Maqsadi: - talabalarda savol tuza olish ko’nikmasini shakllantirish;
- uni amaliyotda qo’llay olish uchun materialni o’zlashtirish.
Mazkur metod mavzuni o’rganishda uning amaliy yo’nalganligi bilan uyg`unlgini ta`minlaydi. U quyidagi variantlarda amalga oshirilishi mumkin.
Savol-javoblar. O’qituvchi o’quv materialini bayon etadi (bunda ma`ruzaning 50-70% vaqti sarflanishi mumkin), u ko’rib chiqilayotgan nazariy qoidalarning amaliyotda qo’llanilishiga doir qator nyuanslarga alohida e`tibor qaratadi, qolgan vaqtda tinglovchilarning savollariga javob beradi.
Savollar-javoblar-munozara. Mashg`ulotdan bir necha kun oldin o’qituvchi talabalarni navbatdagi o’tiladigan mavzuning nomi bilan tanishtiradi va ulardan yozma ravishda savollar to’playdi. Mashg`ulotning birinchi qismi mavzuning asosiy jihatlarini bayon etish tarzida o’tkaziladi va tinglovchilarning savollariga javoblar beriladi. Ularni rivojlantirish va to’ldirish asosida o’qituvchi materialni bayon etadi. Mashg`ulotning ikkinchi qismi mazkur muammoga doir erkin fikrlar almashish shaklida o’tadi va tinglovchilarning qo’shimcha savollariga javoblar beriladi. YAkunida lektor (ma`ruzachi) munozara yakunlarini chiqaradi.
Shunday holatlar ham bo’ladiki, tinglovchilardan juda kam savollar bo’ladi yoki umuman bo’lmaydi. Buning sabablariga quyidagilar kiradi:
o’rganilayotgan materialni amaliyotda qo’llash tinglovchilarda qiyinchilik tug`dirmaydi; mazkur holatda odatdagi an`anaviy ma`ruzaning o’zi etarli;
mavzu umuman yangi, shuning uchun tinglovchilar hatto uni amaliyotda qo’llash jarayonida duch keladigan qiyinchiliklarni tasavvur qila olishmaydi;
tinglovchilar ko’rib chiqilayotgan muammoning chuqurligi va murakkabligini etarlicha baholay olishmaydi, o’z tajribalariga ortiqcha baho berishadi.
Ishdagi faollikni oshirish uchun dasturlashtirilgan konsul`tatsiyani qo’llash mumkin. U odatdagi guruhli konsul`tatsiyadan shunisi bilan farq qiladiki, bunda lektorning o’zi tinglovchilarga savollar bilan murojaat qiladi.
Dastlab lektor tinglovchilardan savollarga javob so’raydi, keyin esa xato va noto’g`ri javoblarni tahlil etadi.
Dasturlashtirilgan konsul`tatsiya qoidaga muvofiq, ma`ruza va ma`ruzalar tsikli tugaganidan so’ng o’tkaziladi. Tinglovchilar materialni yaxshi o’zlashtiradilar, ularda muammoni to’g`ri hal etish algoritmi shakllanadi.
Dasturlashtirilgan konsul`tatsiyada har bir ishtirokchida qiziqish hosil qilish uchun qayta aloqadan foydalanish mumkin. Barcha ishtirokchilarga savol va ulardan biri to’g`ri bo’lgan uch-besh javob taqdim etiladi. Qachonki, ma`ruzachi to’g`ri javobni aytganda, noto’g`ri javobni aytgan tinglovchilarda savol paydo bo’ladi. Ma`ruzachi bunday holatda to’g`ri javob bergan talabalardan o’z javoblarini izohlab berishni yoki o’zi savolni tushuntirib beradi.