Zilziladan so’ng aholi harakati: Sarosimaga tushmay xotirjamlik bilan vaziyatni baholang, jabrlanganlarga va bolalarga yordam berishga kirishing; Suv, gaz, elektr tarmoqlari holatini tekshiring, ishdan chiqqan bo’lsa foydalanmang; Shikastlangan binolarga kirishda ehtiyot bo’lib harakat qiling; Telefon tarmoqlarini ortiqcha band qilmang; Zilzila qaytishiga tayyor turing, berilayotgan axborotlarni kuzatib boring. Sunami vaqtida xarakatlanish: Bino ichida bo’lsangiz zudlik bilan uni tark eting. Elektr, gaz ta’minotini o’chiring, havfsiz joyni egallang. Eng qisqa yo’l bilan dengiz sathidan 30-40 metr balandlikka ko’tariling yoki qirg’oqdan 2-3 km nariga keting. Agar bino ichida qolishga to’g’ri kelsa, eng havfsiz joylar ichki devorlar, ustunlar oldi, tayanch devorlar hosil qilgan burchaklar ekanligini yodda tuting. Yaqiningizda turgan, yiqilib tushishi mumkin bo’lgan, ayniqsa shisha buyumlarini chetga olib qo’ying. Binodan tashqarida bo’lsangiz, daraxtlar ustiga chiqib oling yoki to’lqin zarbiga uchramaydigan joylardan o’rin egallang. Juda bo’lmaganda, daraht tanasi yoki mustahkamroq to’siqni quchoqlab oling. Qor ko’chkisi vaqtidagi harakat: 1.Bino ichida bo’lsangiz: sarosimaga tushmang, evakuatsiya o’tkazilsa, gaz, elektr, suv tarmoqlarini o’chiring, o’zingiz bilan hujjatlaringiz, eng zarur buyumlaringiz va oziq-ovqatni oling. 2.Bino tashqarisida bo’lsangiz: qor ko’chkisi yo’lidan chetga qoching. 3.Qor ko’chkisiga duch kelib qolsangiz, suzayotganga o’xshash harakat qilib, qor oqimi yuzasida qolishga harakat qiling. 4.Qor ostida qolsangiz, boshingiz va ko’kragingiz atrofida bo’shliq hosil qiling.