmaslik va xotirasini toliqtirmaslik uchun oʻrganiladigan fanlarni tez-tez almashtirib turish zarurligi va oʻqitishda turli ta’lim uslublaridan foydalanish haqidagi ilgoʻr fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Uning asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhim metodologik asoslari quyidagicha qayd etilgan:  darsda oʻquvchilarni zeriktirmaslik (motivattsion va shaxsni rivojlantirish vaziyatlarini ishlab chiqish, oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyati tarkibiy tuzilmasini aniqlash);  ta’limdagi uzviylik va izchillik (darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarining birligi va uzviyligi);  yangi mavzuni qiziqarli, asosan koʻrgazmali bayon etish (ta’lim metodlarini tanlash, ta’lim vositalaridan foydalanish uslubini aniqlash);  olib borilayotgan mashqlarning bolalar yoshiga mos boʻlishi (oʻquvchilar -ning oʻzlashtirish darajasini ma’lum bosqichdan yuqoriroq bosqichga koʻtarish ketmaketligini taominlash);  har bir ta’lim jarayonini yengildan ogoirga qarab murakkablashtirib borish (ta’limning texnologik vositalar larini oʻquvchining yoshiga mos qilib tanlash  bolaga bilim berishda majburan zoʻriqishga yoʻl qoʻymaslik (pedagogik texnologiyadan majburan foydalanmaslik) Mirzo Ulug’bek madrasalardagi oʻquv tizimini isloh qilib, falakiyot matematika, geografiya kabi aniq fanlarni oʻqitishni joriy etdi, oʻqitish uslubini yaxshilashga jiddiy e’tibor berdi. U madrasada berilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish maqsadida rasadxonada amaliy mashgoulotlar oʻtkazishni talab etdi.  mudarrislarning ma’suliyatini va pedagogik mahoratini oshirishga intildi;  mudarrislarni oʻz ustida tinmay ishlashga, bilimlarini takomillashtirib borishga, bilim berishni yuqori saviyada boʻlishiga e’tibor berishiga da`vat etdi;  ta’lim texnologiyasida madrasalarda oʻqitiladigan darsliklarning mazmuniga va oʻqitish uslubiga alohida e’tibor berdi.  darsliklar qanchalik mazmunli va tushunarli boʻlmasin, ta’lim jarayonida oʻqituvchi asosiy oʻrinda turishi, oʻz pedagogik mahorati bilan namuna boʻlishi kerakligini ta’kidlaydi. Demak, Ulug’bek oʻz ilmiy-pedagogik faoliyatida olim-ustoz sifatida ilmiy farazlarni emas, balki bu bilimlarni takomillashtirib borish, ularni hayotga tadbiq etish yoʻllarini koʻrsatib berishdek bugungi zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan farq etmaydigan mukammal amaliy ta’lim texnologiyasi shaklini yaratgan. Yuqoridagi aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, sharqning buyuk allomalari oʻz asarlari va pedagogik faoliyatlarida oʻquvchining aqliy faolligini 10 ta’minlaydigan, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini kafolatlaydigan dunyoviy bilimlarni oʻqitish uslublarining yangicha shakllarini yaratish va ta’lim-tarbiya amaliyotida qoʻllash g’oyasini ilgari surishgan. Shuningdek, mutafakkirlar tomonidan yaratilgan pedagogik asarlar va tuzilgan alifbolar, oʻqish kitoblari hamda darsliklarda maktab va madrasalarda foydalanib kelingan savol-javob usuli asosida oʻquvchilarda aqliy faollik, ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda goʻzal nutq tarkib topedagogik texnologiyairilgan. Bundan esa, sharqdan goarbga siljigan sharqona ta’lim texnologiyasi g’oyasi pedagogik texnologiya shaklida gʻarbdan sharqqa qaytib kelgan degan xulosa kelib chiqadi. Koʻp sonli tadqiqotlarga, tarihiy manbalarga asoslanib, shuni aytish mumkinki, ta’lim nazariyasining ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli va uslublarining asosiy jihatlari sharqda ishlab chiqilib, Yevropa orqali oʻzgarib, rivojlanib Movaraunnahrga qaytib kelgan. Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiy va boshqalarning g’oyalari dunyo ijtimoiy-pedagogik jarayoniga koʻp jihatdan ta’sir etib, ma’lum darajada Uyg’nish davrining asosiy shart-sharoitlarini yaratib bergan. Sharq mutafakkirlari xulosalarining oʻziga xosligi shundaki, ular ilgar surayotgan pedagogik g’oyalar bevosita oʻrganilayotgan pedagogik texnologiya fani mantiqidan ajratilmagan. Ta’lim-tarbiya maqsadi, printsiplari mazmuni va uslublariga xos g’oyalar alohida kitoblarda berilmay, balki bevosita amalda, biror bir fanda aniq bilim, iqtidor va koʻnikmalarni shakllantirish jarayonida yoritilgan. Qomusiy olimlar asarlari lotin tilida oʻrta asr Yevropa universitetlarida oʻquv qoʻllanmalari sifatida foydalanilgani aniq. Ya’ni bu asarlar tabiiy ijtimoiy ilmlar bilan bir qatorda umumpedagogik va xususiy- uslubiy ilmlarni rivojlantirish uchun asos boʻlgan. Soʻnggi yillarda an’anaviy, noan’anaviy, muammoli, faol va rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar toʻg’risida koʻp mulohazalar yuritilmoqda.



Yüklə 475,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin