Qor ko’chkisi tugagandan so’nggi harakat: 1.Qor tagida qolgan bo’lsangiz: yordamni kuting. Sizni albatta qutqarib olishadi. 2.Qor uyumi ostida holatni bilish uchun so’lak chiqaring. Oqim yo’nalishi qanday holatda ekanligingizdan ogoh etadi. 3.Boshqa hollarda jabrlanganlarga yordam bering, axborotlarni kuzatib boring, zaruriyat tug’ilganda qutqaruv guruhlariga ko’maklashing. Turar joyingizni mustahkamligini, gaz, elektr, suv, kanalizatsiya tarmoqlari holatini sinchiklab o’rgarib chiqing. Favqulodda vaziyat oqibatlarini tugatishga kirishing. Toshqingacha qiladigan harakat: toshqin xavfi mavjud joylarda qurilish ishlarini faqat davlat organlari ruxsati bilan amalga oshiring. Toshqin to’g’risidagi xabarni olgach, gaz, elektr tarmoqlarini o’chiring va qimmatbaho buyumlaringizni xavfsiz joylarga olib chiqing. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmonlarni va qutqaruv vositalarini tayyorlab qo’ying. Avvaldan belgilab qo’yilgan yo’nalish bo’yicha tezlikda xavfsiz joyga (tepalik, bolxona, tom)ga chiqing. Ob-havo va xabar berish signallarini kuzatib boring. Toshqin vaqtidagi harakat: Evakuatsiya to’g’risidagi xabarni olishingiz bilan avvaldan tayyorlab qo’yilgan buyumlaringizni olib binodan chiqib keting. Suv oqimini kesib o’tishga harakat qilmang. Yordam etib kelgunga qadar joyni tark etmang. Gulxan yoqib, fonar yoki oq mato yordamida halokat signalini bering. Suv ichida qolsangiz, ustki kiyim boshlaringiz va poyafzalingizni echib, atrofingizdagi suzuvchi vositalardan foydalaning. Bolalar va keksalarga yordam bering. Toshqindan so’nggi harakat: Uyga qaytgach, binoning mustahkamligini tekshirib ko’ring; Uzilib va osilib yotgan elektr simlaridan ehtiyot bo’ling. Suv ostida qolgan elektr ta’minotini tezda o’chiring; Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini tekshirib ko’ring (Nam tortgan mahsulotlarni va ichimlik suvini tegishli sanitar ishlovidan o’tkazmay turib iste’mol qilish qat’iyan ma’n etiladi!); Ochiq olovdan foydalanmang.