Tabiiy tusdagi fvlar, ularning tasnifi va tavsifi. Aholi va hududni tabiiy fvlardan muhofaza qilish



Yüklə 26,21 Kb.
səhifə1/6
tarix22.06.2023
ölçüsü26,21 Kb.
#128359
  1   2   3   4   5   6
6-Mavzu




6. Mavzu: Tabiiy tusdagi fvlar, ularning tasnifi va tavsifi. Aholi va hududni tabiiy FVlardan muhofaza qilish.

Reja:

1.Tabiiy tusdagi FVlar to’g’risida tushuncha, ularning tasnifi.
2. Geologik FVlar, ularning kelib chiqish sabablari
3.Gidrometeorologik FVlar, ularning kelib chiqish sabablari.
4.Epidemik, epizootik, epifitotik FVlar, ularning tarqalish sabablari.
5.Tabiiy tusdagi FVlar ro’y berganda aholi va hududni himoya qilish chora- tadbirlari va harakatlanish qoidalari.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar




Tabiiy xodisa, xavf maydoni, geologik xavf, gidrometrologik xavf, zilzila, Er ko’chkilari, tog’ o’pirilishlari, vulqon, tsunami, sel, toshqin, to’fon, shamol, quyun, qor ko’chkisi.






Tabiiy tusdagi FVlar to’grisida tushuncha, ularning tasnifi.
Tabiiy favqulodda vaziyat - bu ma’lum bir hududda havfli tabiiy hodisalar natijasida odamlarning qurbon bo’lishiga, shikastlanishiga va atrof tabiiy muhitga moddiy zarar etishi, aholining hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishiga olib keladigan sharoit.
Havfli tabiiy jarayonlar va hodisalar sodir bo’lish joyi, sababi, ko’lami, keltirgan moddiy zarar va boshqa hususiyaiari bilan ajralib turadi. 1998 yil 27 oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar tasnifi to’grisida»gi qarorining ilovasi asosida tabiiy favqulotdda vaziyatlar kelib chiqish sabablariga ko’ra quydagilarga ajratiladi:
1.Geologik xavfli hodisalar.
2.Gidrometeorologik havfli xodisalar.
3.Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar.
Tabiiy favqulodda vaziyatlar tarqalish ko’larni, ta’sir maydoni, ushbu maydonlarda zarar ko’rgan odamlar soniga, keltiradigan moddiy zararlar miqdoriga va ko’lamlariga qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegara turlarga bo’linadi.
Lokal (ob’ektga taaluqli) tabiiy FVlar -shikastlovchi omillari ishlab chiqarish yoki ijtimoiy ob’ektlar hududi bilan chegaralanadi. Lokal favqulodda vaziyatlar natijasida 10 dan ortiq kishi shikastlanishi, 100 ga yaqin insonlar hayot faoliyati izdan chiqishi mumkin, moddiy zarar favqulodda vaziyat ro’y bergan kunda eng kam ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmaganni tashkil etilishi, favqulodda vaziyatlar zonasi ob’ekt hududidan tashqariga chiqmaydi.
Mahalliy tabiiy FVlar -shikastlovchi ta’siri aholi yashash punktlari, shaharlar hududi bilan chegaralanadi. Mahalliy favqulodda vaziyatlar natijasida 10 dan to 1000 kishigacha shikastlanishi, 100 dan to 500 gacha insonlar hayot faoliyati sharoitlari ishdan chiqishi mumkin, moddiy zarar eng kam ish haqi miqdorining 1 ming dan 10 mln. gacha tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar zonasi shahar, tuman, viloyat hududidan tashqariga chiqmaydi.
Respublika (hududiy) tabiiy FVlar -shikastlovchi omillari respublika, o’lka, viloyat hududi bilan chegaralanadi. Respublika favqulodda vaziyatlar natijasida 500 tan ortiq kishi shikastlanishi, 500 dan ortiq insonlar hayot faoliyati sharoitlari izdaan chiqishi mumkin, moddiy zarar eng kam ish haqi miqdorida 0,5 mln.dan ortiq summani tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar respublika, o’lka hududidan tashqariga o’tkaziladi.
Transchegara tabiiy FVlar -shikastlovchi omillar bir davlat chegarasidan chiqib, boshqa hududlarga ham tarqaladi.
Geologik FVlar, ularning kelib chiqisli sabablari.
Geologik xavfli hodisalar - bu hodisalar er osti kuchlari va tashqi tabiiy omillar ta’siri ostida yuzaga keladi. Bundan tashqari ular insonning xo’jalik va boshqa ishlar natijasida xam yuz berishi mumkin va odamlarga, qishloq xo’jalik xayvonlari va o’simlikiarga, iqtisodiy ob’ektlarga atrofdagi tabiiy muhitga ta’sir ko’rsatadi.
Havfli geologik hodisa va jarayonlarga quydagilar kiradi:
-zilzila,
-er ko’chishlari,
-togg’ o’pirilishlari,
-vulqon otilishi,
-sunami va boshqalar.

Yüklə 26,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin